Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
28.5K subscribers
44.9K photos
5.35K videos
9 files
11.9K links
Download Telegram
Вилоятдан бириктирилган ишчи гуруҳ ва Марҳамат туманидаги сектор раҳбарлари тумандаги дорихоналарда бўлиб, у ерда «Док-1 Макс» дори воситасини сотувдан чеклаш бўйича тушунтириш ишлари олиб борилмоқда.

Шунингдек, ишчи гуруҳ томонидан «Деҳқон (озиқ-овқат) бозори» МЧЖда «Даладан дастурхонгача» тамойили доирасида ташкил этилган арзонлаштирилган нархлардаги ярмарка ва у ердаги нарх-наво ҳамда сотувчи ва харидорларга яратилган шарт-шароитлар ўрганилди.

Ишчи гуруҳнинг навбатдаги манзили «Ҳудудгаз Андижон» газ таъминоти филиали «Марҳаматтумангаз» газ таъминоти бўлими бўлди.

Мутасадди раҳбарлар томонидан «Марҳаматтумангаз» газ таъминоти бўлими раҳбарига тумандаги табиий газга уланган кўп қаватли хонадонларга бир маромда газ етказиб берилиши ҳамда суюлтирилган газдан фойдаланувчи аҳолини ўз вақтида газ баллонлари билан таъминлаш бўйича тегишли кўрсатма ва топшириқлар берилди.

Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#LIVE

🌨OB-HAVONING NOQULAY SHAROITIGA QARAMAY YO'LSOZLAR TOMONIDAN HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLAMOQDA...

❄️Yangi yilning ilk kunlaridanoq yurtimizni oppoq qor qoplamoqda. Qor yog'ayotganligi sababli viloyatimiz hududidagi davlat va mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo'llarida qishki qarov ishlari keng ko'lamda amalga oshirilishi boshlandi. Ma'lumki, har qanday katta yoki kichik noqulayliklar tun yarmida ko'zga tashlanadi. Kuni kecha tuni bilan davom etgan noqulay ob-havo va to'xtovsiz yoqqan qor avtomobil yo'llaridagi  qatnovni tubdan og'irlashishiga sabab bo'lishi mumkinligi esa ayni haqiqat.

🛣Ayni damda viloyatimizning har bir hududida qor yog'ayotganligi sabab avtomobil yo'llaridagi transport vositalarining to'xtovsiz harakatlanishini ta'minlash maqsadida Bo'ston tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi yo'lsozlari tomonidan Bo'ston tumani hududidan o'tuvchi xalqaro ahamiyatga ega A373 " M39 Guliston-Bo'ka-Angren-Qo'qon va Andijon orqali O'sh" avtomobil yo'lida qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilib, muzlash holatlariga qarshi tezkor choralar ko'rilmoqda.

Jarayonlar batafsil fotolavhalarimizda....

https://t.me/and_avtoyolpressa