GulDPI. uz | Rasmiy
4.65K subscribers
11.9K photos
1.32K videos
49 files
4.03K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
“Tasviriy san’at” to‘garagi faoliyati.

🖼Guliston davlat pedagogika instituti “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi tasviriy san’atning rangtasvir yo‘nalishida “Moybo‘yoqda manzara ishlash usullari” deb nomlangan navbatdagi to‘garak mashg‘uloti o'tkazildi.

🎨Tasviriy san’at to‘garagini o‘tkazishdan maqsad, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazib, ularda  kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishdir.

To‘garak mashg‘ulotida manzara janrini tasvirlash orqali talabalarda moybo‘yoqlar yordamida eskizlarni bajarish; yilning fasli va kunning holatini ko‘rsatish; ufq chizig‘ini belgilash; ranglararo munosabatlarni fazoviy uzoq-yaqinliklar va havo perspektivasini ko‘rsatish kabi qobiliyatlari oshirildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Sirdaryolik Nodira Xorazmlik hunarmandlar bilan tajriba almashdi.

Nodira qo'g’irchoq to’qish sirlarini mukammal egallagan. Xozirda u Guliston pedagogika institutida talabalik bilan bir qatorda Xovos tumani Barkamol avlod markazida o’quvchi qizlariga o’z hunarini o’rgatib kelmoqda.

Ayni damda Xorazm sayohatida bo’lib turgan Nodira ham o’zi to’qigan qo'g’irchoqlarning ko’rgazmasini Xiva shaxriga tashrif buyurgan mehmonlarga namoyish qildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Hurmatli kitobxon talabalar diqqatiga

Guliston Davlat Pedagogika institutimiz talabalari va xodimlari sizlarni " Kitobxonlik haftaligi " doirasida joriy yilning 2 aprel kuni "Birga kitob o‘qiylik" deb nomlangan ommaviy kitobxonlik aksiyasiga taklif qilamiz.

Aksiyada barcha kitobxon talabalarni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Institut va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda.

⚡️Guliston davlat pedagogika instituti maktabning yuqori sinflari bilan oliygoh dasturlari o’rtasida uzviylikni ta’minlash maqsadida Oqoltin tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi bilan uchrashuv o’tkazdilar.

Uchrashuv davomida ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qitiladigan fanlarni institutning tegishli taʼlim yo‘nalishlariga uzviyligini taʼminlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek ixtisoslashtirilgan maktabning bitiruvchi o’quvchilari bilan suxbatlar o’tkazildi.

Uchrashuv yakunida institut Oqoltin tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab bilan oʻzaro kelishuv memorandumi imzolandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website