"BILLI" bolalar akademiyasi🏢
422 subscribers
4K photos
2.41K videos
72 files
447 links
"BILLI" bolalar akademiyasining rasmiy telegram kanali.

- Maktab
- Bogʻcha
- Oʻquv markaz

Murojaat uchun:
☎️ +998939109988
@billiuz
Download Telegram
#FAKT

Yaponiyada, bolakaylarga nisbatan hech qachon yomon so'zi ishlatilmaydi. Masalan, maktabning velosipedlar turar joyida shunday yozib qo'yilgan:
"Yaxshi bolalar velosipedni bunday qo'yishadi" va
"Yaxshi bolalar velosipedni bunday qo'ymaydilar"

Ulardan o'rnak olaylik, nafaqat farzandlarimiz, hatto ko'chadagi bolalarga nisbatan ham yomon so'zini ishlatmaylik.

@billi_uz
"BILLI" bolalar akademiyasi🏢
Photo
#FAKT

Yaponiyada, bolakaylarga nisbatan hech qachon yomon so'zi ishlatilmaydi. Masalan, maktabning velosipedlar turar joyida shunday yozib qo'yilgan:
"Yaxshi bolalar velosipedni bunday qo'yishadi" va
"Yaxshi bolalar velosipedni bunday qo'ymaydilar"

Ulardan o'rnak olaylik, nafaqat farzandlarimiz, hatto ko'chadagi bolalarga nisbatan ham yomon so'zini ishlatmaylik.
@billi_uz
​​#fakt
O'g'il bolalar bizni eshitishmaydi. Tom ma’noda o‘g‘il bolalarning eshitish qobiliyati qizlarnikidek o‘tkir emas. Shuning uchun, o‘g‘lingiz iltimosingizni ataylab eshitmaslikka olayotgandek bo‘lib tuyulsa, xafa bo‘lishga shoshilmang, iltimosingizni yana bir marta balandroq ovozda qaytaring.
@billi_uz
#fakt
Kubik-rubikning ko'zi ojiz insonlar uchun ham foydalanadigan turi mavjud.
@billi_uz
#fakt
18- noyabr sanasida Rossiya davlatida Qorboboning tug'ilgan kunini nishonlar ekanlar.
@billi_uz
#fakt
​​Liam Hoekstra (superkuch)

Liam Hoekstra 2005 yilda tavallud topgan va hozirda Michigan shtatida o’zini asrab olgan ota-onasi Dana va Hoestralar bilan birgalikda yashamoqda. Liamning noodatiy kuchi haqida besh oyligida to’satdan u  vertical tayanish harakatini bajarayotganida ma’lum bo’ldi. Bu mashqni to’g’ri bajarish uchun gimnastikachi ikkala qo’llarini yon tomonga cho’zib turib, qo’llari bilan xalqalarga tayangan holda o’z tanasini bir necha soniya ushlab turishi kerak bo’ladi. Bunday mashq gravitatsiya qonunlariga mutlaqo to’g’ri kelmaydi.

Liam esa bunday murakkab va bajarilishining imkoni bo’lmagan harakatni bemalol qiynalmasdan bajardi. Uning ota-onasi bunday harakatlarini ko’rib, Liamni gimnastika to’garagiga yozdirdilar. Boshqa bolalar asosiy mashqlarni bajarishga qiynalayotgan bir paytda Liam ularni hech qiynalmasdan bajarar edi.

Tibbiyot testlari hamda tekshiruvlardan keyin Liamda kamyob uchraydigan ”mushak gipertrofiyasi” nomli irsiy kasallik borligi ma’lum bo’ldi. Bu kamdan-kam uchraydigan xastalik bo’lib, bunda mushak to’qimalari shunchalik tez o’sganlaridan yog’ yig’ilishiga ham ulgurmaydi. Bunda skelet hamda mushak massasi yurakka zarar bermagan holda va nojo’ya ta’sirlarsiz o’sib boradi.

Liam kun bo’yi divanda o’tirib, muzqaymoq va chipslarni paqqos tushirishi va shunda ham boshqa o’zi tengi bolalardan ahvolining yaxshiligi bilan ajrlib turishi mumkin. Uning kuchi va o’sish tezligi tengqurlari orasida ajralib turadi va kuch bilan bog’liq bo’lgan har qanday harakatni qiynalmasadan bemalol bajara oladi. Hozirda o’z tengqurlari orasida dunyodagi eng kuchli odamlardan biri hisoblanadi. 
@billi_uz
#fakt
​​❗️Bilasizmi,…
✔️ 1. Vikipediyaning bir yillik daromadi Facebookning bir kunlik daromadi bilan teng.
✔️ 2. Oʻzbekiston davlat avtomobil raqamlari baʼzan avtomobildan qimmat boʻlishi mumkin.
✔️ 3. Zimbabve — dunyoning eng qashshoq mamlakatidir.
✔️ 4. Koreya Respublikasida marhum oʻzbek diniy arbobi ismi bilan atalgan masjid bor.
✔️ 5. Hijriy yil hisobini Umar ibn Xattob joriy etgan.
✔️ 6. William Pitt 24 yoshida Birlashgan Qirollik Bosh vaziri lavozimini egallagan.
✔️ 7. Toshkentdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi (tasvirda) ichki bezaklariga 20 kilogrammdan ortiq oltin sarflangan.
✔️ 8. Rassom Eldor Zokirov chizgan rasmlar internet memiga aylangan.
✔️ 9. Qurʼon kitobi mingdan ortiq tillarga tarjima qilingan.
✔️ 10. Baʼzi mamlakatlarda Vikipediyaga mobil qurilma orqali bepul kirish mumkin.
✔️ 11. Zilzilalarni bashorat qilish metodi haligacha yoʻq.
✔️ 12. Yopiq idishda saqlanadigan asal yuzlab yil aynimay turadi.
✔️ 13. Chupa Chups ramzini Salvador Dalí ijod etgan.
✔️ 14 Aybsizlik prezumpsiyasiga binoan kishi oʻzining aybsizligini isbotlashi shart emas.
✔️ 15 Axborotni yashirishga urinish uning keng tarqalib ketishiga olib kelishi mumkin.

@billi_uz
#FAKT

Psixologlarning o'tkazgan tadqiqotlarida o'tkazgan so'rovnomalariga ko'ra oilalarning buzilib ketishiga o'zaro qiziqishlar, suhbat uchun mavzular, orzu istaklar bo'lmasligi sabab bo'lar ekan👇🏼
@billi_uz
#fakt
🧠 Miya butun tanamizdagi eng yog'li a'zo bo'lib, uning deyarli 60%i yog'lardan iborat.
@billi_uz