Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
15.9K subscribers
38.8K photos
4.36K videos
9 files
10.4K links
Бошқа саҳифалар:

Facebook: fb.com/andpress
Telegram: t.me/andpress
YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCU1FXhhr-kNZuqF5NldJnMw
Instagram: instagram.com/andpressa
Web-site: www.andijan.uz

Murojaat uchun: @muslim_ibrohimov
Download Telegram
Forwarded from ANDIJAN_TOURISM_OFFICIAL
#jonli     #ekoturizm
#xonobod

Ekoturizm: Andijonda I Xalqaro ekoforum o‘tkazilmoqda

      Avval xabar qilganimizdek, bugun viloyatimizning Xonobod shahrida “Hanabad wellness-resort” I Xalqaro ekoturizm forumi start oldi.
       Tadbir avvalida, viloyat hokimi o‘rinbosari A.Maksumov tadbirning maqsad va vazifalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, "Mingtepa madaniy meros" Jamoat fondi, Rossiya Federatsiyasi hamda Qirg‘iziston Respublikasi delegatsiyalari vakillari, ilmiy tadqiqot markazi va boshqa mutasaddi tashkilot xodimlari so‘z olib, forum doirasida o‘zining taklif va mulohazalarini aytib o‘tdilar.

Andijon viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi axborot xizmati

https://t.me/Andijon_Turizm_official
Forwarded from ANDIJAN_TOURISM_OFFICIAL
#jonli     #ekoturizm
#xonobod

Ekoturizm: Andijonda I Xalqaro ekoforum o‘tkazilmoqda

         Forum jahon tajribasi asosida oʻtkazilib, unda:
* soha mutasaddilarining ekoturizmni rivojlantirish boʻyicha tayyorlangan taqdimotlari;
*Xonobod shahrining ekologik jihatdan toza tabiati va havosi haqida forum ishtirokchilariga jonli tarzda maʼlumotlar; 
* atmosfera, suv, tuproq naʼmunalarini olish va tahlil qilish mobil laboratoriyasi natijalari amaliy koʻrgazmasi;
*viloyatimizda chiqindilardan qayta ishlash texnologiyasi asosida tayyorlangan mahsulotlar namoyishi;
* shuningdek, Andijonda yetishtirilgan mevalardan tayyorlangan tabiiy toza sharbatlar va asal mahsulotlari, dorivor giyohlardan tayyorlangan mahsulotlardan “Tabobat koʻrgazmasi” namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
       Forum davom etmoqda.

https://t.me/Andijon_Turizm_official