Zuhriddin FOZILOV | Education
143 subscribers
2.01K photos
542 videos
161 files
1.77K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
#ruhiyat

ILTIJO

Allohim, kechirgil ojiz qulingni,
Yo‘qotib qo‘ydim-ku bergan duringni...

Qanchalik qadriga yetsam ham, ammo,
Omonating asray olmadim aslo...

Hurlarim yo‘qoldi, Nurim yo‘qoldi,
Farishtam ketdi-yu, surati qoldi...

Suratga termurib har kuni jonsiz,
Yig‘layman sog‘inib, ko‘z yoshim qonsiz...

Qonlari tugadi jigarimning ham,
Bechora qalbimni qopladi alam...

Osmonlarda edim, quladim jarga,
Dardimni so‘ylarman ko‘r, soqov, karga...

Ko‘r ko‘rmas ko‘zimdan oqqan qonlarni,
Soqov so‘zlay olmas yongan jonlarni...

Karga farqi yo‘qdir qancha gapirsang,
Aslida, barcha ham ko‘r, soqov, garang...

Dardingni anglamas eng oqillar ham,
Har kimning o‘ziga yetarli bor g‘am...

Birovning qadrini birov bilmaydi,
Sening musiybating ko‘zga ilmaydi...

Allohim, O‘zingdan o‘zga najot yo‘q ,
Hatto, hamdardlikka yarovchi zot yo‘q...

Faqat O‘zing borsan butun olamda...
Tashlab qo‘ymaguvchi g‘aribni g‘amda...

Panohim O‘zingsan, Mehribonim ham,
Sirdoshim, rafiqim har ikki olam...

Aybim yashiruvchi, mudom qo‘llovchi,
Faqat to‘g‘ri yo‘lga meni yo‘llovchi...

Yo‘qotganim menga ber O‘zing topib,
Gunohim kechirib, aybimni yopib...

Hamma kechsa hamki, Sen kechma mendan,
Hech kimdan najot yo‘q, umidim Sendan...

Shahobiddin Odil