#xalqaro_sammit #vazir
“Tech Horizon 2025”: Taʼlim va innovatsiyalar chorrahasidagi xalqaro sammit
17-aprel kuni Toshkent shahridagi Hilton Tashkent City mehmonxonasida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslari markazi hamda “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Tech Horizon 2025: IT va innovatsiyalar sammiti” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.
Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tantanali ravishda ochib berdi. Vazirning taʼkidlashicha, bu kabi anjumanlar zamonaviy taʼlim tizimini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Anjumanda 15 nafarga yaqin xorijiy olimlar, 300 dan ziyod mahalliy professor-oʻqituvchi, doktorant, mustaqil tadqiqotchi va iqtidorli talabalar faol ishtirok etdi. Shuningdek, yetakchi IT kompaniyalar va ish beruvchi tashkilotlar vakillari ham sammit doirasida oʻtkazilgan baxs-munozaralarda qatnashdilar.