GulDPI. uz | Rasmiy
4.64K subscribers
12.2K photos
1.38K videos
49 files
4.17K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Qabul - 2️⃣0️⃣2️⃣3️⃣
2023-2024 o‘quv yilida o‘qishni xorijiy va nodavlat OTMlardan Guliston davlat pedagogika institutiga ko‘chirib kelayotganlar uchun 14.08.2023-yil sanasida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari qaydnomasi:

Jismoniy madaniyat
Musiqa ta'limi
Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi


GulDPI axborot xizmati

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#O‘qishni_ko‘chirish

⚡️Ertaga test topshiriladigan binoni borib ko‘rish mumkin

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ertaga, 15-avgust kuni soat 10:00 dan 12:00 ga qadar o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan binolar bilan tanishib ketishlari mumkin.

Test topshiriladigan bino va vaqti talabgorning imtihonga kirish ruxsatnomasida ko‘rsatilgan. Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.👆

Ma’lumot o‘rnida, xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni ikki smenada o‘tkaziladi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
⚡️“O‘zbekistonda professional ta’lim” jurnali uchun maqolalar qabuli davom etmoqda!

Professional ta’limni rivojlantirish instituti muassisligidagi “O‘zbekistonda professional ta’lim” jurnalining navbatdagi sonida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy xodimlar hamda talabalar o‘zining professional ta’lim va sohaga doir amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan tayyorlagan ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Taqdim etiladigan maqolalar belgilangan talablar bo‘yicha Telegram messenjeri orqali @DoniyorTeshayev manziliga yoki pedagoginnovatsiyalar@edu.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Maqolaga qo‘yiladigan talablar:👉https://online.pubhtml5.com/xkjza/oeow/#p=1

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#O‘qishni_ko‘chirish

⚡️ mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan va test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar 43 567 nafarni tashkil etdi.

Mazkur 43 567 nafar talabgorning ma’lumotlari Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda mazkur sayti orqali qaysi yo‘nalishga qancha talabgor o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilganini va har bir ta’lim yo‘nalishi uchun o‘tish balini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, talabgorlar test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng mazkur sayt orqali o‘z natijalarini ham bilishlari mumkin bo‘ladi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Talabalarni turar joy bilan taʼminlash tizimi raqamlashtirilib, ularga qator yengilliklar berilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini turar-joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 376-son (14.08.2023-y) qarori qabul qilindi.

Qaror bilan davlat OTMlari talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Qarorga koʻra 2023/2024-oʻquv yilida:

1-kurs talabalari uchun davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali bepul elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda arizalar qabuli 20-avgustdan boshlanadi.

Bunda talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali onlayn hisobga qoʻyiladi.

yuqori kurs talabalarini turar joyga joylashtirish anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza OTM yotoqxonalariga joylashtirish komissiyasiga topshiriladi.

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmati markazlari yoki my.gov.uz orqali elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab oʻquv yili yakuniga qadar davom etadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!

Ertaga, 16-avgust kuni barcha hududlarda talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.

📆 Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📌 Bunda talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari hamda:

1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi!

👨🏻‍💻
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani https://my.uzbmb.uz/allow-transfer saytidan olishlari mumkin.

📺📺 Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yakka_tartibdagi_suhbat

⚡️Joriy yilning 16-avgust kuni GulDPIda texnikumlarni imtiyozli bitirgan bitiruvchilar ishtirokida Jismoniy madaniyat bakalavriyat ta’lim yo‘nalishiga qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbat bo‘lib o‘tdi.

Institut professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh talabgorlar bilan suhbat jarayonlarini 2022-yil 11-yanvardagi Hukumat qarori bilan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan o‘tkazdi.

📌Eslatib o‘tamiz, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishini davom ettirish uchun qabul qilinadi.

GulDPI axborot xizmati

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#GulDPI_yoshlari

💥 Mustaqillikning 32 yilligi bayrami arafasida Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yoshlar kengashi va fakultet koordinatorlari tomonidan keksalar va nuroniylar holidan xabar olish maqsadida xonadonlarga tashriflar uyushtirildi.

⚡️ Zero, yoshi ulug’ insonlarni hurmat qilish va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish xalqimizga xos bo‘lgan ezgu fazilatlar sanaladi.

GulDPI axborot xizmati

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#taqdimot

⚡️Joriy yilning 17 avgust kuni Sirdaryo viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida viloyat oliy taʼlim muassasalari Guliston davlat universiteti, Guliston davlat pedagogika instituti, Toshkent kimyo texnologiyalar instituti Yangiyer filiallarining yangi o‘quv yili boshidan talabalarni turar joy bilan taʼminlash borasidagi ishlarni tashkil etish, ularga har tomonlama qulay sharoit yaratish maqsadida mas'ul rahbarning taqdimoti qabul qilindi.

Taqdimotda talabalar turar joyidan o‘rin olish huquqiga ega yuqori kurs talabalariga TTJlarning to‘liq tarqatilganligi;

Talabalar turar joylari bilan taʼminlanmagan ijaraga ehtiyoji bor talabalar uchun yangi ijara uyIarining topilishi va ularning manzilli ro‘yxati shakllantirilganligi

Yangi topilgan ijara xonadonlari ro‘yxatini ijara xonadoniga ehtiyoji mavjud talabalarga taqdim etish  hamda yangi o‘quv yili boshida talabalarning o‘zlari tanlagan ijara uylariga joylashishini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar;

Yangi topilgan ijara xonadonlarining birma-bir o‘rganilishi va ehtiyojga muvofiq ularning zarur jihozlar bilan taʼminlash va taʼmirlash ishlarining borishi;

Talabalar turar joylarining badiiy sanʼat asarlari, jumladan, ota-ona siymosi aks ettirilgan portretlarni belgilangan namuna asosida joylashtirish vazifalari bo‘yicha taqdimot qilindi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:  
Web-sayt | Telegram  | Youtube