GulDPI. uz | Rasmiy
4.51K subscribers
13.3K photos
1.56K videos
52 files
4.61K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🗣 Guliston davlat pedagogika institutida “Sport oyligi” doirasida talaba-yoshlarning jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida turli sport yo‘nalishlarida qizg‘in tadbirlar o‘tkazilmoqda.

⚽️ Talabalar o‘rtasida futbol, basketbol, voleybol kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishi yanada oshmoqda.

😇 Institutdagi sport imkoniyatlari “Sport oyligi”ni nafaqat sport musobaqalari, balki jismoniy tayyorgarlik va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 19
Forwarded from Edu.uz
#QonunchilikYangiliklari

❗️O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati tashkil etiladi

“2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-184-son, 15.05.2025-y.) qabul qilindi.


🔰 Qarorga ko‘ra, 2030-yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish belgilandi, jumladan:

🔹 4,2 mln nafar umumiy o‘rta ta’lim tizimi tashkilotlari o‘quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi;

🔹 400 ming nafar o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarida ekologik ta’lim-tarbiyaning mustahkamlanishi, ekologik madaniyatning yuksalishi.

💬 Qaror bilan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

✔️ 2025–2026-o‘quv yilidan boshlab:

▶️har yili ilmiy loyihalar tanlovida aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishni ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etishga oid mavzular e’lon qilib boriladi;

◀️oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati tashkil etiladi.

🌐 “Ekolog olimlar hamjamiyati” nodavlat notijorat tashkiloti ta’sis etiladi.

💬 Har yili talabalar o‘rtasida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” kabi nominatsiyalar hamda startap loyihalar bo‘yicha tanlovlar tashkil etiladi.

📝 Shuningdek, 5-iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan har yili talabalar o‘rtasida dolzarb ekologik masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy forum o‘tkaziladi.

⭐️Oliy ta’limdan keyingi ta’limda ekologiya sohasidagi tadqiqotlar qabul kvotalari 30 foizga oshiriladi.

🛡Ekologik madaniyat va ekologiya muammolari sohasida xotin-qizlar uchun hududlar kesimida doktorantura uchun qo‘shimcha kvotalar ajratiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 19
Forwarded from Edu.uz
O‘zbekiston prezidenti rasmiy tashrif bilan Budapeshtga jo‘nab ketdi

Bugun, 19-may kuni Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Budapeshtda oliy darajadagi muzokaralar, Vengriyaning yetakchi kompaniyalari rasmiylari va rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Prezident Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti tadbirlarida ham ishtirok etadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
May 19
#kun_hikmati

➡️O‘qimagan xalq boshqalarning aytganini bajarishga majbur bo‘ladi.

©️Jorj Oruell

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 20
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉🎉🎉🎉🎉

Hurmatli Shukurova Oʻgʻiloy Umarovna! Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin!

🎉Sizga mustahkam sog‘lik, xonadoningizga fayz-u baraka, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, shaxsiy hayotingizda omad va baxt tilaymiz. Har bir tong Sizga yangi kuch, ilhom va ezgu orzular sari yetaklaydigan kuch-quvvat olib kelsin.

➡️Yangi yoshingiz siz uchun yanada sermazmun, serzavq va yutuqlarga boy bo‘lishini, kasbiy faoliyatingizda yangidan-yangi marralar zabt etishingizni istaymiz. Doimiy ilhom, bardavom salomatlik va barakali umr hamrohingiz bo‘lsin!


💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 20
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉🎉🎉🎉🎉

Hurmatli Baxram Kurbanov! Tug‘ilgan kuningiz muborak boʻlsin!

🎉 Sizga bardavom sog‘lik, xonadoningizga tinchlik va fayz, kasbiy faoliyatingizda esa yangi yutuq va zafarlarga erishishingizni tilaymiz. Umringiz nurli, bosib o‘tayotgan yo‘lingiz esa yorqin bo‘lsin.

🎉 Doimo o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashadigan, odob va pok niyat mezonlarini ustuvor bilgan, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan inson sifatida jamoamiz orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelmoqdasiz. Yangi yoshingizda yanada ko‘proq quvonchli yangiliklar, shaxsiy hayotingizda baraka va totuvlik, mehnatingizda esa muvaffaqiyat va izchil natijalar doimiy yo‘ldoshingiz bo‘lishini tilaymiz.


💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 20
Forwarded from Edu.uz
#ZoʻrYangilik #KasbiyTaʼlim

⚡️Endi kasb o‘rganishni O‘zbekistonda boshlab, Germaniyada davom ettirish mumkin!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Germaniyaning “Askania Bildung” kompaniyasi bilan hamkorlikda 6 ta texnikumda nemis ta’lim dasturi asosida “Ausbildung” (nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirgan holda kasbni chuqur o‘rgatish) tizimi joriy qilindi.

Ushbu tizim asosida o‘qishga 17-26 yoshdagi fuqarolar qabul qilinadi.

O‘qish muddati 3 yil etib belgilangan bo‘lib, o‘quvchilar birinchi o‘quv yilini O‘zbekistonda, nemis tilidan B1 til sertifikatiga ega bo‘lganlar esa qolgan ikki yil dual ta’lim asosida Germaniyada tahsil oladilar.

Dastlabki bosqichda quyidagi 6 ta texnikumda 5 ta kasb bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlanadi.

🛠 Kasblar ro‘yxati:
• Yuk avtomobili haydovchisi
• Qurilish texnikasi ustasi
• Ombor logistikasini boshqarish
• Uskunalar mexanigi
• Elektromontyor

“Ausbildung” tizimi joriy etilgan texnikumlar:
🏛 Toshkent transport texnikumi;
🏛 Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi;
🏛 Samarqand shahar 2-son politexnikumi;
🏛 Samarqand shahar 3-son politexnikumi;
🏛 Xorazm qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi;
🏛 Marg‘ilon qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi.


Batafsil ma’lumot uchun bevosita yuqoridagi texnikumlar yoki quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:
📞 +998970993999
🔹 @Mekhriban_Askania

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 20
🗣Guliston davlat pedagogika institutida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari davom etmoqda.

📌 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Sport oyligi” doirasida talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida 8-may sanasidan boshlab yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga start berilgan.


💖 Mazkur jarayon doirasida Guliston davlat pedagogika institutida ham sport sinovlari tizimli va yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Talabalar pastki startdan yugurish (100 m, 60 m), 3 km masofaga yugurish, turgan joydan uzunlikka sakrash, turnikda tortilish, arg‘amchida sakrash kabi ko‘plab mashqlar orqali o‘zlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini sinovdan o‘tkazmoqda.

🏋️‍♀️ “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan ushbu sinovlar institutda yaratilgan sport infratuzilmasi, sog‘lom va faol muhit hamda tajribali mutaxassislarning ishtirokida o‘tkazilayotgani bilan ahamiyatlidir. Baholash jarayonlari adolatli, tartibli va shaffof tarzda olib borilib, har bir ishtirokchining natijalari aniq qayd etilmoqda.

🏀 Sport sinovlari institut talabalari o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini mustahkamlash, jismoniy faollikni oshirish va yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.


💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 20
🗣CyberSportning “Blur” o‘yini qizlar o‘rtasida qizg‘in kechmoqda!

🎮 Guliston davlat pedagogika institutda o‘tkazilayotgan “Blur” oʻyini ayni damda qizgʻin tus olmoqda. Har bir burilish, har bir qurol – raqobatni kuchaytirmoqda. Ishtirokchilar finish chizig‘iga birinchi yetib borish uchun bor mahoratini ishga solmoqda.

😘O‘yin har daqiqada keskinlashmoqda. G‘olib hali noma’lum, lekin qizlar orasidagi muhit to‘liq hayajon va shiddat bilan to‘lgan!

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 20
🤝 Institut va maktablar oʻrtasidagi hamkorlik ishlari davom etmoqda.


🥹 Guliston davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi oʻqituvchilari S.Ahmadqulov va M.Fayzullayevlar Guliston tumanidagi 31-maktab va Mirzaobod tumanidagi 29-maktablarga tashrif buyurib, 9- va 11-sinf  oʻquvchilari bilan “Kelajak kasblari” mavzusida davra suhbatlari oʻtkazishdi.

🥸 Suhbat davomida bitiruvchi sinf oʻquvchilariga institut haqida hamda   OTMlarga kirish boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 20