GulDPI. uz | Rasmiy
4.65K subscribers
11.9K photos
1.32K videos
49 files
4.03K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
“Chet tillar bilimdoni” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Guliston davlat pedagogika instituti Axborot resurs Markazida talaba-yoshlar o‘rtasida “Chet tillar bilimdoni” ko ‘rik tanlovi o‘tkazildi.

🏆Tanlov natijalariga ko‘ra

🥇1-o‘rinni 1-kurs 29e-23 guruh “Xorijiy til” yo‘nalishi talabasi B.Tajidinov,
🥈2-o‘rinni 2-kurs 9-22 guruhi “Xorijiy til “ yo‘nalishi talabasi Sh.Muxtorov va
🥉3-o‘rinni 1-kurs 28-23 guruh “Xorijiy til” yo‘nalishi talabasi S.Nurmatovlar g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Ko‘rik tanlov g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Yoshlar_Ittifoqi
#Koordinatorlar

"Shashlik day" bo'lib o'tdi!


Guliston davlat pedagogika instituti TTJ hovlisida o‘zbek xalqining eng mazali taomlaridan biri bo‘lgan kabob pishirish bo‘yicha chempionat bo‘lib o'tdi.

Tadbir uchun turli yo‘nalish talabalaridan guruhlar tashkil qilinib, har bir guruh turli ko‘rinishdagi: mol go‘shtli to‘g‘ramchi, qiyma shashlik, tovuq go‘shtli shashliklarni zo‘r mahorat va ishtiyoq ila tayyorladilar.

Ushbu jarayon davomida kaboblarning me'yor darajasida pishirilishi, ishtirokchilarning gigiyеna talablari doirasida harakat qilishlari hamda estetik did ila hakamlarga taqdim etish kabi jihatlari baholab borildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#GULDPI
#Yoshlar_ittifoqi
#Koordinator_faoliyati
#Munozara

Biz yoshlarga fikrlarni emas
Fikrlashni o‘rgatishimz kerak !

⚡️Guliston davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida talabalarini bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida  institut boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari tomonidan "Munozara " intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Turnir davomida :

Liderlar
Everest
jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
29-mart kuni Guliston davlat pedagogika institutida “Avtomobilsiz kun” tadbiri o‘tkaziladi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan joriy yilning 29-mart, juma kuni “Avtomobilsiz kun” tadbiri o‘tkaziladi.

Shu kuni barchani “Avtomobilsiz kun”ga befarq bo‘lmaslikka, shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmoniga asosan bugun (29 mart) respublika bo‘ylab "Avtomobilsiz kun" aksiyasi bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Guliston davlat pedagogika instituti “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo'lib o'tdi.

Bugun tongda Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyat xodimlari, professor-o‘qituvchilari, talabalari “Avtomobilsiz kun” aksiyasi doirasida ishga va o‘qishga piyoda, velosipedda hamda jamoat transportida kelishdi.

Loyihani o‘tkazishdan asosiy maqsad – sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website