GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.3K photos
1.26K videos
49 files
3.87K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ochiq olovdan foydalanmang, xonani tez-tez shamollating — fuqarolar is gazidan ogohlantirildi

Yoqilg‘i mahsulotlari yonganda xonada asta-sekin is gazi yig‘ila boshlaydi. Shuning uchun xonani tez-tez shamollatib, kislorod almashinuvini ta’minlash kerak.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi is gazidan himoyalanishda e’tibor qilish kerak bo‘lgan jihatlarni sanadi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Professor o'qituvchilar hamda talaba yoshlar sahna asarlaridan bahramand bo'ldilar

⚡️Bugun Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan “XOTINLAR "GAP"IDAN CHIQQAN HANGOMA" nomli komediya spektakli namoyish etildi.

Guliston davlat pedagogika institutining professor-o'qituvchilari hamda 100 nafarga yaqin talaba-yoshlari tamoshabin sifatida faol ishtirok etib, maroqli hordiq chiqarishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_Ittifoqi
#Koordinatorlar
#Qizlarjon_klubi

Oʻzbekiston xalq shoiri Toʻra Sulaymon tavalludining 90 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Guliston davlat pedagogika instituti boshlangʻich tashkiloti tomonidan shoirning ijodiga yuzlandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, giyohvandlik va kiberjinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Guliston davlat pedagogika institutining majlislar saroyida Guliston shahar IIB xodimlari hamda institut talabalari bilan birgalikda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, giyohvandlik va kiberjinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati davomida mas'ullar tomonidan jinoyatchilik, giyohvandlik, kiberjinoyatchilik yoshlar o'rtasida keng ommalashib borayotganligi hamda bu illatlar yomon oqibatlarga olib kelish haqida talabalarga tushuntirishlar berildi.

Suhbat yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullar tomonidan tegishlicha javob olishdilar.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
💫“Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlov bo'lib o'tdi

⚡️Bugun Guliston davlat pedagogika institutida 40 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar o‘rtasida targ‘ibot jarayonlari tizimli amalga oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilar, magistrlar va talaba-yoshlari o‘rtasida “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlov o‘tkazildi.

Tanlovning asosiy maqsadi – iqtidorli va isteʼdodli xotin-qizlar, ayollar va yosh olimalarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat. Ishtirokchilar o‘zlarining loyihalarini taqdim etishdi hamda tashkiliy guruh tomonidan baholandi.

🌟Ma'lumot o'rnida g‘oliblar joriy yilning 4-fevral kuni e’lon qilinadi!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website