GulDPI. uz | Rasmiy
4.56K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
52 files
4.56K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Ovozli_chat
Oliy taʼlim muassasalariga qabul bo‘yicha ovozli chat

📆
Bugun 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da  ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

Umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi “President Tech Award” tanlovining ikkinchi to‘lqini uchun arizalar qabuliga start berildi!


Qiziqarli musobaqada qatnashish va oʻz gʻoyalaringizni hayotga tatbiq etish uchun noyob imkoniyatni qoʻldan boy bermang! Oʻz kuchingizni sinab koʻrish va ilgʻor IT-yechimlarini yaratishga tayyor boʻlsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

Tanlov asosiy va maxsus yo‘nalishlarga bo‘linadi.

Tanlovning asosiy yo‘nalishi quyidagi toifalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
1. Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar;
2. Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;
3. MicroSaaS va AdTech;
4. Kompyuter va mobil o‘yinlar;
5. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar.

📢 Maxsus yo‘nalish 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni o‘z ichiga oluvchi Gran-Pri Hakatondan iborat.

Sovrin jamg‘armasi o‘zgarishsiz qolmoqda — 5 ta yo‘nalishning har birida 1, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanib, quyidagi mukofotlarga ega bo‘lishadi:
1-o‘rin — $100,000
2-o‘rin — $50,000
3-o‘rin — $30,000

Tanlovning rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz, asosiy yo‘nalishlar, o‘tkazilish sanalari va ishtirok etish tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul2024 #dayjest

2024/2025-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish bo‘yicha muhim xabarlar dayjesti


my.uzbmb.uz platformasida OTM va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bo‘yicha videoyo‘riqnoma;

O‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti👇

🔹BAKALAVR:

KUNDUZGI;

SIRTQI;

KECHKI;

MASOFAVIY;

Bakalavriat turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati;

🔸 MAQSADLI QABUL:

Sog‘liqni saqlash;

Maktab ta’limi;

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun;

♦️IMTIYOZLI KVOTALAR:

Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun;

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun;

Xotin-qizlar uchun;

🔹MAGISTRATURA KVOTA;

Magistratura turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati;

OTMning davlat granti kvotasi ulushining taʼlim sohalari va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti;

2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari;

Tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar;

Sirtqi ta’lim shakliga pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣O‘z yurtida yelkasi oftob ko‘rmagan dehqon fojiasi

Tog‘ay Murod “Otamdan qolgan dalalar” asari haqida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zosi – Ozod O‘zbekiston uchun bitdim... Ko‘nglimda el-yurtim yo‘lida nimaiki dardim bor – barini ushbu romanimda to‘kib soldim” degan edi.

☝️Aynan mana shu o‘zbek xalqiga haykal qo‘ygan asar asosida sahnalashtirilgan “Qish” nomli spektakli orqali Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali “Ko‘zmunchoq” jamoasi “Talabalar teatr studiyasi – 2024” ko‘rik-tanlovining final bosqichida faxrli 3-o‘rinni egallagan edi. Ushbu spektaklda sobiq sho‘rolar zamonida yashab, butun umri dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko‘rmagan munis o‘zbek xalqi siymosi sahnada gavdalanadi.

✔️Tajribali aktyorlardan ijro bobida hecham qolishmaydigan talabalar tomonidan sahnalashtirilgan ushbu spektakl premyerasini e’tiboringizga havola qilamiz.

➡️Spektakl premyerasini ko‘rish 🌐

Spektaklni tomosha qilib, like bosishni va fikrlaringizni YouTube kommentariyasiga yozib qoldirishni unutmang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
Forwarded from Edu.uz
#saylov_2024

Siyosiy partiya yetakchilari haqida ma’lumot


Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍2
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e’lon

⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!


Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

❗️Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Guliston davlat pedagogika institutidagi bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga xujjat topshirgan koʼzi ojizlar toifasiga kiruvchi abiturientlar uchun kirish imtihonlari 2024-yil 6-avgust kuni soat 9:00 da oʼtkaziladi.
Manzil: Guliston shahar, 4-mavze, Talabalar koʼchasi 49-uy

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍1
Forwarded from Edu.uz
#brifing

Birozdan so‘ng AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida brifing boshlanadi.

Unda talabalarni yotoqxonalar bilan ta’minlash, onlayn ariza berish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ma’lumot beriladi.

🎥 Brifingni vazirlik hamda AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarini tanlash bosqichi, talabalarni yotoqxonalar bilan ta’minlash, onlayn ariza berish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ma’lumot.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova.

Matnli o‘qish: https://gov.uz/edu/news/view/17745

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
#o‘qishni_ko‘chirish
#o‘tish_ballari

⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari rasmda👆

👉 PDF shaklida yuklab olish

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#talabaga_madad

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 30-iyuldagi 269-sonli buyrug'iga asosan Guliston davlat pedagogika institutida "Talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam ko'rsatish markazi" o'z faoliyatini boshladi.

Markazga tajribali volontyorlar jalb etilgan bo'lib, ular talabalarga talabalar turar joyiga joylashish uchun Axborot tizimiga onlayn ariza berish, ijara manzillari bo'yicha ma'lumotlar olish masalalarida yordam ko'rsatmoqdalar.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍7❤‍🔥3🎉2