GulDPI. uz | Rasmiy
4.59K subscribers
13K photos
1.5K videos
50 files
4.49K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik | #Seminar_trening 🇷🇺🇺🇿

Guliston davlat pedagogika institutida Rossiyalik professor-o‘qituvchilar tomonidan seminar-treninglar o‘tkazildi.


Joriy yilning 8-noyabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlik doirasida Qozon federal universiteti Elabuga instituti dotsentlari f.f.n. Kormiltseva Alevtina Leonidovna hamda f.f.n. Tarasova Ayziryak Nailevna tomonidan institut professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun seminar-trening darslari tashkil etildi.

O‘tkazilgan seminar-treninglar davomida Rossiya va O‘zbekiston davlatlarining ta'lim sohasidagi hamkorliklari, Qozon federal universiteti Elabuga institutining ilmiy salohiyati, undagi professor va talabalar kontingenti, darsning ilmiy va metodik asoslari va bu boradagi dunyo tajribasi kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bayon qilindi. Shuningdek, turli xil metodik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
👍10🤩32👏2
#marifat_ulashib

Guliston davlat pedagogika institutiga biriktirilgan_taniqli_ijodkorlar

Asror Mo‘min: 1954 yil 14-yanvarda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1979). Turli yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, "Sport" gazetasida bo‘lim mudiri, Bosh muharrir o‘rinbosari, Bosh muharrirning birinchi o‘rinbosari, «Ko‘zgu» gazetasida Bosh muharrir o‘rinbosari, Bosh muharrir vazifasini bajaruvchi, "Jahon adabiyoti" jurnalida Bosh muharrir o‘rinbosari, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyotida 1-toifali muharrir, yetakchi mutaxassis, "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyotida bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan. 2008 yildan "O‘zbekiston ovozi" gazetasida bo‘lim mudiri.
U "Shuhrat" medali sohibi (1999), "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist" (2011).

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍2
#marifat_ulashib

📌 Guliston davlat pedagogika institutiga_biriktirilgan_taniqli_ijodkorlar

Mehribon Abdurahmonova: 1964-yilda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. Toshkentdagi Respublika rus tili va adabiyoti (hozirgi O‘zbekiston jahon tillari universiteti)ning rus tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan (1984–1988).
Jizzax viloyati Zomin tumani 26-maktabda o‘qituvchi, Jizzax tumanidagi (hozirgi Sharof Rashidov tumani) 30-maktabda o‘qituvchi, ilmiy bo‘lim mudiri, Jizzax maishiy xizmat kasb-hunar kollejida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, “Kamolot ko‘zgusi” gazetasida bo‘lim mudiri, “Kelajak bunyodkori” gazetasi bosh muharriri vazifalarida faoliyat yuritgan.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍1
#marifat_ulashib

📌 Guliston davlat pedagogika institutiga_biriktirilgan_taniqli_ijodkorlar

Shodi Otamurod: 1978-yil 11-dekabrda Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Solin qishlog‘ida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. Dastlab qishloqdagi 39-maktabda, so‘ngra Respublika Nafis san’at maktabida o‘qigan. Maktab davridayoq tuman, viloyat gazetalarida, “Tong yulduzi” gazetasi hamda “Gulxan” jurnallarida she’rlari chop etilgan.

2000-yilda O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. Keyinchalik “Turkiston”, “Inson va qonun”, “Milliy tiklanish” Respublika gazetalarida muxbir bo‘lib ishlagan. 2019-yildan Yozuvchilar uyushmasining Ijodiy kengashlar kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat olib boradi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#dayjest
#GulDPI_haftadan_ichida

"Tarixiy xotira" batafsil
Ulug' mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyga ko'rsatiladigan etibor va ehtirom batafsil
Institutimiz talabasi jahon chempioni batafsil
Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning stol tennis turidan musoboqa bo'lib o'tdi batafsil
“ Stop korrupsiya” chellenji batafsil
Sirdaryoda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan  kitoblar toʻplami sovg'a qilindi batafsil
Globallashuv sharoitida migratsion jarayonlarning mafkuralar va madaniyatlarga ta'siri muammo va yechimlari" mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya batafsil
“Vatan bo‘ylab sayohat”, shiori ostida O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tashrif batafsil
Xushxabar batafsil
#OAV_Biz_Haqimizda batafsil
Guliston davlat pedagogika institutida Rossiyalik professor-o‘qituvchilar tomonidan seminar-treninglar o‘tkazildi batafsil

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍7
Forwarded from Edu.uz
#Hay’at_yig‘ilishi
#live

Yig‘ilishda hududlarni rivojlantirish va drayver nuqtalarini belgilash, tarmoq va sohalarda mavjud bo‘lgan muammolarga yechim topish, mahallalar, kerak bo‘lsa har bir oilaning turmush tarziga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan ilmiy asoslantirilgan yondashuvni joriy qilishda aynan oliygohlar va texnikumlar jamoasining ilmiy salohiyati va amaliy tajribasini keng joriy qilish masalalariga alohida urg‘u berildi.

Mana shunday tizimli yondashuv va ilmiy-amaliy tajribaning Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshlanishi ham bejiz emas. Mazkur yig‘ilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha hududlardagi oliygohlar va texnikumlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’lim va innovatsiyalar orqali kuchaytirish uchun muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/26978

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3
Yashil makon

Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasida start berilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasida Guliston davlat pedagogika instituti rektori boshchiligidagi  volontyorlar jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍2