UzReport.news
30.1K subscribers
83.4K photos
8.12K videos
5 files
79.7K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Hindistonda Boeing halokati yuzasidan dastlabki hisobot eʼlon qilindi — Reuters

Joriy yil 12-iyun kuni Hindistonning Ahmadobod shahridan Londonga uchgan Air India aviakompaniyasiga qarashli Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti parvozdan taxminan 30 soniya o‘tib qulab tushgan edi. Aviahalokat oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 241 kishi halok bo‘lgan, u qulagan joyda ham o‘nlab insonlar vafot etgandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/hindistonda-boeing-halokati-yuzasidan-dastlabki-hisobot-e-lon-qilindi-reuters

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onada Qirg‘iz Respublikasidan olib kelingan 14700 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😱1🎉1
Tramp maʼmuriyati Rossiya bilan tinchlik bitimi imzolanishi chog‘ida Ukrainani o‘z hududlarining bir qismini berishga majbur qilishi mumkin — The Daily Telegraph

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Oq uy Tramp Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qiladigan bo‘lsa, Ukraina ehtimol o‘z hududlarining bir qismini Rossiyaga berishga rozi bo‘lishiga to‘g‘ri kelishini bildirgan. Bu Rossiya armiyasining Lugansk, Donesk, Xerson va Zaporoje viloyatlaridagi muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-ma-muriyati-rossiya-bilan-tinchlik-bitimi-imzolanishi-chog-ida-ukrainani-o-z-hududla

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
6😁4👍1
Narkologik kasallikka yo‘liqqan mahkumlarga mehnat terapiyasi qo‘llanishi mumkin

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/narkologik-kasallikka-yo-liqqan-mahkumlarga-mehnat-terapiyasi-qo-llanishi-mumkin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Tramp Ukrainaga Patriot havo hujumidan mudofaa raketa tizimlarini yetkazib berishini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari Kiyevga berilishini ma’lum qildi, biroq ularning soniga aniqlik kiritmadi. Donald Tramp tizimlar keyinchalik Ukrainaga yetkazib berish uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan sotib olinishini taʼkidladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-ukrainaga-patriot-havo-hujumidan-mudofaa-raketa-tizimlarini-yetkazib-berishini-ma-lu

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍2👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yunusoboddagi ishlab chiqarish sexida yong'in sodir bo'ldi

6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 07:44 da voqea joyiga yetib borib, yong’in soat 08:14 da qurshab olindi. Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/yunusoboddagi-ishlab-chiqarish-sexida-yongin-sodir-boldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😱2👎1
London Sautend aeroporti samolyot halokatidan keyin yopildi

Sautend aeroportida kichik samolyot halokatga uchragach, barcha reyslar bekor qilingan. Voqea joyida politsiya, qutqaruvchilar va aviahalokat tergovchilari ishlamoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/london-sautend-aeroporti-samolyot-halokatidan-keyin-yopildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
Soliqqa oid nizolar bo'yicha ekspert kengashi tashkil etiladi

Qarorni qabul qilishdan ko'zlangan maqsad etib tadbirkorlar va soliq organlari o'rtasidagi nizolarni hal qilish uchun sarflanadigan vaqt va xarajatlarni kamaytirish belgilandi.

Qarorga ko'ra, Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari bo'yicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar bo'yicha ekspert kengashi tashkil etiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/soliqqa-oid-nizolar-boyicha-ekspert-kengashi-tashkil-etiladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😁21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlarni zaharlayotgan dorifurush qo‘lga olindi

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona idoralari hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/yoshlarni-zaharlayotgan-dorifurush-qo-lga-olindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍31
Fransiya mudofaa byudjetini jadal sur'atda oshiradi

2027-yilda Parij mudofaa uchun 64 milliard yevro sarflaydi. Bu Fransiya qurolli kuchlarining 2017-yildagi byudjetidan ikki baravar ko‘p, dedi mamlakat prezidenti Emmanuel Makron.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/fransiya-mudofaa-byudjetini-jadal-suratda-oshiradi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2😱1
Transport vaziri: 2030-yilgacha O‘zbekistonda asfalt qilinmagan ichki yo‘l qolmaydi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha mahallalardagi barcha asfaltlanmagan ichki yo‘llar tartibga keltiriladi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Maxkamov maʼlum qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/transport-vaziri-2030-yilgacha-o-zbekistonda-asfalt-qilinmagan-ichki-yo-l-qolmaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😁27
“Surxon” davlat qo‘riqxonasida Qizil kitobga kiritilgan 2 bosh morxo‘r ovlangani aniqlandi

Qo‘riqxonaning "Xatak" bo‘limi,"Oltikunlik" massivida o‘tkazilgan reyd chog‘ida, noqonuniy ovchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Natijada O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ikki bosh burama shoxli echki (morxo‘r) noqonuniy ravishda ovlanganligi ma’lum bo’ldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/surxon-davlat-qo-riqxonasida-qizil-kitobga-kiritilgan-2-bosh-morxo-r-ovlangani-aniqlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😱2🤩1
Ukraina tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari: Istanbul formati “oʻzini tugatdi”

“Istanbulda hech qanday muzokaralar boʻlmagan”, — dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Kislitsa. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu format Rossiya delegatsiyasining vakolati yo‘qligi sababli o‘zini-o‘zi tugatgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ukraina-tashqi-ishlar-vaziri-o-rinbosari-istanbul-formati-o-zini-tugatdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yarim yilda O'zbekistonda 23 mingdan ziyod o'tkir-yuqumli ichak kasalliklari ro'yxatga olindi

2025-yilning 6 oyi davomida O'zbekistonda qariyb 23 ming 600 holatda o'tkir-yuqumli ichak kasalliklari ro'yxatga olingan. Eng yuqori ko'rsatkichlar Toshkent shahri, Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida qayd etilgan.

Bu haqda UzReport TV da jonli efirga uzatilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova ma'lum qildi.

YouTube'da videoni ko'rish: https://www.youtube.com/live/5E79VExHq-E?si=CWBINTZHSpB1GThw

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
🔥1
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4,5 milliondan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli 4 million 522,1 ming dona avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekistonda-jismoniy-shaxslarga-tegishli-avtomobillar-soni-4-5-milliondan-oshdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
🔥1😱1
Suriyada druzlar va sunniylar o'rtasidagi janglarda 37 kishi halok bo'ldi

Badaviy qabilalari va jangarilar o‘rtasida to‘qnashuvlar asosan druzlar istiqomat qiladigan Suvayda shahrida bo‘lib o‘tdi. Janglar natijasida Damashq-Suvayda avtomobil yo‘li to‘sib qo‘yilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/suriyada-druzlar-va-sunniylar-ortasidagi-janglarda-37-kishi-halok-boldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1🔥1🎉1
Liftlarni texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi belgilandi

Nizomga ko'ra, bino va inshootlarda o'rnatilgan, doimiy ravishda foydalanishda bo'lgan liftlar 12 oydan oshmagan holda kamida 1 marta tartibda majburiy davriy texnik ko'rikdan o'tkaziladi.

Foydalanishga topshirilgan va yangi o'rnatilgan har qanday lift maxsus elektron axborot tizimida ro'yxatga olinishidan avval dastlabki texnik ko'rikdan o'tkazilishi shart.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/liftlarni-texnik-korikdan-otkazish-tartibi-belgilandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
Dubayda bo‘lib o‘tgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida O‘zbekiston jamoasi 4 ta medalni qo'lga kiritdi

Dubayda bo‘lib o‘tgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida O‘zbekiston jamoa hisobidagi ko‘rsatkichi bilan yurtimiz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/dubayda-bo-lib-o-tgan-57-xalqaro-kimyo-olimpiadasida-o-zbekiston-jamoasi-4-ta-medalni-qolg

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍41
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon imzolandi. Ushbu Farmonga muvofiq, Prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Natijada Administratsiya va uning tarkibidagi tashkilotlarda 284 ta shtat qisqartirildi, takrorlanuvchi lavozimlar optimallashtirildi.

Farmonga asosan, endilikda Prezident Administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi. Bular — taʼlim, biznes, sud-huquq tizimi, tibbiyot va suv resurslari masalalaridir. Ushbu yo‘nalishlarda islohotlarni samarali amalga oshirish maqsadida Prezident Administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi.

Bundan tashqari, Prezidentning strategik rivojlanish, tashqi siyosat bo‘yicha yangi maslahatchi lavozimlari kiritilib, moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sunʼiy intellekt, kreativ iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi, tadbirlarni tashkillashtirish, yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash bo‘yicha, shuningdek, kommunikatsiya departamentlari tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍752😁1
UzReport.news
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon imzolandi. Ushbu Farmonga muvofiq, Prezident Administratsiyasining yangi…
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda

Endilikda har qanday normativ-huquqiy hujjat va loyiha Prezident Administratsiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar tadqiqotlari, olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlarning tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi.

Muhim yo‘nalishlar loyiha ofislari orqali amalga oshiriladi. Administratsiya faoliyatida "komplayens" tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa shaffoflikni ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash va korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Ayrim yo‘nalishlarda Prezident vakillari lavozimlari joriy etildi. Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda.

Davlat idoralarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligi oshirilmoqda. Matbuot kotiblari instituti yanada mustahkamlanadi, aholi bilan kommunikatsiya qilish va ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍411😁1