Zarif dev👨‍💻
36 subscribers
81 photos
64 videos
140 files
104 links
IT yangiliklari va IT darslari va foydali ma'lumotlar Hamkor kanal @kitobmanba
@zarifmirzo
Download Telegram
O‘zbekistonda sifatli IT-ta’lim olish imkoniyatlari ko‘payayotgani va buni bepul o‘rganish mumkinligi haqida xabarlar ko‘p uchramoqda.

🟡Bugun bir yangilik o‘qidim, unga ko‘ra Yandex Uzbekistan ketma-ket ikkinchi yil Toshkentdagi Dasturlash maktabiga qabul e’lon qildi va bu safar unga ikkita yangi shahar – Samarqand va Urganch ham qo‘shilgan.

🟡Maktabga 14-17 yoshli oʻquvchilar jalb qilinadi. Darslarda yuqori sinf oʻquvchilari 🔜Python dasturlash tilida ishlashning asoslari bilan tanishib, tilning asosiy tushunchalari, konstruksiyalari va kutubxonalarini oʻrganadilar.

🟡Dasturlash maktabiga kirish ikki bosqichdan iborat – test va suhbat. Avvalo, https://codingschool.yandex.uz/ru havolasi orqali ishtirok etish uchun ariza toʻldirish kerak.

🟡Javobda test uchun havola keladi. Agar talabgor testdan muvaffaqiyatli oʻtsa, u suhbatga chaqiriladi.

🟡Maktabga roʻyxatdan oʻtish va testdan oʻtish 6-oktyabrgacha amalga oshiriladi.

Dasturlash maktabi bitiruvchilari oʻzlari uchun dasturlash va ommabop IT kasblari bilan tanishuvni onlayn shaklda Yandeks Litsey ixtisoslashuv kurslariga yozilib davom ettirishlari mumkin.

🟡Bitiruvchilarga uch oylik kurslar – Django asosidagi veb-ishlanmalar, maʼlumotlarni tahlil qilish, mashinali oʻrganish, katta maʼlumotlar va Go dasturlash kurslari bepul taklif qilinadi.
Worda
kirill➡️lotin
lotin➡️kirill
ga almashtiruvchi mikro dastur
file👆
@zarifdev
Sizni Kompyuter Savodxonligi kursiga o'qishga taklif qilamiz!!!

Ishtixon Intellekt academyga sizlarni o'qishga taklif etamiz.

🧑‍💻Raqamli texnologiyalar kurslari:
🔸Kompyuter savodxonligi,
🔸Web-sayt yaratish

📚Fanlar
🔹Ona tili
🔹Matematika
🔹Fizika
🔹Ingliz tili
🔹Rus tili

📞+998943562761
☎️+998997101114
📍Manzil: Samarqand viloyati, Ishtixon tumani,
Ishtixon markazi kattaqo‘rg‘on bekati


Manba: @intellektacademy
@zarifdev
Kompyuter va kompyiterning asosiy qurilmalari haqida post

Kirib o'qib ilmingizni oshirishingiz mumkin.
@zarifdev
Germaniyada kompaniyalar tajriba o‘tkazib, ularning 73 foizi 4 kunlik ish haftasini saqlab qolishga qaror qildi.

Qiziq tomoni, ular ish vaqtini 10-15 foizga qisqartirganiga qaramay, daromadlari va foydalari o‘zgarmagan , aksincha, ba’zilarida o‘sish ham kuzatilgan.

@botirziyatov
YouTube 2023.pdf
2.6 MB
Youtube qancha to'laydi?
Bu faylda Youtube kompaniyasi qaysi davlatga qancha pul to'lashini keltirib o'tilgan kirib tanishib chiqishingiz mumkin.
@zarifdev
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da AI kuni esingizdami?

📆 26-oktabr, shanba kuni Toshkent shahri, Muminov ko'chasi 4A, (eski Mohirdev ofisi) "UzGeeks October2024 AI Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣ "Data Preparation" - Aziz Abdumalikov
2️⃣ "Biznesda Sun'iy Intellekt" - Muhammadali Salohiddinov
3️⃣ "Tavsiya qilish tizimlari ijtimoiy tarmoqlarda qanday ishlaydi?" - Mohinur Abdurahimova
4️⃣ "Thinking Machines: Understanding the Rise of AI" - Zarifjon Naxalov
5️⃣ "AI plus You" - Adham Zohirov

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(eski Mohirdev ofisi)

Hamkorlar:
- O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
- Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
- Thinkland - Mohirdev - UIC Group

Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
2 ой ишсиз юрдим

Ич-ичимдан ўйлардим. Мен ҳеч қачон ишсиз қолмайман.

Мабодо ишсиз қолсам ҳам:

а) Инглиз тили билан «любой» жойга кириб кетаман;
б) Диплом балим 96%. Давлат ишхоналари шундоқ ишга олади;
с) Иш тажрибага эгаман, умуман муаммо бўлмайди;
д) Рус тилини мулоқот даражасида биламан, талаб юқори;
э) Блогим бор. 1000 тача одам ўқийди;
ф) Амакимга алоқага чиқаман, мактабга жойлаб қўяди;
ҳ) Ўлдим деганда, устозларимга ёзаман — иш топиб беради.

Хуллас, ҳамма сабаблар бор. Ҳеч ким мени тўхтатиб қололмайди!

Ичимда ўйлаган кун келди. Бирдан ишсиз қолдим:

а) Инглиз тили мактаблари тўлган;
б) Диплом баҳойим билан итам қизиқмади;
с) Қаерларда ишлагансан дейдиган одам йўқ;
д) Рус тилини идеал билиш керак дейишди;
э) Блогимда ёздим. Ёрдам бўлмади;
ф) Амаким ишга жойлай олмади;
ҳ) Устозлар дуо қиламиз деёлди холос..

2 ой қийналдим. Қарзга ботдим. Эркак киши ишсиз қолиши азоб экан..

Охири тушундим — обрўли жойда ўқишим, яхши жойларда ишлашим, хуллас барчаси — тиришқоқлигимдан эмас, балки Аллоҳнинг раҳматидан экан.

Биз унутувчимиз. Сабаблар билан ўралашиб қоламизда, барча нарсанинг ортида Аллоҳ турганини эсдан чиқарамиз. Ўзим эришяпман деган ҳиссиёт ўтади.

а, б, с, д... алфавит тўла сабаб бўлмайдими — Аллоҳ изн бермаса бир тийн экан.

Сиз ишонаётган — амаки, тоға, амма. хола, оппоқ дода ёрдам беришга қодир эмас. Ишонаверинг.

Охири синиқлик билан таҳажжудда дуо қилдим.

Бирдан йўлим очилди. Бир нечта жой ишга чақиришни бошлади. Ҳаммаси жойига тушди.

Хулоса, дунёнинг илми сизда бўлса ҳам, 20 йиллик мутахассис бўлсангиз ҳам, 88 та тил билсангиз ҳам — Аллоҳ изн бермаса бир тийн.

Ва уларга: «Сизлар Аллоҳни қўйиб ибодат қилиб ўтган бутларингиз қани?!

Улар сизларга ёрдам бера олурми ёки ўзлари ёрдам ола билурми?!», дейилди.

Шуъаро (92,93)


@Ustoz_kundaligi
✈️ Surish kerak

Husan aka Mamasaidovning #Gashtak'ga bergan suhbatlarida Ketish kerak degan edilar.

Endi esa Akmal Paiziyev ham Kaliforniaga Ko`chib ketganini aytib qoldi.

"Surish kerak", - degani, Grinkarta o`ynab, USga qochish haqida emas.

Aql bilan ketib, ilm olib, O`zbekistonga qaytish kerakligi haqida tushuntirib berishgan.
* Nima uchun aynan bunday qilish kerak?
* O`sha yerda mazza qilib yashasa yaxshi emasmi?
* O`zbekistonga qaytsa yana eski holatga tushib qolmaydimi?

Shu mavzular haqida chiroyli izohlar berishibdi.

O`qib ko`ring, balki sizning ham ilm olishga bo`lgan qiziqishingiz o`zgaradi va ketishingiz albatta O`zbekistonga foydali bo`ladi.

18.11.2024 London
@DrAlgorithm
Forwarded from MohirDev.uz
Dasturlashda 27 yillik tajribaga ega ekspert bilan jonli efir!

😀 O‘zbekistondagi ilk dasturlash mutaxassislaridan biri savollaringizga javob beradi! Ustoz Qudrat Abdurahimov GITA dasturlash akademiyasiga asos solgan.

Savol-javobda AyTiga oid muhim masalalarda maslahat oling. Jumladan:

— Hozir AyTida qanday ko‘nikmalar talab qilinadi?
— Oʻrganishni aynan qayerdan boshlash kerak?
— Qanday qilib muvaffaqiyatli karyera qurish mumkin?

🎥 Instagram Live
🗓 Juma
19:15

Savollaringizni izohlarda qoldiring!

@mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sotiladi
Universal stoyka Doska uchun
Deli doska Markerli
Lenovo noutbook B570
Pereplyot mashinasi Deli 3873
Qog'oz kesich aparati
Deli Stepler aparati

Murojat uchun:

+998943562761
Forwarded from Dr. Algorithm
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.

🤲 Shukrullo Turgunov (@vodiylik).

Oʻzbek IT olamida koʻp foydalari tekkan inson.

Duo qilib qoʻysangiz.
Forwarded from ShukurDev (ѕнυĸυralι)
𝑄𝑢𝑦𝑖𝑑𝑎𝑔𝑖 𝑝𝑜𝑠𝑡𝑛𝑖 𝑦𝑎𝑥𝑠ℎ𝑖𝑙𝑎𝑏 𝑜'𝑞𝑖𝑛𝑔. 𝐴𝑔𝑎𝑟 𝑓𝑜𝑦𝑑𝑎𝑙𝑖 𝑏𝑜'𝑙𝑠𝑎, 𝑢𝑛𝑖 𝑘𝑜'𝑝𝑙𝑎𝑏 𝑜𝑡𝑎-𝑜𝑛𝑎𝑙𝑎𝑟𝑔𝑎 𝑦𝑒𝑡𝑖𝑏 𝑏𝑜𝑟𝑖𝑠ℎ𝑖 𝑢𝑐ℎ𝑢𝑛 𝑜'𝑧 ℎ𝑖𝑠𝑠𝑎𝑛𝑔𝑖𝑧𝑛𝑖 𝑞𝑜'𝑠ℎ𝑖𝑛𝑔. 𝑈𝑚𝑖𝑑 𝑞𝑖𝑙𝑎𝑚𝑖𝑧𝑘𝑖, 𝑢𝑙𝑎𝑟 𝑓𝑎𝑟𝑧𝑎𝑛𝑑𝑙𝑎𝑟𝑖 𝑘𝑒𝑙𝑎𝑗𝑎𝑔𝑖 𝑢𝑐ℎ𝑢𝑛 𝑏𝑒𝑓𝑎𝑟𝑞 𝑒𝑚𝑎𝑠𝑙𝑎𝑟!

𝐃𝐞𝐞𝐩𝐒𝐞𝐞𝐤 𝐡𝐚𝐪𝐢𝐝𝐚...

Xitoyning DeepSeek nomli sun'iy intellekt modeli butun dunyoda, ayniqsa AQSH bozorida katta shov-shuvga sabab bo'ldi.

Mazkur modelning ishga tushirilishi AQSHdagi yirik kompaniyalar aksiyalariga taxminan 1 trillion dollar zarar yetkazdi.

Qizig'i shundaki, bu modelni ishlab chiqish uchun bor-yo'g'i 5,6 million dollar sarflashgan xolos.

Taqqoslash uchun, avvalroq AQSHning OpenAI kompaniyasi o'zining GPT-4 modelini tayyorlash uchun 100 million dollardan ko‘proq mablag‘ sarflagan edi.

Xo‘sh, xitoyliklar kam mablag‘ bilan qanday qilib shunday yuqori sifatga erishdi?

𝐃𝐞𝐞𝐩𝐒𝐞𝐞𝐤’𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐦𝐮𝐯𝐚𝐟𝐟𝐚𝐪𝐢𝐲𝐚𝐭 𝐬𝐢𝐫𝐢

DeepSeek jamoasi yangi xodimlarni yollashda ularning ko'p yillik tajribasiga emas, balki texnik bilimlari kuchli, qiziquvchan va top universitetlardan chiqqan yosh iste'dodlarga ustuvorlik bergan (havola: https://lnkd.in/dDFcVkib).

Jamoa a'zolari orasida xalqaro informatika olimpiadasi oltin medali sohiblari 4 nafardan ortiq, shuningdek, boshqa ko‘plab milliy darajadagi olimpiada sovrindorlari bor (havola: https://lnkd.in/dPSXc5An).

Xitoy esa ko‘p yillardan beri xalqaro informatika, matematika va boshqa fan olimpiadalarida yetakchilik qilib kelmoqda.

𝐍𝐢𝐦𝐚 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐛𝐮 𝐦𝐮𝐡𝐢𝐦?

Bunday olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan yoshlar juda kuchli algoritmik fikrlash, muammolarni hal qilish va ijodkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Aynan mana shu ko‘nikmalar DeepSeek kabi yuqori unumdor modelni ishlab chiqishda muhim rol o‘ynagan.

Xullas, Xitoyning ta'lim tizimidagi muvaffaqiyatli yondashuvlarini o'rganib, ularni O'zbekistonda ham qo'llash va xalqaro fan olimpiadalariga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirish vaqti keldi.

𝐅𝐚𝐫𝐳𝐚𝐧𝐝𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐤𝐞𝐥𝐚𝐣𝐚𝐠𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐛𝐞𝐟𝐚𝐫𝐪 𝐛𝐨'𝐥𝐦𝐚𝐧𝐠

Agar sizning 7-15 yosh oralig‘idagi farzandingiz, ukangiz yoki singlingiz informatika, matematika, fizika, kimyo yoki biologiya fanlariga qiziqsa, ularni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash ayni muddao.

Shunday imkoniyatlar qilib berish orqali siz ularning kelajagiga mustahkam poydevor qo'ygan bo'lasiz. Xalqaro olimpiadalarda sovrindor bo'lgan yoshlarni Cambridge, Oxford, MIT, Harvard kabi nufuzli universitetlar talashib grant asosida qabul qilishadi. Google, Meta, Amazon, Microsoft kabi yetakchi kompaniyalar esa ishga olish uchun navbatga turishadi.

𝐊𝐞𝐥𝐢𝐧𝐠, 𝐲𝐨𝐬𝐡 𝐚𝐯𝐥𝐨𝐝𝐠𝐚 𝐢𝐦𝐤𝐨𝐧𝐢𝐲𝐚𝐭 𝐛𝐞𝐫𝐚𝐲𝐥𝐢𝐤 𝐯𝐚 𝐮𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐦𝐮𝐯𝐚𝐟𝐟𝐚𝐪𝐢𝐲𝐚𝐭𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐡𝐚𝐫𝐚𝐤𝐚𝐭 𝐪𝐢𝐥𝐚𝐲𝐥𝐢𝐤! 🚀
Link
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Bugungi Prezidentimiz bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan qisqacha taasurotlar!

Bu xabarni har bir yosh eshitishi kerak! Marrani baland olib, oldinga harakatlanishdan to'xtamang aziz yoshlar 🇺🇿
Ramazon muborak ahli muslim va muslimalarga