GulDPI. uz | Rasmiy
4.44K subscribers
13.4K photos
1.6K videos
57 files
4.67K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Magistratura turdosh 2023-signed.pdf
3 MB
#qabul_2023
#magistratura_kvota

⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati

▪️Siz, mazkur roʻyxatdan qaysi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat OTM MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari mosligini bilib olishingiz mumkin.

✔️Shuningdek:

🔹respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi;
🔸turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlar bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot'da

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Forwarded from OTFIV ǀ Dolzarb 90 kun
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Abituriyentlarni o‘qishga kiritish, o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilib, pul ishlayotgan firibgarlarning tuzog’iga ilinmang.

Har qanday noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilishini unutmang.

Hurmatli ota-onalar va abituriyentlarni ogohlikka chaqiramiz! Ogoh bo‘ling, aldanib qolmang!

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi:

☎️ 71 207 18 43

_ _ _ _

‼️Вниманию абитуриентов и их родителей!

Всё еще встречаются мошенники, которые предлагают помощь в зачислении абитуриентов в вузы или перевода из одного учреждения в другой.

Не забывайте, что любые противоправные действия будут преследоваться по соответствующим статьям Уголовного кодекса.

Уважаемые родители и абитуриенты, будьте бдительны! Не дайте себя обмануть!

Отдел по борьбе с коррупцией Министерства высшего образования, науки и инноваций:

☎️ 71 207 18 43

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023

📹
magistr.edu.uz platformasi orqali ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Eslatma: hujjatlarni qabul qilish 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

👉
Sertifikatlar ro‘yxati

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️ So‘nggi 6 yillik baholar OTMlarga joriy yilgi qabulda inobatga olinmaydi

🔰 Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF–107-son farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmon bilan davlat rahbarining PF-213-son farmoniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024-o‘quv yilida davlat granti asosida qo‘shimcha 3 000 ta o‘rin ajratiladi.

Shuningdek, Prezidentning PF-6108-son farmoniga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinishi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab joriy etilishi belgilandi.

Bunda joriy yilda majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from OTFIV ǀ Dolzarb 90 kun
#Xalqaro_konferensiya
#Xorijiy_mehmonlar_bilan_tanishtiramiz

“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining “Sifatli taʼlim va innovatsiyalar – barqaror kelajak asosi” panel sessiyasi mehmonlari bilan tanishtiramiz.



We introduce the guests of the international conference on the topic of “Quality education and innovation are the foundation for a sustainable future” ” in the framework of the week of international partnership initiatives on the topic of “New Uzbekistan: development, innovation and enlightenment”.



Представляем гостей международной конференции «Качественное образование и инновации – основа устойчивого будущего» в рамках недели международных партнерских инициатив на тему «Новый Узбекистан: развитие, инновации и просвещение».

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#ichki_turizm
#dayjest

Dam olish kunlarida oliy ta’lim muassasalari xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning yurtimiz bo‘ylab sayohati tashkil etildi

🔹Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor-o‘qituvchilari Samarqandda bo‘ldi;

🔸Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchi va ishchi xodimlari Nurota tumanidagi Sentob dam olish maskanida madaniy hordiq chiqarishdi;

🔹Namangan muhandislik-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari hamda xodimlaridan iborat vakillar Zahiriddin Muhammad Boburning ramziy qabri va Al-Farg‘oniy ziyoratgohiga tashrif buyurib, buyuk ajdodlar haqqiga duolar qilishdi;

🔸Buxoro davlat pedagogika institutining professor-oʻqituvchilari, talabalari ketma-ket 5 kun dam olish kunlarida O‘zbekiston boʻylab sayohat qilishdi;

🔹Jizzax davlat pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida 5 kun mobaynida viloyatdagi Zomin, Baxmal, Forish tumanlarida joylashgan ekologik bog‘lar hamda Xo‘jamushkent va Sa’d Ibn Abu Vaqqоs ziyoratgohlariga sayohatlar tashkil etildi;

🔸Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi Samarqand shahriga sayohat qildi;

🔹Andijon davlat chet tillari institutining bir guruh jamoasi oila a’zolari bilan birgalikda Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Xorazm va Toshkеnt viloyatlariga sayohat qildilar;

🔸Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabalari tyutorlari bilan birgalikda Kasbi tumani Qamashi qishlog‘iga, Samarqand shahri hamda Kitob tumanidagi Hazrati Beshir qadamjolariga ziyorat sayohatini tashkil etishdi;

🔹Andijon davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari va talabalari Jizzax viloyatida joylashgan Zomin tog‘lariga sayohat qildilar;

🔸Qoʻqon davlat pedagogika instituti bir guruh doktorantlari Farg‘ona, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari bo‘ylab sayohat uyushtirdilar;

🔹Guliston davlat pedagogika instituti bir guruh jamoasi oilaviy madaniy dam olish maqsadida Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining muqaddas qadamjolari va tarixiy maskanlariga tashrif buyurdilar;

🔸Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi qadimiy va hamisha navqiron Xivaga sayohat uyushtirdi;

🔹Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kasaba uyushmasi tomonidan Navoiy viloyatida joylashgan “To‘dako‘l” eko zonasiga hamda Navoiy shahriga sayohat tashkil etildi;

🔸Samarqand davlat universiteti Urgut filialining professor-oʻqituvchilaridan iborat jamoa tumandagi diqqatga sazovor maskanlarga sayohat qilishdi.

🔹 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bir guruh ishchi-xodimlari va talabalari ichki turizm salohiyatini oshirish maqsadida Xorazm viloyatiga sayohat qilishdi.

🔸 TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti xodimlari Samarqand, Buxoro shaharlari hamda Bo‘stonliq, Zomin tumanlariga sayohat qilishdi;

🔹B.Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti bir guruh xodimlari Samarqand, Xorazm va Xiva shaharlari hamda Zomin kurort zonasida dam olishdi;

🔸 Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari Samarqand, Namangan viloyatlari hamda “Chodak” dam olish maskanida bo‘lishdi.

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali xodimlari Xorazm viloyati Xiva shahriga sayohat qilishdi;

🔸Toshkent davlat stomatologiya instituti xodimlari va talaba-yoshlari Samarqand shahriga ichki va ziyorat turizmini uyushtirdi;

🔹O‘zbekiston milliy universiteti talabalari Samarqand, Namangan, Jizzax viloyatlaridagi diqqatga sazovor tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qildilar;

🔸Toshkent davlat agrar universitetining professor-oʻqituvchilari, ishchi xodimlari hamda talaba yoshlari mamlakatimizning Xorazm va Xivaning tarixiy-madaniy maskanlari, Nurota tumanidagi Sentob dam olish maskanida, Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi Xo‘ja Abduxoliq Gʻijduvoniy ziyoratgohlariga sayohat qilishdi;

🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlari Mizdaxqon tarixiy majmuasiga sayohat qildi;

🔸TATU Farg‘ona filialining bir guruh xodimlari hamda talabalari Xorazm va Samarqand shaharlari bo‘ylab sayohat qilishdi.
#sayyor_qabul

⚡️2023-yilning 4-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Shahlo Turdikulova Sirdaryo viloyati Guliston shahrida sayyor qabul oʻtkazdi.

💫 Yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida olib borilgan uchrashuvda Guliston davlat pedagogika instituti rektori v.v.b. A.Qalandarov hamda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori B.Tagayev , Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.Ayaqulov va professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

👩‍🎓Sayyor qabul davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi hamda muammo va takliflarini bildirishdi.

GulDPI axborot xizmati


🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2023
#Call_Center

📞 Qabul jarayoni bilan bog‘liq barcha savollarga tezkor javob berish maqsadida "CALL-Мarkaz" va "Maslahat markazi" tashkil etilgan.

🏢 Guliston davlat pedagogika institutining "CALL-CENTER" telefon raqamlari:

☎️
+99855-651-92-59

☎️ +99855-651-92-64

☎️ +99855-651-92-67

☎️ +99855-651-92-76


"CALL-Мarkaz" va "Maslahat markazi" larining ish vaqti:
Dushanba – Shanba, 09:00 dan 18:00

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👏1
Forwarded from Edu.uz
#qabul_2023
#infografika

5-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, 181 ming 308 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 93 ming 563 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 87 ming 745 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

Batafsil infografikada👆

Qabulga doir foydali bot:
👉
@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#kvota

O‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti

🔹BAKALAVR:

KUNDUZGI — 127 259 nafar;

SIRTQI — 49 078 nafar;

KECHKI — 11 125 nafar.

MASOFAVIY — 2 825 nafar.


❇️ MAQSADLI QABUL:

Sog‘liqni saqlash (8 064 ta);

Pedagogika (23 605 ta);

Veterinariya (225 ta);

Ijtimoiy ish (325 ta);

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun (1 000 ta).

🔰IMTIYOZLI KVOTALAR:

Harbiy tavsiyanomalilar uchun (9 506 ta);

Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (2 000 ta);

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (500 ta);

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 803 ta);

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (1 903 ta).

Izoh: ushbu kvotalar umumiy kvotalardan tashqari ajratilgan.

🔸MAGISTRATURA:

Kvota — 17 128 nafar.
Magistratura turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati.

Bizning rasmiy sahifalarimiz
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Saylov_2023
#befarqemasman

🙋🏻‍♀️ MEN SAYLOVDA ISHTIROK ETAMAN!

SIZCHI?

🇺🇿 Men Guliston davlat pedagogika instituti yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti Kengashining Talaba qizlar koordinatori Bekmuhammadova Sabrina

✍🏻 Men o'z kelajagim uchun ovoz beraman!


✈️Telegram | 📷Instagram | 🖤YouTube | 📒Facebook |
👍1😍1
#GulDPI
#Ishchi_guruh

⚡️Joriy yilning 5-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi Guliston davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi va qabul jarayonlari hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

📝 Maxsus ishchi guruh tomonidan GulDPIda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va 2023/2024 o‘quv yili qabulini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan qabul komissiyasi va Call markazi faoliyati o‘rganildi.

📌 Shuningdek, institutning istiqbolli rejalari, loyihalar va yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍4