GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#YoshlarAkademiyasi #Taqdirlash

“Yoshlar Akademiyasi”ning V Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Assambleyani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ochib berdi.

Anjumanda respublika miqyosida 107 ta oliy ta’lim muassasalarining liderlari o‘z loyihalari bilan ishtirok etib, ko‘rsatgan natijalari haqida ma’lumot berishdi.

Hududlardan eng iqtidorli, innovatsion faoliyat bilan shug‘ullangan 556 nafar yigit-qizlar “Yoshlar akademiyasi” a’zoligiga qabul qilindi. Eng faol 8 nafar “Yoshlar akademiyasi” liderlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, faoliyatini yaqinda boshlagan Yoshlar akademiyasi liderlariga ham “Yoshlar akademiyasi guvohnomasi” hamda belgisi topshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41919

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍6
#kun_hikmati

➡️“Millat taraqqiyoti uchun eng muhim omil – ilm va ma’rifatdir. Ilm yo‘q bo‘lsa, millatning kelajagi yo‘q”.


Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919)

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏2
🇺🇿 Guliston davlat pedagogika instituti talabasi Yoshlar Akademiyasi Sirdaryo viloyati hudud lideri!


❗️Institutimiz rektori J.Karshibayev doimo shunday ta’kidlaydilar: “Harakat qilgan inson albatta yaxshi natijaga erishadi.” Shunga amal qilgan holda talabalarimiz bir qancha yutuqlarga erishib kelmoqda.

☄️ Sirdaryo viloyatidagi uchta oliy ta’lim muassasasi orasidan aynan Guliston davlat pedagogika instituti talabasi Sirdaryo viloyati Yoshlar Akademiyasi hududiy lideri etib saylandi! Ushbu sharafli maqomga institutimizning 1-bosqich magistranti Doniyor Erbutayev loyiq deb topildi.

✔️ Bu yutuq – Guliston davlat pedagogika institutining ilmiy saviyasi, ta’lim sifati va talabalarining faolligi yuqori darajada ekanining isboti! Institutimiz nafaqat mustahkam bilim, balki tashabbuskorlik va yetakchilik qobiliyatlarini shakllantirishga ham katta e’tibor qaratadi. Ilm va fidoyilikni ustuvor qo‘ygan talabalarimiz bugun jamiyatning turli jabhalarida ilg‘or natijalarga erishmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉63🔥54👏51👍45🥰43🤩4033👌3
Forwarded from Edu.uz
#Eʼlon #MatbuotAnjumani

Bugun, 26-mart kuni soat 12:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati ishtirokida “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 Guliston davlat pedagogika institutida – tarbiya va ilm birga!

⭐️Har bir dars faqatgina bilim olish uchun emas, balki insoniylik, odob-axloq, vatanparvarlik kabi muhim qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish uchun ham imkoniyatdir. Shu bois institutimizda darslar boshida 10 daqiqa davomida tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazish an’anasi yo‘lga qo‘yildi.

➡️Bu qisqa, ammo mazmunli daqiqalarda talabalar bilan odob, axloq, ilmga hurmat, ustoz va ota-onaga ehtirom, vatanparvarlik kabi mavzularda suhbatlar o‘tkazilmoqda. Maqsad – nafaqat bilimli, balki yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalash, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1814🎉12🔥10👏2