Forwarded from Ҳуқуқингизни билинг/Huquqingizni biling
Endi Yoshlar ishlari agentligi hududiy bo‘limlariga ham yuridik xizmat koʻrsatiladi
Yuridik xizmat oluvchi davlat tashkilotlari safi yana bittaga ortdi. Gap shundaki, joriy yilning 2-dekabr kuni Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Farmon bilan oʻttizga yaqin Prezident farmon va qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilgan, shuningdek toʻrtta farmon va qarorlarning ayrim bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilgan.
Ushbu hujjatning 1-ilovasi 26 hamda 30 bandlariga muvofiq Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalari va davlat tashkilotlarining roʻyxati kengaydi. Endilikda Markazlar tomonidan Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimlariga ham xizmat koʻrsatiladi.
Batafsil:
https://bit.ly/3WlFpXD
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga👇
@adliyaxabarlari