GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#dayjest #korrupsiyaga_qarshimiz

Oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha dayjest


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining yoshlarda “halollik vaksinasi”ni singdirishdagi ahamiyati” mavzusiga bag‘ishlangan respublika konferensiyasi;

Samarqand davlat universiteti Urgut filialida “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati;

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali akademik litseyida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan targ’ibot tadbirlari va ularning ahamiyati borasida davra suhbati;

Urganch innovatsion universitetida “Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi” mavzusida profilaktik tadbir;

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yoshlarni jamoatchilik nazorati, shaffoflik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga jalb qilish” mavzusidagi seminar-trening;

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida profilaktik-tushuntirish tadbiri;

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida davra suhbati;

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri;

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri;

Namangan davlat chet tillari institutida #Stop_korrupsiya heshtegi ostida chellenj;

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida #stop_korrupsiya chellenji;

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri;

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Korrupsiya – ta’lim va taraqqiyot kushandasi” mavzusida tadbir;

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusida bilimlar bellashuvi;

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida #stop_korrupsiya chellenji;

Namangan to‘qimachilik sanoati institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri;

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan talaba-yoshlar ishtirokida uchrashuv;

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Korrupsiya qarshi kurashish va uni oldini olish” mavzusida targ‘ibot tadbiri;

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida “Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir” mavzusida ochiq eshiklar kuni;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “Oliy ta’lim – korrupsiyasiz soha” mavzusida tadbir;

Farg‘ona davlat universitetida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bilimlar bellashuvi” ning hududiy bosqichi;

Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri;

Guliston davlat universitetida “Korrupsiya – kelajak taraqqiyotimiz kushandasi” mavzusida insholar tanlovi;

Termiz davlat universitetida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati;

Guliston davlat pedagogika institutida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida davra suhbati;

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida davra suhbati;

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Korrupsiya: tushuncha, tamoyil va tartib” mavzusida seminar;

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri;

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida davra suhbati;

Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri;

Buxoro davlat pedagogika institutida “Zakovat” intellektual oʻyinlari tanlovi;

Qarshi davlat universitetida “Korrupsiyasiz sog‘lom jamiyat sari” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialida korrupsiyaga qarshi chellenj;

Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri;

Urganch davlat universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri;

TKTI Shahrisabz filialida chellenj.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1
Forwarded from Edu.uz
#ogohlik

🔥 Is gazi va yong‘in xavfidan ogoh bo‘ling. Xavfsizlik qoidalariga amal qiling!

nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang;

isitish pechlari va dudburonlarning sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini nazoratga oling;

gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

xonalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turing;

isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

gaz uskunalarini rezina shlanglar orqali ulamang;

tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

isitish moslamalari yaqinida tez yonuvchi buyumlarni saqlamang.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
"Kasbim faxrim" mavzusida uch avlod uchrashuvi bo'lib o'tdi.

🏛 Guliston davlat pedagogika institutining Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari, magistrlari va Guliston shahri 18-umumta'lim maktabining pedagogik sinf o'quvchilari bilan "Kasbim faxrim" mavzusida uch avlod uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirda pedagogik sinf o'quchilarining kelajakdagi maqsadlarini yanada aniqlashtirish, ta'limga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish, xorijiy tillarga bo'lgan qiziqishlarini oshirish bo'yicha ishlar olib borildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👏5
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Endi bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etiladi

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi.


Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.

Qaror bilan oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar ham tasdiqlandi.

Shuningdek, quyidagilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi:

➡️oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining attestatsiyasini tashkil etishda ish beruvchi korxona va tashkilotlarga har tomonlama uslubiy jihatdan ko‘maklashish hamda ularning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
➡️kasbiy ta’lim tashkilotlarida attestatsiyani tashkil etishdan kamida bir oy oldin manfaatdor vazirlik va idoralar takliflari asosida bitiruvchilarning attestatsiyasi o‘tkaziladigan korxona va tashkilotlar hamda ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini tasdiqlash va e’lon qilish;
➡️2025-yil 1-yanvardan boshlab kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish o‘quv rejalariga “Germaniya tajribasi” asosida bitiruvchilarni baholash bo‘yicha o‘quv kursini kiritish.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1👌1
#diqqat_tanlov

🟦🟦🟦

Turkiyaning “BALIKESIR” universitetiga yosh olimlar stajirovka uchun yuboriladi!

Shu maqsadda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi doirasida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi (Yo‘l xaritasi)da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida yosh olimlarni xorijiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish uchun maqdasli tanlov eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra 2025-yil davomida 30 kunlik muddatga stajirovka o‘tash uchun 40 nafar yosh olim saralab olinadi.

Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni 2025-yilning 31-yanvar sanasiga qadar (edo.ijro.uz, info@ilmiy.uz yoki mininnovation@exat.uz elektron manzili orqali) Agentlikka taqdim etishlari mumkin.

🌐Batafsil

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
Talabalar uchun yana bir qulaylik: GulDPIda talabalar uchun yana bir bino foydalanishga topshirildi.

Guliston davlat pedagogika institutida yangi TTJning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlat xususiy sherikchilik asosida talabalar uchun 400 o‘rinli yangi TTJ foydalanishga topshirildi.Yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi oshib borishi bilan bir qatorda, yotoqxonalarga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Guliston davlat pedagogika instituti talabalari uchun barcha qulayliklarga ega 400 o‘ringa mo‘ljallangan yangi 2-talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍132👏2🎉1👌1