GulDPI. uz | Rasmiy
4.53K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
52 files
4.59K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Is gazidan zaharlanish bo'yicha profilaktik suhbatlar davom etmoqda

Guliston davlat pedagogika instituti “Pedagogika” fakulteti guruhlari talabalari o‘rtasida Guliston shahar FVB xodimlari bilan hamkorlikda Is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi, tadbirda Guliston shahar FVB boshlig‘i A.Gazixodjaev Guliston shahar FVB boshlig‘i, R.Ashurov, Guliston shahar FVB inspektorlari J.Norjigitovlar boshchiligida ijara xonadonlarining kuz-qish mavzusi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borishdi.


Yig‘ilish so‘ngida Guliston shahar FVB va Guliston davlat pedagogika instituti bilan xamkorlikda ishchi guruh tuzilib talabalar turar joyini tekshirish va is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha xonadonlarning o‘zida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

📌Shuningdek, is gazidan zaharlanishni oldini olish maqsadida tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanish tartibi haqida tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍5🎉2❤‍🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hushyorlik va ogohlik

Bugun biz hayot sur'ati beqiyos darajada tezlashgan shunday zamonda yashayapmizki, insoniyat hozirga qadar bunday davrni boshidan kechirgan emas. Hozirgi zamonda mafkuraviy xatarlar toboro kuchayib bormoqda.

Bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va xushyor bo'lishimiz zarur, aks holda jamiyatda o'nglab bo'lmas, taraqqiyotdan bir necha o'nlab yillar ortda qolishga sabab bo'ladigan ma'naviy, siyosiy va iqtisodiy muammolar kelib chiqishi mumkin.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍5🎉1
“Student Cyber Challenge” tanlov g'oliblari aniqlandi

Guliston davlat pedagogika institutida “Axborot xavfsizligi” haftaligi munosabati bilan yoshlar akademiyasi liderlari bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Student Cyber Challenge” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov 3 ta shartdan iborat bo‘lib, har bir shart bo‘yicha nomzodlar sinovdan o‘tkazildi yakuniy natijaga ko'ra.

🥇-o‘rin Anvarova Ismigul 3-22 guruh talabasi

🥈-o‘rin Niyozaliyev Islomjon 2-22 guruh talabasi

🥉-o‘rin Akbarov Javohir 3-22 guruh talabasi

🏅-o‘rin Mamaraimova Diyora 23-22 guruh talabalari g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Yakunda g'oliblar mas'ullar tomonidan estalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍42🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❄️Qishning go‘zal tarovati

❄️Har bir fasl o‘zgacha go‘zaldir. Qish fasli ham hamma yoqni oppoq qorga burkagan vaqt, dillar beg‘ubor tuyg‘ularga to‘ladi. Qishning go‘zalligi ba’zida ko‘zni qamashtiradi. Oppoq qorga belangan manzaralar esa bizni ertaklar dunyosiga yetaklaydi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍13🎉4😍3
#Yoshlar_Ittifoqi
#Volontyorlar

"Biz siz bilan birgamiz"
aksiyasi

Shu kunlarda yurtimizda kuzatilayotgan sovuq haroratga qaramasdan o'z kasbiga mas'uliyat bilan yondoshgan holda mehnat faoliyatini davom ettirayotgan soha vakillari albatta e'tirofga sazovordir.

Bugun erta tongdan Guliston davlat pedagogika instituti Boshlang'ich tashkilot kengashi a'zolari va volontyorlar ishtirokida "Biz siz bilan birgamiz" aksiyasi tashkil etildi.

Aksiya davomida shahar markazida fidoiy mehnat qilayotgan fidoiy soha vakillariga issiq kofe tarqatildi.

Bunday aksiyalar viloyatning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.


Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍17❤‍🔥82👏2🎉2