GulDPI. uz | Rasmiy
4.56K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
51 files
4.55K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#diqqat_tanlov

🟢 "Bo'lajak olim" tanlovida ishtirok eting!


📣 Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar akademiyasi yoshlarning ilmiy g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida "Bo'lajak olim" tanlovini e'lon qiladi.

🖥 Tanlovda shartlari va ishtirok etishga qo'yiladigan talablar bilan batafsil BU YERDA tanishishingiz mumkin.

✉️ Tanlovga arizalar joriy yilning 15-iyul kunidan 15-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

⌛️ Tanlovda ishtirok eting va o'z tashabbusingizni rivojlantiring!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
💐 TABRIKLAYMIZ!

🎖 Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti “Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Sharifova Adiba Farxod qizi “Scientific Academy” ilmiy tadqiqot markazi tomonidan MDH davlatlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tanlovda “Faol tadqiqotchi” nominatsiyasi bo‘yicha guvohnoma va esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

👨🎓 Ilmiy rahbar: “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent: Saidkulov Nuriddin Akramkulovich

👏 Talabamizni va uning ilmiy rahbarini institut professor-o‘qituvchilari va yoshlari nomidan tabriklaymiz, keyingi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍21❤‍🔥6🎉53
Forwarded from Edu.uz
#O‘qishni_ko‘chirish

⚡️E’lon! Respublika OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi

2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – transfer.edu.uz;

xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlarigamy.uzbmb.uz.

Arizalar 2024-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

O‘tish ballari bu yerda: https://t.me/eduuz/24105

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Qabul_2024
#3_kun

Yuksak parvozlarni ko'zlagan abiturient yoshlar test imtihonlarida

🇺🇿 Respublikamiz bo‘ylab 2024-2025-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarining uchinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#live #forum #vazir_nutqidan

Istiqboldagi o‘zaro hamkorlikning muhim yo‘nalishlari qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yishdir


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘zaro munosabatlarda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, birgalikda o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratish muhimligi qayd etdi.

– Bugungi kabi qo‘shma konferensiya, seminar va forumlarning o‘tkazilishi ilg‘or tajriba almashish, universitetlarimiz o‘rtasidagi do‘stona va kasbiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Istiqboldagi o‘zaro hamkorlikning muhim yo‘nalishlari qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yishdir.

Bularning barchasi mamlakatlarimizga zamonaviy jamiyat oldida turgan murakkab vazifalarni birgalikda hal etish va barqaror rivojlanishni ta’minlash imkonini beradi, – dedi vazir Q. Sharipov.


Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova shu mavzuda kelayotgan savollarga javob berdi:

00:27 O‘qishimni viloyatimga ko‘chirayotgan edim. Qaysi elektron tizim orqali o‘qishni ko‘chirish uchun ariza bersam bo‘ladi?

01:07 O‘qishni ko‘chirish uchun qanday hujjatlar tayyorlashim kerak?

01:57 Yaqinda turmush qurganman, turmush o‘rtog‘im viloyatda yashaydi. Shu sababli o‘qishimni viloyatimga ko‘chirsam bo‘ladimi?

02:55 2 yildan beri Qozog‘istonda tahsil olaman. O‘qishimni O‘zbekistonga ko‘chirsam bo‘ladimi?

04:02 Grantda o‘qiyman o‘qishni ko‘chirganimdan keyin "kontrakt" bo‘lib ko‘chmaymanmi?

04:52 Talaba xorijiy tillar fakulteti xorijiy til va adabiyoti (ingliz) yo‘nalishida 1-kursni tamomladi. Shu yo‘nalishda sirtqi ta’lim mavjud bo‘lmagani sababli u o‘qishini boshqa universitetning ingliz filologiyasi yoki tarjima nazariyasi yo‘nalishining sirtqi ta’limiga ko‘chirmoqchi. Buning imkoni bormi?

05:33 Qachondan boshlab ta’lim shaklini sirtqiga ko‘chirish uchun ariza topshirsa bo‘ladi? Arizani onlayn topshirsa bo‘ladimi?

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍3