GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.4K photos
1.27K videos
49 files
3.89K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#tadbirkor_va_yoshlar_uchrashuvi

⚡️ Bugun 14-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida “Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

📌 Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi “Gulistan Gold Yarn” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori , Mirzabod tumani Kengashi deputati, “Shuhrat” medali va “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni sohibi Darbishev Javlonbek Abduxaliqovich bilan talabalar uchrashuvi tashkil qilindi.

🖇Tadbir davomida Darbishev Javlonbek tadbirkorlik faoliyatini boshlashda dastlabki qiyinchiliklar va tajribali hayot yo‘li haqida so‘zlab berdi.

📍Shuningdek, tadbirkor muvaffaqiyat siri faqat va faqat ilm, mehnat va izlanish ekanligini ta’kidladi. Tadbirkorlikka qiziqgan va endi boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga kerakli tavsiyalar berdi.
Uchrashuv so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#XUSHXABAR

🥇🥇Chempionlik muborak!

🎗Guliston davlat pedagogika instituti Jismoniy tarbiya yo‘nalishi 2-bosqich 30-22-guruh talabasi Mansurov Zuhur Karate bo'yicha o'tkazilgan Jahon chempionatida tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

⚡️Quvonarlisi, musobaqaning yakunida Mansurov Zuhur shohsupaning yuqori pog'onasiga ko'tarildi va 🥇🥇2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

🥋Ushbu musobaqada 31 mamlakatdan 1500 nafardan ziyod sportchi g'oliblik uchun kurash olib bordi.

🏆Yosh sportchimizni g'alaba bilan muborakbod etib, keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz!

📩GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#tanlov

⚡️Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot kengashi tashabbuskor yoshlarni o‘z atrofiga chorlaydi!

📲Murojaat uchun: GulDPI yoshlar yetakchisi- Davlatnur Raimov

📥GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#muhim_yangilik

C1 darajaga ega professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘qituvchilariga 50% ustama beriladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar, taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar, xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) roʻyxati hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini belgilash toʻgʻrisida”gi qo‘shma qarorni imzoladi.

Unga koʻra joriy yil 1-sentabrdan boshlab professional taʼlim muassasalar (kasb-hunar maktabi, kollej va texnikum) va akademik litseyning xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan kamida С1 darajadagi sertifikatlarga ega umumtaʼlim fan oʻqituvchilari bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorda ustama haq toʻlash yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, qaror bilan:

Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar roʻyxati;

Taʼlim sohasida xizmat kо‘rsаtuvсhi vakolatli xalqaro tashkilotlar roʻyxati;

Xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ulаrning kombinatsiyasi) rо‘yxati tasdiqlandi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#LIVE

💥Ayni damda Guliston davlat universitetida “Talaba-yoshlar forumi” bo‘lib o‘tmoqda.

🔥Tadbirda Guliston davlat pedagogika institutining faol va iqtidorli talaba-yoshlari ham ishtirok etmoqda.

⚡️Bizni kuzatishda davom eting!

📩GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website