GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🏆 Guliston davlat pedagogika institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” o‘tkazildi


🗣2025-yil 27-mart kuni Guliston davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” bo‘lib o‘tdi.

🏀 Olimpiada doirasida mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika va stritbol sport turlari bo‘yicha ommaviy musobaqalar tashkil etildi. Talabalar bellashuvlarda yuqori faollik ko‘rsatib, sportga bo‘lgan qiziqishlari va jismoniy tayyorgarliklarini namoyon etishdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31👍1🔥1
☄️EʼLON

Guliston davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “REKTOR KUBOGI” musobaqasiga start berilmoqda.

🏆 Jamoangiz bilan ishtirok eting va g‘alaba sari intiling!

↪️ Talabnomalarni qabul qilish muddati: 4-aprel soat 15:00 gacha
↪️ Musobaqa sanasi: 4-8-aprel
↪️ O‘yinlarning boshlanish vaqti: 17:00

🥇🥈🥉 G‘olib jamoalar Rektor kubogi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

⚡️ G‘alaba sari intiling va jamoangizni g‘oliblikka yetaklang! Unutilmas bahslar, shiddatli o‘yinlar va katta sovrinlar sizni kutmoqda!

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭐️Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi!


🗣Guliston davlat pedagogika institutida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida talabalar ishtirokida madaniy-ijtimoiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbir davomida milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analar targ‘ib qilindi.

▶️Talabalar milliy liboslar kiyib, o‘zbek xalqining boy madaniyatini namoyon etishdi. Hududlarga xos milliy taomlar tayyorlanib, mehmonlarga tortiq qilindi. Shuningdek, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi tarixiy sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

➡️Bunday tadbirlar yoshlarni milliy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga, ularning o‘zligiga bo‘lgan faxr va e’tiborini oshirishga xizmat qiladi. Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash – barchamizning burchimiz!

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍1
🗣Guliston davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti dekani Sh.Norqulov 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir davomida u Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori – “Oliy ta’lim tashkilotlarida grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berdi.

Uchrashuv davomida talabalarga grant ajratish va taqsimlash tartibi, ushbu nizomning ta’lim jarayoniga ta’siri, talabalarning huquq va imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi.

◀️Mazkur uchrashuv talabalarning ta’lim jarayoni va grantlar to‘g‘risidagi bilimlarini oshirishga xizmat qildi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
📖 “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.


🗣 Guliston davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida buyuk ma’rifatparvar siymo Mahmudxo‘ja Behbudiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

‼️Tadbir davomida O‘zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Musurmonqulova ishtirokchilarga insho yozish qoidalari haqida tushuncha berish bilan birga, Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va ijodi, jadidchilik harakatidagi o‘rni, ma’rifatparvarlik g‘oyalari haqida ma’lumot berdi.

🏆 Tanlov g‘oliblari:
🥇 1-o‘rin: H.Safarova (O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi, 6-22-guruh)
🥈 2-o‘rin: D.Mamatqulova (O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi, 21-23-guruh)
🥉 3-o‘rin: A.Turdiyeva (O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi, 21-23-guruh)


📚 Ushbu tanlov talabalarning adabiy savodxonligini oshirish, yozma nutq mahoratini rivojlantirish va Behbudiy merosini chuqur anglashga xizmat qiladi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1
🏆 Guliston davlat pedagogika instituti talabalarining ilm-fan yo‘lidagi muvaffaqiyatlari!

🗣 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining Yangiobod tuman bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda ilmiy-innovatsion ishlanmalar bilan ishtirok etgan yoshlar orasida Guliston davlat pedagogika instituti talabalari ham munosib qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

🟡 Tanlov natijalariga ko‘ra, Egamqulova Shamsiyabonu, Mahamatqulov Sunnatulloh, G‘ofurnazarov Saydali, Rasulova Sevinch va Ablaberdiyev Lazizbek faxrli 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi!

🤩 G‘oliblar BHMning 5 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Bu g‘alaba talabalarimizning bilim va izlanuvchanligining yana bir isboti!

🎓 Guliston davlat pedagogika instituti har doim izlanuvchan va bilimga chanqoq yoshlarga ko‘mak berib, ularning ilmiy yutuqlarga erishishida qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
🎉Guliston davlat pedagogika instituti talabasi – Respublika tanlovi g‘olibi!


Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi yakuniga yetdi. Qilingan mehnatlar esa o‘z samarasini berdi – institutimiz talabasi yuqori natija qayd etib, faxrli o‘rinlarni egalladi.

Faxr bilan ta’kidlaymizki, Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 13-23 MT guruhi talabasi
Murodova Shahnozabonu Abduraxmon qizi tanlovning 15-19 yosh toifasida ishtirok etib, yurt miqyosida faxrli 2-o‘rinni egalladi!


☑️ Kitobga mehr, bilimga intilish va yuksak maqsad sari harakat – institutimiz talabalari uchun ustuvor qadriyat! Ushbu yutuq – Guliston davlat pedagogika institutining yosh mutolaachilari uchun ilhom manbai! Ilm va kitob bilan yorqin kelajak sari olg‘a!

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤‍🔥10🏆5