Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.
Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
🗣2025-yil 12-mart kuni Guliston davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti maktabgacha ta’lim yo‘nalishining 2-bosqich 13-23-guruhida “Prezident – xalq yo‘lboshchisi” mavzusida axborot va murabbiylik soati tashkil etildi.
✅Tadbir davomida Prezidentimizning xalq manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlari, olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha so‘z yuritildi. Talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi va mavzu yuzasidan qizg‘in munozara olib borishdi.
O‘zbekiston va Fransiya ta’lim sohasida yangi hamkorlikni boshladi
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi strategik hamkorlik doirasida O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish bo‘yicha muhim bitim imzolandi. Hujjatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Fransiya Respublikasi Oliy ta’lim va tadqiqotlar vaziri Filip Batist imzo chekdi.
Rasmiy imzolash marosimida Fransiyaning nufuzli oliygohlari – Puatye, Gavr-Normandiya, Lion 2 va Renn universitetlari prezidentlari ham ishtirok etib, ushbu hamkorlikning istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Qayd etilganidek, ushbu universitetning tashkil etilishi ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash bilan birga, O‘zbekistonda xalqaro standartlarga mos bilim va innovatsiya markazini yaratishga xizmat qiladi.
#Abituriyent2025#BaholashMezoni ☄️ 2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).
💬Unga ko‘ra:
◀️Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta; 🔹 Matematika x 10 ta; ♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta; ✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball ➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball ✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.
🟩2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball –189 ballni tashkil etadi.
‼️Eslatma o‘rnida 👉 Fanlar majmuasi bu yerda 👉 Javoblar varaqasi bu yerda
🗣Guliston davlat pedagogika institutida maktab o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
✅Guliston davlat pedagogika institutida maktab bitiruvchilariga oliy ta’lim muassasasi hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi. Institutda maktab bitiruvchilari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazilib, o‘quvchilarga ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayoni va yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
↪️“Ochiq eshiklar kuni” davomida institutda mavjud fakultet va yo‘nalishlar haqida keng tushuntirishlar berildi. ↪️O‘quvchilar zamonaviy laboratoriyalar, sport majmualari va boshqa infratuzilma obyektlari bilan tanishishdi. ↪️Professor-o‘qituvchilar ularga kasb tanlash bo‘yicha tavsiyalar berib, oliy ta’limga oid savollariga javob qaytarishdi.
🔷Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talaba-yoshlar o‘rtasida milliylikni targ‘ib qilish, ularni milliy merosimiz va qadimiy urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishtirish hamda yoshlarda harbiy vatanparvarlik ruhini oshirish maqsadidaeng yaxshi videoroliklar tanlovinie’lon qiladi.
🔥Tanlovda barcha oliy ta’lim tashkilotlari talabalari ishtirok etishlari mumkin. Tanlov uchun taqdim etiladigan videoroliklar davomiyligi 30 soniyadan 1,5 daqiqagacha bo‘lishi hamda unda aks ettirilgan g‘oyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘liq ochib berilishi talab etiladi.
⏳Tanlovning oliy ta’lim muassasasi bosqichi joriy yilning 20-martiga qadar davom etadi.
▶️Oliy ta’lim muassasalari tomonidan eng yaxshi deb tanlab olingan tanlov uchun 1 ta videorolik joriy yil 30-martga qadar🚀+998909999462 raqamiga yuboriladi.
🏆Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
💡Tanlovda ishtirok etib, o‘z iqtidoringizni namoyon eting va g‘oliblar safidan joy egallang.