GulDPI. uz | Rasmiy
4.43K subscribers
13.4K photos
1.6K videos
57 files
4.68K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Zakovat

⚡️Guliston shahar Yoshlar markazida Sirdaryo teleradiokompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Zakovat” intellektual teledasturi bo‘lib o‘tdi.

📝Mazkur intellektual o‘yinda Guliston davlat pedagogika institutining “Absolyut” va “Tafakkur” jamoalari ishtirok etdi.

🏆O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan intellektual musobaqada “Absolyut” jamoasi g’oliblikni qo‘lga kiritdi.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍4
#rangtasvir

🎨 Guliston davlat pedagogika instituti “Tasviriy san’at va MG” ta’lim yo‘nalishi 26-22, 27-22 va 28-22-guruh talabalari o‘rtasida 2022-2023- o‘quv yilining 2-yarim yilligi uchun “Qalamtasvir” va “Rangtasvir” fanidan bajargan amaliy va mustaqil ishlari namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ijodkor talabalar o‘quv natyurmortlari va mustaqil bajargan portret ishlarini namoyish etdi.

🖼✏️Fan o‘qituvchilari dots. R.Xayrov va katta o‘qituvchi N.Jumaboyev talabalarning fan yuzasidan bajargan amaliy ishlaridagi kamchiliklar va yutuqlarini ustoz, tajribali mutaxassis sifatida baholab, keyingi ishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kerakli ko‘rsatmalarni berishdi.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍5🤩4
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2023
#so‘ragan_edingiz

SAVOL: 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qachon va qanday topshiriladi?

JAVOB:
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun qabul 10-iyulda yakunlanadi.

Abituriyentlar my.uzbmb.uz va my.gov.uz saytlari orqali ro‘yxatga olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun abituriyentlardan faqatgina 2 ta hujjat talab etiladi:

👉 biometrik pasport yoki ID-karta;
👉 umumiy o‘rta ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjat.

Shu kabi savollarga javoblar: 👉https://youtu.be/t90Nn86FfVk

Qabulga doir foydali bot 👉 @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube