GulDPI. uz | Rasmiy
4.52K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
52 files
4.59K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🔹🔹🔹🔹

⚽️Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan sport musobaqalari bo‘yicha dayjest


➡️Andijon davlat tibbiyot instituti talabalar turar joyida talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish maqsadida “Rektor kubogi” sport musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

➡️Termiz davlat pedagogika institutda badminton sport turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

➡️Andijon davlat universitetida professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar o‘rtasida “Rektor kubogi 2025” doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

➡️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida tashkil etilgan “Rektor kubogi” musobaqalari yakunlandi.

➡️Samarqand davlat universiteti talabalari o‘rtasida futzal sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o’tkazildi.

➡️Guliston davlat pedagogika instituti talabalari oʻrtasida “Rektor kubogi” musobaqalari doirasida futbol va shaxmat musobaqalari oʻtkazildi.

➡️Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “eFootball” boʻyicha kibersport musobaqasi tashkil etildi.

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2💯1🏆1
2025-yil 19-fevral kuni Guliston davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i D.Bakirova ishtirokida Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti talabalari bilan "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda korrupsiya bilan murosasiz kurashishlik, uning kelib chiqish sabablari, oqibatlari va qonun oldida javobgarlik prinsplari xususida tushuntirishlar berildi. Mamlakatimizda "Korrupsiyasiz soha" doirasida olib borilayotgan keng ko'lami tadbirlar bo'yicha talaba-yoshlarga ma'lumotlar berildi.


➡️Kelgusida korrupsiya illati domiga tushib qolmaslik, akademik va maishiy korrupsiya holatlarini yuzaga keltirmaslik uchun institut tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilgan holda qonunlarni hurmat qilib, kurashish kerakligi ta'kidlandi.
3👍3
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣

💬“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi o‘tkaziladi

✔️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sizni “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovida ishtirok etishga chorlaydi!

❗️Tanlovda oliygohlarda faoliyat olib borayotgan 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilari va talabalar qatnashishlari mumkin.

➡️G‘oliblar iyun oyining 5-sanasiga qadar aniqlanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇-o‘rin - BHMning 25 baravari miqdorida;
🥈-o‘rin - BHMning 20 baravari miqdorida;
🥉-o‘rin - BHMning 15 baravari miqdorida.

🎚 Arizalar joriy yilning 1-10-may kunlari qabul qilinadi.

📃Tanlov nizomi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
🎮🔥 GAMERLAR, DIQQAT! KATTA CS TURNIRI! 🔥🎮

🚀 Sana: 20-fevral
Vaqt: 14:30
📍 Manzil: 214-xona

Ushbu turnir Guliston Davlat Pedagogika Instituti Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi va Aniq fanlar kafedrasi birgaligida musobaqa tashkil etilmoqda. Maqsad – talabalar o‘rtasida texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, kibersportni rivojlantirish va yangi iste’dodlarni kashf etish!

🎯 Jamoang bilan ro‘yxatdan o‘ting!
📲 (+998931700734)
❤‍🔥1🎉1👌1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
⚜️NAVOIY ZIYOSI⚜️ audioinsholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Navoiy ziyosi” audioinsholar tanlovi e’lon qilingan edi.

☑️Ikki bosqichda o‘tkazilgan tanlovning dastlabki bosqichida ishtirokchilar berilgan mavzular bo‘yicha tayyorlagan audioinsholari bilan ishtirok etdi. Tanlovning ikkinchi bosqichida eng yaxshi deb topilgan 50 nafar audioinsho mualliflari Navoiy hayoti va ijodiga oid test va savollarga javob berishdi. Viktorina natijalarga ko‘ra, g‘oliblar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

Tanlov g‘oliblari:

🥇Barchinoy To‘rayeva – Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi (79 ball);
🥈Ruxshona Olimova – Navoiy davlat universiteti talabasi (62 ball);
🥉Sarvinoz Qurbonova – Urganch davlat pedagogika instituti talabasi (53 ball).

Faol ishtirok etgan talabalar:

🔹Aziza Turdiyeva – Guliston davlat pedagogika instituti talabasi;
🔹Durdona Nuriddinova – Toshkent davlat sharqshunoslik universtiteti talabasi;
🔹Yulduz Usmonova – Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi;
🔹Dilhayot Sotiboldiyev – Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi;
🔹O‘tkirbek Narbayev – Jizzax politexnika instituti talabasi;
🔹Pooja Mahesh – Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi;
🔹Kurikkapeedika Sharfuddin Afsana Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi.

Eng yaxshi audioinsho mualliflari:

🔹Davlatbek Sultonmurodov – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabasi;
🔹Shirin Mo‘minjonova – Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi;
🔹Marjona Ochilova – Termiz davlat universiteti talabasi.

🏆Tanlovda 1-, 2- va 3-o‘rin egalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan, qolgan 10 nafar yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar esa vazirlikning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1🎉1🏆1
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Huquqiy_savodxonlik

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 216-moddasi


📃 Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1👌1
Forwarded from Edu.uz
4️⃣4️⃣4️⃣ ⚖️👨‍💻👩‍💻💬

Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyaga taklif qilamiz!


🎙Bu shunchaki konferensiya emas – bu akademik kelajakka AI bilan yo‘l ochish imkoniyati! Siz ham qatnashing!

🔅Mavzu: “Ilmiy mukammallik uchun sun’iy intellekt: tadqiqot, yozuv va pedagogika” (Advanced AI for Academic Excellence: Research, Writing, and Pedagogy).

💡 Sun’iy intellekt akademik faoliyatni qanday inqilob qilmoqda?
🔄 Ilmiy tadqiqot, yozuv va ta’limda AI imkoniyatlarini qanday qo‘llash mumkin?
🤖 Ilm-fan va innovatsiyaga AI qanday yangi eshiklar ochmoqda?

Ushbu konferensiyada sizni:
✔️ Zamonaviy ilmiy texnologiyalar bilan tanishish;
✔️ AI yordamida ilmiy yozuv va tadqiqotni takomillashtirish;
✔️ Tajribali mutaxassislar va yetakchi olimlardan eksklyuziv maslahatlar kutmoqda.

📆 Sana: 27-fevral
Vaqt: 19:00
🤝Qatnashish: Online (Zoom)

🎤 Taqdimotchilar:
💬 Dr. Dorota Sylwia Majewicz (Polsha) – Sun’iy intellekt va akademik innovatsiyalar bo‘yicha ekspert;
💬 Mohira Alibekova (O‘zbekiston) – Pedagogika va ilmiy yozuv bo‘yicha mutaxassis.

📌 Tashkilotchi:
🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi.

📩 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📧 Email: info@mahorat.org

🔗 Konferensiyaga qo‘shiling:
📌 Zoom havolasi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣“Yosh kitobxon” tanlovining Sirdayo viloyati bosqichi oʻtkazildi.

Guliston davlat pedagogika instituti maktabgacha taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich, 13-23-guruh talabasi Murodova Shahnoza tanlovning viloyat bosqichida faxrli oʻrinni egallab, respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

➡️Talabamizga omad tilaymiz!

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🏆1
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi #sport #targʻibot

“Sog‘lom inson-sog‘lom millat” g‘oyasini umummilliy harakatga aylantiramiz.
Shavkat Mirziyoyev



🗣“Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakati doirasidagi tadbirlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2025-yil 13-fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Guliston davlat pedagogika institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi bilan hamkorlikda yana bir tashabbus yo‘lga qo‘yildi.

🏋️‍♀️Institut talabalari va institutga yaqin hududlarda yashayotgan aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar ko‘lamini oshirish maqsadida ertalabki gimnastika mashg‘ulotlari tashkil qilindi

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🥰1👌1
YANGILIK! 🎉

Guliston Davlat Pedagogika Instituti ta’limda innovatsiyalar sari yana bir qadam tashladi! 📚

Institutimizning birinchi mobil dasturi endi Play Marketda! 📲

Play Marketga kirib "GSPI Dars Jadvali" deb yozsangiz kifoya. Hoziroq yuklab oling va dars jadvalingizni tez va oson bilib oling! 🚀

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍6🎉4🏆3
📌Guliston davlat pedagogika instituti va maktablar oʻrtasidagi hamkorlik davom etmoqda.

🗣Guliston davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) Bekpo‘latov Hasan Olim oʻgʻli va oʻqituvchi Abdurasulov Akbar Shavkat oʻgʻli tomonidan oʻzaro hamkorlik va yordam koʻrsatish maqsadida Guliston tumani
9-umumiy oʻrta taʼlim maktabida navbatdagi seminar trening oʻtkazildi.

🙋Trening davomida oʻquvchilar bilan suhbat qurilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Institut oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarga kerakli amaliy yordam va tushunchalar berildi.

➡️Oʻquvchilarga kelajakda oʻz sohalarining yetuk mutaxassislari boʻlishlari uchun tavsiyalar berildi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏1