Zuhriddin FOZILOV | Education
144 subscribers
2.01K photos
542 videos
161 files
1.77K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
#Tanlov #Xalqaro

Ijodiy tanlov, ishtirok etish bepul

Iqlim o'zgarishi hozirgi zamonning eng katta muammolaridan biridir. Ushbu tanlov yosh rassomlar, mutafakkir va faollar uchun insoniyat va tabiat kelajagi haqida qayg'uradigan taklifdir. Musobaqa ishtirokchilari o'zlarining ijodlaridan foydalanib, iqlim o'zgarishi va okeanimiz bilan bog'liq mavzularni o'rganish, ifoda etish va targ'ib qilish imkoniyatiga ega.

Qabul qilish muddati: 2020 yil 15 iyun

Quyidagi ish turlari qabul qilinadi: tasviriy san'at, she'riyat, nasr, video, musiqa. Raqobat 2020: Iqlimiy umid: O'zgaruvchan inqiroz

👉Batafsil: https://telegra.ph/Ijodiy-tanlov-ishtirok-etish-bepul-05-07

📌🌿 @Tanlov_loyiha 🔥⚡️
Telegram|Facebook|Instagram
#Xalqaro_sertifikat

Sigma Muhandislik Instituti
tomonidan tashkil etilgan “Python dasturlash bo'yicha milliy darajadagi viktorina” onlayn testida qatnashib muvaffaqiyatli yakunladik.

🌐 www.fozilovblog.uz

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
#xalqaro_sammit #vazir

“Tech Horizon 2025”: Taʼlim va innovatsiyalar chorrahasidagi
xalqaro sammit

17-aprel kuni Toshkent shahridagi Hilton Tashkent City mehmonxonasida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslari markazi hamda “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Tech Horizon 2025: IT va innovatsiyalar sammiti” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tantanali ravishda ochib berdi. Vazirning taʼkidlashicha, bu kabi anjumanlar zamonaviy taʼlim tizimini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Anjumanda 15 nafarga yaqin xorijiy olimlar, 300 dan ziyod mahalliy professor-oʻqituvchi, doktorant, mustaqil tadqiqotchi va iqtidorli talabalar faol ishtirok etdi. Shuningdek, yetakchi IT kompaniyalar va ish beruvchi tashkilotlar vakillari ham sammit doirasida oʻtkazilgan baxs-munozaralarda qatnashdilar.