Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.
Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
💠Milliy qadriyatlar — millat maʼnaviyatining koʻzgusi.
🗣Guliston davlat pedagogika institutida “Milliy qadriyatlar” haftaligi doirasida milliy liboslar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir talabalarga milliy kiyimlarimizning tarixiy ahamiyati, nafisligi va o‘ziga xosligini yana bir bor his etish imkonini berdi.
🇺🇿Milliy liboslar nafaqat tashqi ko‘rinish, balki xalqimizning boy tarixi, an’analari va madaniyatining timsoli hamdir. Talabalar tomonidan kiyilgan har bir libosda milliy ruh, ajdodlar merosi va millatga bo‘lgan faxr tuyg‘usi namoyon bo‘ldi.
♟Talabalar o‘rtasida qiziqarli va murosasiz kechgan shaxmat musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Aql va strategiya sinovidan o‘tgan ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.
✅Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:
🥇 1-o‘rin – Guliston davlat pedagogika instituti (GulDPI) 🥈 2-o‘rin – Guliston davlat universiteti (GulDU) 🥉 3-o‘rin – Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali (TKTI YF)
🏆G‘olib va sovrindorlarni samimiy tabriklaymiz! Ushbu musobaqa talabalar o‘rtasida shaxmatga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, zukkolik va tafakkur charxlanishiga xizmat qiladi.
📌Guliston davlat pedagogika instituti va maktablar hamkorligi davom etmoqda.
🗣Institut va maktablar hamkorligi doirasida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida joylashgan 55-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurildi.
✅Tashrif doirasida maktab oʻquvchilarining faoliyati, maktabning moddiy-texnik bazasi, laboratoriya xonalari va bitiruvchi oʻquvchilardagi mavjud muammolar oʻrganildi.
➡️Shuningdek, Guliston davlat pedagogika instituti tomonidan biriktirilgan oʻqituvchi SalomatXatamova 2025-2026-oʻquv yili uchun institutdagi taʼlim yoʻnalishlari va imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berdi.
🗣Joriy yilning 27-fevral kuni Guliston davlat pedagogika instituti va Guliston yoshlar texnoparki hamkorligida institutning magistratura talabalari hamda startap loyihalarga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida “Innovatsion startapni qanday boshlash mumkin?” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
✅Trening davomida talabalarga 📊Startap g‘oyasini yaratish va uni rivojlantirish; 📊Bozor tahlili va muvaffaqiyatli biznes strategiyalar; 📊Investitsiyalar jalb qilish va startapni boshqarish; 📊Amaliy tajribalar va real loyihalar ustida ish olib borish haqida maʼlumotlar berildi.
🤝Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va biznes olamida muvaffaqiyatga erishish yo‘llarini o‘rganishdi. Tadbir davomida ko‘plab yosh startapchilar o‘z g‘oyalari bilan bo‘lishib, tajribali mentorlar va investorlar bilan fikr almashdilar.
🗣2025-yil 27-fevral kuni Guliston davlat pedagogika instituti “Tabiy fanlar” fakulteti talabalari o‘rtasida “Biz yoshlar diniy ekstremizmga qarshimiz”,“Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar, kiberjinoyatchilik va ularga qarshi kurashishning usullari” mavzusida huquqiy profilaktik tadbir o‘tkazildi.
✅Tadbirda Sirdaryo viloyati diniy ishlar bo‘limi xodimi M.Yusupov, Guliston shahar IIB terrorizmga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i E.Gʻaniyev, Guliston shahar IIB 2-sonli IIB tezkor vakili M.Isroilov ishtirok etdilar.
☄️Birozdan so‘ng soat 19:00da xalqaro ilmiy onlayn vebinarda ishtirok eting!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jamoatchilik kengashi sizni “Ilmiy mukammallik uchun sun’iy intellekt: tadqiqot, yozuv va pedagogika”(Advanced AI for Academic Excellence: Research, Writing, and Pedagogy) mavzusidagi xalqaro ilmiy onlayn konferensiyaga taklif etadi.
Konferensiyada quyidagi masalalar muhokama qilinadi: ➡️Sun’iy intellektning ilmiy tadqiqot va akademik yozuvga ta’siri; ➡️AI texnologiyalaridan samarali foydalanish usullari; ➡️Pedagogik jarayonda sun’iy intellektdan foydalanish istiqbollari.
🎤Ma’ruzachilar: 🟢Dr. Dorota Sylwia Majewicz (Polsha) – Sun’iy intellekt va akademik innovatsiyalar bo‘yicha ekspert; 🟢Mohira Alibekova (O‘zbekiston) – Pedagogika va ilmiy yozuv bo‘yicha mutaxassis.
🎙Moderator: 🗣p.f.d. F.M. Rashidova – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jamoatchilik kengashi raisi
Prezidentning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining axborotiga asosan 2025-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1-mart kuni etib belgilandi.
Shuningdek, mahalliy hokimliklar tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ushbu fazilatli oyda “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” g‘oyasi asosida: 🟢ehtiyojmandlar hamda ilm-ma’rifat yo‘lida izlanayotgan yoshlarga yordam berish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga; 🟢oilaviy rishtalarni mustahkamlash, mahallalarda o‘zaro tushunish va ishonch muhitini kuchaytirish hamda hurmat va mehr-oqibat qadriyatlarini tarannum etishga; 🟢atrof-muhitni asrash, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekishga hamda Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarda me’yorga amal qilish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor beriladi.
🏆Oʻzbekiston respublikasi Sport vazirligi tomonidan 22.02.2025 dan 28.02.2025 gacha “Oʻzbekiston chempionati” oʻtkazildi.
♟ Sportning shashka turi boʻyicha erkaklar va ayollar hamda 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Oʻzbekiston chempionati”da rapid yoʻnalishida Guliston davlat pedagogika instituti talabasi Nodirqulova Malika faxrli 2-oʻrinni egalladi.
🏆Talabamizni ushbu yutugʻi bilan qutlab, kelajakdagi ishlariga rivoj tilaymiz.
🗣Joriy yilning 26-28-fevral kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrida Karate (WKF) bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tmoqda.
🟡 Guliston davlat pedagogika instituti talabalari Yakubova Farangiz va Vaisov Umid musobaqaning 1-kunida faxrli oʻrinlarni egallab, medallarni qo‘lga kiritishdi.
🏆Talabalarimizni gʻalaba bilan qutlab kelajakdagi ishlariga rivoj tilaymiz.