GulDPI. uz | Rasmiy
4.43K subscribers
13.4K photos
1.61K videos
57 files
4.69K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023
#so‘ragan_edingiz

SAVOL: Abituriyentlar orasida “bu yil sirtqi (“zaochniy”)ga qabul bo‘lmaydi” degan mish-mishlar tarqalmoqda. Shunga aniqlik kiritsangiz?

JAVOB: yo‘q, bu noto‘g‘ri talqin.
Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning faqat 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi (RO‘YXAT). Qolgan pedagogik ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirish uchun kamida 5 yil ish staji talab etiladi.

Asos: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6079561
Shu kabi savollarga javoblar: 👉
https://youtu.be/t90Nn86FfVk
Qabulga doir foydali bot 👉
@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Institutimiz #faxri

🤼 Avval xabar berganimizdek, aprel oyida Xitoyning Xanjou shahrida o‘tkazilgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Guliston davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi (XQS) 35-22-guruh talabasi Ulbo‘sin Hakimova 48 kilogramm vazn toifasida KURASH bo‘yicha OSIYO CHEMPIONI hamda Sirdaryo viloyati hokimi sovrini uchun tashkil etilgan professional boks kechasida 32-22-guruh talabasi Ramil Shukumerov g‘oliblar safidan joy olgan edi.

⚡️ Joriy yilning 6-iyun kuni Guliston davlat pedagogika instituti rektori v.v.b. A.Qalandarov U.Hakimova va R.Shukumerov bilan uchrashib, yurtimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalangan g’oliblarimiz yutuqlarini e’tirof etib, samimiy tilaklar bildirdi hamda pul mukofotlari bilan taqdirladi.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👏8👍4🏆4❤‍🔥2
#tanlov

🎼 Guliston davlat pedagogika instituti “ijtimoiy-gumanitar fanlar” fakulteti “musiqa ta'limi yo‘nalishi 25-22-guruh talabalari o‘rtasida musiqa nazariyasi (garmoniya) fanidan “Go‘zal sadolar” nomli ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

🎹 Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Nuraliyeva Zuhra tomonidan tashkil etilgan tanlovda talabalar o‘zlari mustaqil tayyorlagan kuylari bilan ishtirok etdi.

🎻 Tanlov yakunida iste’dodli talabalarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
4👏3👍1😍1
#Yoshlar #oyligi

⚡️ Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yoshlar Kengashi va fakultet koordinatorlari tomonidan 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida “Munozara” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

👩‍🎓 Mazkur intellektual musobaqada institutning faol talabalari ishtirok etdi.

📣Eslatib o‘tamiz, 5-iyundan 25-iyungacha barcha oliy ta'lim muassasalarida “Yoshlar oyligi” doirasida shou-dasturlari, sport musobaqalari, uchrashuvlar, galakonsertlar hamda boshqa ko‘plab loyiha va tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

💫 Barcha yoshlarni "Yoshlar oyligi"da faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍4
#madaniy #tadbir

📓Joriy yilning 6-iyun kuni Guliston davlat pedagogika institutida rus adabiyotining namoyondalaridan biri shoir Aleksandr Sergeyevich Pushkinning hayoti va ijodiga bag’ishlangan madaniy tadbir bo‘lib olib o‘tdi.

📝O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishi talabalari tomonidan tashkil etilgan tadbirda iste’dodli shoir ijodidan she’riy na’munalar o‘qildi.

💃 Shuningdek, Musiqa ta’limi yo‘nalish talabalari tomonidan tayyorlangan ko‘ngilochar dasturlar, rus millatiga mansub bir-biridan ajoyib raqslar namoyish etildi.

💥 Madaniy tadbir Tillarni o‘qitish kafedrasi mudiri B.Qurbonov, katta o‘qituvchi Gizatulina Olga Ivanovna va o‘qituvchi D.Suyunova tashabbusi bilan ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
4❤‍🔥4👍4