GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣Jadidlar haqida insholar tanlovi

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida insholar tanlovini e’lon qiladi.

↪️Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi: oliy ta’lim muassasasi va respublika bosqichi;
↪️Insholar tanlovi 2 xil: “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida o‘tkaziladi;
↪️Har bir mavzu bo‘yicha alohida o‘rinlar belgilanadi.

🔷 Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:


🥇1-o‘rin – 8 000 000 so‘m;
🥈2-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
🥉3-o‘rin – 5 000 000 so‘m;

☑️Tanlovning birinchi bosqichi 2025-yil yanvar oyining ikkinchi o‘n kunligida, yakuniy respublika bosqichi esa 2025-yilning fevral-mart oylari davomida o‘tkaziladi.

➡️Tanlov nizomini o‘qish

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
👍10💯1🏆1
Joriy yilning 10-11-dekabr kunlari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamda NILE instituti bilan hamkorlikda malaka oshirish kurslari o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan seminar-trening tashkil etildi. Seminar-trening pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari o‘quv reja va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish hamda Prezident maktablarida to‘plangan ilg‘or tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etishga bag’ishlangan bo‘lib, ushbu malaka oshirish kursida “Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi dotsenti Dildora Xolnazarova o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

❇️ Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍7👏2
Magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarining dastlabki dissertatsiya himoyasi bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 14-dekabr kuni institutning "Milliy gʻoya va falsafa" kafedrasida 70112101 - Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (maʼnaviyat asoslari) magistratura mutaxasisligi bitiruvchilarining dastlabki dissertatsiya himoyasi boʻlib oʻtdi.

Dastlabki himoyada bitiruvchi magistrlar tomonidan dissertatsiyaga oid ilmiy-tahliliy ma‘lumotlar aytildi.

Shuningdek, bitiruvchilarga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan dissertatsiya himoyasiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Himoyaga qadar ushbu bildirilgan taklif va tavsiyalarni tahlil qilib, o‘rganib chiqish kerakligi ta'kidlab oʻtildi.

❇️ Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | «Ma'rifat ulashib» loyihasi doirasidagi tadbirlar
#16dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar korrupsiyaga yo'q deydi.

💻Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda korrupsion illatlarning zararli oqibatlarini aks ettiruvchi hamda talaba -yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi kurash g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi metodik targ‘ibot materiallari ishlab chiqildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
❤‍🔥3👍1
Imom Termiziy hayoti va ilmiy faoliyati talabalar nigohida

⚡️Bugun Guliston davlat pedagogika institutida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan talaba-yoshlar ishtirokida buyuk alloma, hadisshunos olim Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi merosiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbat davomida Imom Termiziy bobomizning hayot ijodi bosib o'tgan hayot yo'li hadida talaba yoshlarga tushuntirishlar berildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🥰3👍1👌1