GulDPI. uz | Rasmiy
4.56K subscribers
13.1K photos
1.52K videos
51 files
4.53K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#GulDPI
#Malaka_amaliyoti
#9_24guruh_pedagogika_yoʻnalishi

🗣Guliston davlat pedagogika instituti pedagogika yoʻnalishi 1- bosqich 9/24-guruh talabalari amaliyot rahbari Abduvaliyeva Mashhura boshchiligida joriy yilning 27-yanvardan 8-fevralgacha vaqt oraligʻida Guliston shahar 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Malaka amaliyot”ini oʻtashdi.

Amaliyot davomida talabalar darslarda oʻzlashtirgan bilimlarni amaliyotda qoʻllab, maktab hayotida faol ishtirok etdi. “Maʼnaviy-maʼrifiy” va tarbiyaviy tadbirlar tashkil etdi. Jumladan, Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bagʼishlangan tadbir uyushtirib maktab maʼmuriyatida ijobiy taassurot qoldirdi .

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤‍🔥1
#qonunchilik_yangiliklari

“Hazrat Navoiyni anglash – o‘zligimizni anglash” mavzusida respublika tanlovi o‘tkaziladi

“Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodiy merosini yurtimiz va jahon miqyosida keng targ‘ib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-43-son, 07.02.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi.

Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi hamda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Alisher Navoiy merosini o‘rganish ishlarini yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida yurtimiz va chet ellarda tizimli asosda ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini e’lon qilish, ushbu mavzuda yangi ilmiy, badiiy va ommabop asarlar yaratish, xorijdagi navoiyshunos olim hamda ijodkorlarning asarlarini o‘zbek tilida nashr etish choralarini ko‘rish Respublika komissiyasining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

“Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” an’anaviy xalqaro simpoziumi va navoiyxonlik tadbirlari yuqori saviyada o‘tkaziladi.

Navoiy davlat universitetida 2025-yil 10–15-oktyabr kunlari “Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosining umumbashariyat ma’naviy va ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi.

“Hazrat Navoiyni anglash – o‘zligimizni anglash” mavzusida respublika tanlovi, shuningdek, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda “Navoiyxonlik kechalari” tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon

⚡️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida ishtirok eting!


Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yurtimizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda o‘zining ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan yoshlar (16-25 yosh) ishtirok etadi.

Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar joriy yilning 20-fevral kuniga qadar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: +99894 128-92-62, +99855 520-08-08 (ichki raqam 357).

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍31
#ogohlik

🔥 Is gazi va yong‘in xavfidan ogoh bo‘ling. Xavfsizlik qoidalariga amal qiling!

nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang;

isitish pechlari va dudburonlarning sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini nazoratga oling;

gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

xonalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turing;

isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

gaz uskunalarini rezina shlanglar orqali ulamang;

tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

isitish moslamalari yaqinida tez yonuvchi buyumlarni saqlamang.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Diqqat e'lon! 📣📣📣📣

BAKALAVR VA MAGISTRLAR O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI VA NOMLI DAVLAT STIPENDIYALARI TANLOVLARI UCHUN HUJJATLAR QABULI BOSHLANDI.

📃Talabgorlarning hujjatlari quyidagi mezonlar asosida qabul qilinadi:

🔷1. Hemis tizimidan o'zlashtirish qaydnomasi
🔷2. Dekan tavsiyanomasi
🔷3. Ilmiy rahbarning fikr-mulohazasi
🔷4. Ilmiy ishlar ro'yxati tasdiqlangan holatda
🔷5. Ilmiy-ijodiy ishlarning (elektron) bosma nusxalari
🔷6. Erishgan qo'shimcha yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar (diplom, sertifikat)
🔷7. Pasport nusxasi
🔷8. Ma’lumotnoma (obyektivka)


Tanlov shartlari:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarining tanlovlari NIZOMI

Hujjatlar: Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi (212-xona) qabul qilinadi.

☎️ Murojat uchun: Umidjon Mamasharipov
97 124 52 57
👍4
🛡#Feyk_habarlar #stop_feyk_kiberjinoyatlar

⚠️ Ogoh bo‘ling FEYK!

———
Ijtimoiy tarmoqlarda hamda telegram messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda soxta videolar tarqalmoqda. Ularningl mazmuni YOLG‘ON va haqiqatga mos kelmaydi.

🟢 Unutmang! Firibgarlarning maqsadi Sizning pul mablag‘laringizni o‘zlashtirish!

Guliston davlat pedagogika instiutit talabalar va professor-o‘qituvchilari uchun Kiberxavf-xatarlar haqida xabardorlikni oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazining rasmiy kanali @cyber_102 yo‘lga qo‘yilgan. Unda doimiy yoritilib borilayotgan yangi axborot xavfsizligi bo’yicha ma’lumotlar, video, zararli dasturlar va turli ko’rinishdagi foydali manbalardan xabardor bo‘lishingiz mumkun.

Tekin pishloq qopqonda bo‘ladi, begona shaxs Sizga to‘satdan mo‘maygina daromad keltirishni taklif qildimi, bilingki bu - firibgar.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍4
👍1