Zuhriddin FOZILOV | Education
146 subscribers
2K photos
541 videos
158 files
1.77K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
Forwarded from Digital.uz
🏢🌐 Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi binosi ochilishi va Aloqachilar kuni bilan Vazirlik hamda soha xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi. Shuningdek, mazkur tadbirda Vazirlikning hududiy boshqarmalari, viloyatdagi tizim tashkilot va korxona vakillari ham qatnashdi.

“Uzoq yillik tarixga ega sohamizning Yangi O‘zbekiston davrida yangi nafasi ochildi. Ko‘z tegmasin, sohamiz birinchi chorak yakunlari bo’yicha boshqa sohalarga qaraganda yuqori o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi, IT exporti bo‘yicha ham bir chorakda 2021-yil davomidagidan ko‘ra ko‘proq natijaga erishish imkoni bo‘ldi. Bu esa barcha sohamiz jamoasining mehnatlari natijasidir”, – dedi vazir Sh. Shermatov.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1566/

#mitc
#muhimsana

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube