GulDPI. uz | Rasmiy
4.54K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
52 files
4.57K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2024

⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal oʻtish bali o‘zgarishsiz qoldi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍7👏1
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024

Yangi saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari

Особенности новой избирательной системы

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Bakalavr_turdosh_2024.pdf
1.8 MB
Bakalavriat turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati
#o‘qishni_ko‘chirish

Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi.

Ma’lumot uchun:
Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:

Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.

Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
1👍1
Forwarded from Edu.uz
#To‘lov_kontrakt2024

⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.

💾 PDF shaklida yuklash

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍4
Forwarded from Edu.uz
#qabul2024

⚡️Tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati

Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari roʻyxati tasdiqlandi.

Bunda, roʻyxatda keltirilgan tashkilotlarning tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabgorlar 2024-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha (shu kuni ham) Bilimni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Shuningdek, talabgorlar bilan suhbat oʻtkazish va talabalikka qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 675-son (04.11.2021-y.) qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍1🔥1🎉1
#GulDPI

Gulston davlat pedagogika institutining “Yoz mavsumida mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan chora tadbirlar dasturi"ga asosan bugun 29-iyul kuni institutga yaqin hududda joylashgan Bo'ston,Mevazor,Buyuk kelajak mahalla yoshlari o'rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o'tkazildi.

“Zakovat” intellektual o‘yiniga mahallardan tashrif buyurgan 4 ta jamoa ishtirok etdi.

O'yin yakunida:
1-o'rinni "ADRENALIN" jamoasi.
2-o'rinni "MALIKALAR" jamoasi.
3-o'rinni "ISTIQLOL" jamoasi egalladi.

Yakunda g'olib bo'lgan jamoalar estalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍61
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazining 2024-yil 15-iyuldagi 26-Q/Q-sonli qo'shma qarori ljrosi bo'yicha Guliston davlat pedagogika institutida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturiga asosan O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda joriy yilning 29-iyul kuni oliygoh atrofidagi mahallalar yoshlari o'rtasida sportning mini-futbol turi bo'yicha musobaqalar tashkillashtirildi.

Institut sport majmuasida o'tkazilgan musobaqalarda mahallalarning 8 ta jamoasi ishtirok etishdi. Musobaqa yakunida g'olib jamoalar institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍7