GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.4K photos
1.27K videos
49 files
3.89K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Talabalar_ligasi

⚡️Joriy yilning 12-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida “Talabalar ligasi” sport musobaqasining shaxmat bo‘yicha 2-turi bo‘lib o‘tdi.

🔥Institut fakultetlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada talabalar bor mahoratlarini namoyon etdi.

🏆 Qizgʼin oʼyinlarga boy o‘tgan musobaqa yakunida g’oliblar saralandi. Taqdirlash marosimi tez kunda bo‘lib o‘tadi.

📩GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Suvni_asrang

Farzandlarimiz suvini uvol qilmaylik! Kelajak uchun suvni asraylik!

Мaʼlumotlariga koʻra, 2030-yilga kelib Oʻzbekistonda suv tanqisligi 7 mlrd kub metrga yetadi, bu hajmi boʻyicha toʻrtta Chorvoq suv ombori degani.

Hozirgi kunda Oʻzbekiston suv isteʼmoli boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga ega — mamlakat yiliga suv resurslarining 169 foizini sarflaydi. Taqqoslash uchun ushbu koʻrsatkich Qozogʻistonda — 33 foiz, Qirgʻizistonda esa — 50 foizga teng.

Suvni isrof qilish shu tarzda davom etsa, asr oxiriga borib, qurgʻoqchilik, keng miqyosli chang-qum boʻronlari va oziq-ovqat inqirozi kabi xatarlarga duch kelishimiz mumkin.

Suvni asrang!

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#startap #parvoz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Parvoz” loyihasi tashkil etilganidan xabaringiz bormi?

“Parvoz” loyihasi sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
▪️ Startap loyihani shakllantirish va rivojlantirish;
▫️ Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida qatnashish;
▪️ Startaplar uchun ko‘zda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar haqida xabardor bo‘lish;
▫️ Ko‘rik tanlovlar va startaplar uchun grantlar haqida doimiy ravishda ma’lumot olish;
▪️ Mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan turli mavzularda onlayn va oflayn darslar olish va boshqalar.

Shu kabi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun “Parvoz” loyihasining rasmiy telegram sahifasi — https://t.me/parvoz_loyihasiii ga ulanib, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishni tavsiya etamiz!

👉https://t.me/parvoz_loyihasiii

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#tadbirkor_va_yoshlar_uchrashuvi

⚡️ Bugun 14-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida “Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

📌 Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi “Gulistan Gold Yarn” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori , Mirzabod tumani Kengashi deputati, “Shuhrat” medali va “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni sohibi Darbishev Javlonbek Abduxaliqovich bilan talabalar uchrashuvi tashkil qilindi.

🖇Tadbir davomida Darbishev Javlonbek tadbirkorlik faoliyatini boshlashda dastlabki qiyinchiliklar va tajribali hayot yo‘li haqida so‘zlab berdi.

📍Shuningdek, tadbirkor muvaffaqiyat siri faqat va faqat ilm, mehnat va izlanish ekanligini ta’kidladi. Tadbirkorlikka qiziqgan va endi boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga kerakli tavsiyalar berdi.
Uchrashuv so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#XUSHXABAR

🥇🥇Chempionlik muborak!

🎗Guliston davlat pedagogika instituti Jismoniy tarbiya yo‘nalishi 2-bosqich 30-22-guruh talabasi Mansurov Zuhur Karate bo'yicha o'tkazilgan Jahon chempionatida tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

⚡️Quvonarlisi, musobaqaning yakunida Mansurov Zuhur shohsupaning yuqori pog'onasiga ko'tarildi va 🥇🥇2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

🥋Ushbu musobaqada 31 mamlakatdan 1500 nafardan ziyod sportchi g'oliblik uchun kurash olib bordi.

🏆Yosh sportchimizni g'alaba bilan muborakbod etib, keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz!

📩GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#tanlov

⚡️Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot kengashi tashabbuskor yoshlarni o‘z atrofiga chorlaydi!

📲Murojaat uchun: GulDPI yoshlar yetakchisi- Davlatnur Raimov

📥GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website