Zuhriddin FOZILOV | Education
144 subscribers
2.01K photos
542 videos
161 files
1.77K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
Forwarded from Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal (Sardor Asatov)
📌 JIZZAXDA “INFOTEACH–2025” FORUMI BO‘LIB O‘TDI!

📅 2025-yil 17-iyun kuni Jizzax viloyatida informatika fani o‘qituvchilari uchun “InfoTeach–2025” Respublika forumi tashkil etildi.

🔷 Mazkur tadbir Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va hududiy hokimliklar hamkorligida, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida o‘tkazildi.

🎯 Forumning asosiy maqsadi – informatika o‘qituvchilarining sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va xalqaro tajriba bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kasbiy mahoratini mustahkamlashdan iborat.

👥 Forumda 800 nafar informatika fani o‘qituvchisi ishtirok etdi. Tadbir bir kun davomida boy o‘quv dasturi asosida o‘tkazildi.

📚 Mashg‘ulot mavzulari:
▫️ Sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
▫️ O‘qituvchilarda kasbiy motivatsiyani oshirish
▫️ Raqamli ta’lim sohasidagi yangi loyihalar
▫️ O‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash (IOI, APIO, Al-Xorazmiy)
▫️ Robocontest va boshqa platformalardan foydalanish
▫️ Shaxsiy brend va ta’sirchan CV yaratish bo‘yicha maslahatlar

🎤 Tadbirda tajribali spikerlar – soha ekspertlari, amaliyotchilar va xalqaro tajribaga ega mutaxassislar chiqish qildilar.

🎓 Forum yakunida eng faol ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi, ishtirokchilar uchun madaniy dastur ham tashkil etildi.

🔗 Yurtimiz informatika o‘qituvchilarini zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish yo‘lidagi bu kabi tashabbuslar sohaga yangi sur’at baxsh etmoqda!

#InfoTeach2025 #RaqamliO‘zbekiston #Jizzax #SuniyIntellekt #Informatika #Ta’limTexnologiyalari #RaqamliTa’lim