"BILLI" bolalar akademiyasi🏢
380 subscribers
4.09K photos
2.49K videos
72 files
524 links
"BILLI" bolalar akademiyasining rasmiy telegram kanali.

- Maktab
- Bogʻcha
- Oʻquv markaz

Murojaat uchun:
☎️ +998939109988
@billiuz
Download Telegram
#Qaltis tajriba

Buni albatta o'qishingiz kerak!

Amerikalik psixolog Uintrop Kellog 1931-yilda ayoli bilan birgalikda g'aroyib va qaltis bo'lgan tajribaga qo'l uradilar. Ular o'z tajribalarida 10 oylik chaqaloqlari Donald bilan birga,
7 oylik Gua ismli Shimpanzeni bir xil qarov, bir xil tarbiya asosida parvarish qilish orqali Shimpanzeni odamga aylantirish mumkin ekanligini isbotlashga urunadilar. Ular Guani uylariga olib kelib uni o'g'li Donalddek kiyintiradilar, unga Donaldga bergani kabi bolalar mebellarini beradilar va o'g'liga qanday munosbat qilsalar Guaga ham huddi shunday munosabatda bo'ladilar. Ular tajriba mobaynda bola va shimpanzening tana o'sishini, ularni reflekslarini, hatti-harakatlarini, xotirasini, diqqatini, qo'ruqvlarini va xulq-atvor normalarini o'rganib boradilar. 1931-yil 28-mart sanasida Donald bir yarim yoshga to'lganida Kelloglar tajribani to'satdan to'xtatadilar va ushbu tajriba muvaffaqiyatsiz yakunlanganini tan oladilar.

Tajriba natijasi shuni ko'rsatayotgan ediki: Shimpanzening odamga aylanishidan ko'ra, odamning shimpanzega aylanishi ehtimoli ko'proq edi. Tajriba davomida Donald Guaga taqlid qila boshladi, uning xatti-harakati va imo-ishoralarini nusxalashi uning ota-onasini jiddiy tashvishga soldi va ular darhol tajribani to'xtatdilar. Keginchalik ma'lum bo'lishicha Donald 42 yoshida o'z joniga qasd qilish orqali hayotdan ko'z yumadi.

Xulosa: Farzandlaringizni ijtimoiy muhiti, do'stlari, xatti xarakatlari, o'ynayotgan o'yinlari, suhbatlashayotgan insonlari, ko'rayotgan va eshitayotgan manbalariga jiddiy e'tiborda bo'ling! Zero bolalar ijtimoiy muhitdan ko'rgan va eshitganlariga taqlid qilib ulg'ayadilar.

Psixolog Abror Isroilov

Telegram | Instagram | Facebook
1👍1