UzReport.news
30.1K subscribers
83.4K photos
8.13K videos
5 files
79.7K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
UzReport.news
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda Endilikda har qanday normativ-huquqiy hujjat va loyiha Prezident Administratsiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy…
Farmon bilan vazirlik va idoralarning qaror qabul qilishdagi mustaqilligi oshiriladi. Bu bilan bog‘liq byurokratik jarayonlar qisqaradi, ular proaktiv faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar kengaytiriladi.

Hukumat qarorlari, idoraviy hujjatlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlari bilan tartibga solinadigan masalalar ro‘yxati belgilanadi.

Endilikda idoralar o‘zlariga tegishli sohani mustaqil tartibga solish vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qila oladi.

Idoraviy hujjatlarni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qayta ishlash (tahrirlash) imkoniyati yaratiladi. Idoraviy hujjatlarni xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonida ularga huquqiy normalarni kiritishga ruxsat etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍41👎1
Tramp sentyabr oyida Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi uchun keladi

AQSh prezidenti ikkinchi davlat tashrifi uchun Buyuk Britaniyaga uchadi. Britaniyaliklar birinchi marta Amerika prezidentini ikkinchi marta davlat tashrifiga taklif qilishmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-sentyabr-oyida-buyuk-britaniyaga-davlat-tashrifi-uchun-keladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
1
UzReport.news
Farmon bilan vazirlik va idoralarning qaror qabul qilishdagi mustaqilligi oshiriladi. Bu bilan bog‘liq byurokratik jarayonlar qisqaradi, ular proaktiv faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar kengaytiriladi. Hukumat qarorlari, idoraviy hujjatlar va mahalliy…
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, takrorlanuvchi nazorat funksiyalarini bekor qilish, qaror qabul qilishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan samaradorligi oshiriladi.

Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida mahalliy hokimliklarning iqtisodiy, ma’muriy va moliyaviy vakolatlari yanada kengaytiriladi.

Farmon talablarini inobatga olgan holda Hukumat ijro apparati va ijro etuvchi organlarning shtat-tuzilmalari ham qayta ko‘rib chiqiladi va maqbullashtiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍16😁1
Toshkentda mashinasining old kapotini “akvarium”ga aylantirgan fuqaro jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro mashinasining old kapotiga himoya plyonkasini yopishtirgani hamda uning ichiga suv to’ldirib, baliqlarni solgani aks etgan video tarqaldi, bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida katta e'tiroz keltirib chiqardi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-mashinasining-old-kapotini-akvariumga-aylantirgan-fuqaro-jarimaga-tortildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2👎1
Trampning elchisi Kellog bir haftalik tashrif bilan Kiyevga keldi

Ukraina prezidenti devoni rahbari Yermakning aytishicha, Kellog mudofaa masalalari, Rossiyaga qarshi sanksiyalar va boshqa mavzularni muhokama qiladi. Tramp Rossiyadan hafsalasi pir boʻlganini aytdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/trampning-elchisi-kellog-bir-haftalik-tashrif-bilan-kiyevga-keldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😱1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:

Xilola Uktamovna Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi;

Tamila Anvarovna Aliyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Timur Nuryigitovich Butunbayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Nodira Jalalovna Xakimova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Sherzod Farxod o‘g‘li Ozodzoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi;

Dilnoza Muradovna Ziyamuxamedova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍183👎1😁1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:

Abdulaziz Hafizovich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi;

G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi;

Ravshan Ayubovich Gulyamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Sardor Uktamovich Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Mansurbek Polvonzoda Olloyorov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya bo‘yicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimidan ozod etildi;

Ruslanbek Kuroltayevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
10👍9🔥8👎1😁1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:

Alisher Baxadirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Doniyor Baxtiyorovich Kadirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Gayane Olegovna Umerova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Sherzod Ikromovich Asadov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamentining rahbari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi lavozimidan ozod etildi;

Nodirjon Abduqunduzovich Abduraximov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot taʼminoti departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi;

Bobur Botirovich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sunʼiy intellekt bo‘yicha departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Zilemxan Haydarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi;

Ella Anatolyevna Djaxangirova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tadbirlarni tashkillashtirish departamentining rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti protokolining rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍42👎2😁1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:

Erkin Turaqulovich Yuldashev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;

Azizbek Allabergenovich Urunov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi;

Aziz Yuldashevich Magrupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Alisher Saidabbasovich Sultanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Odil Qalandarovich Abduraxmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍413👎1🔥1😁1
Prezident Administratsiyasining quyidagi rahbar xodimlarining lavozimlari o‘zgarishsiz qoldirildi:

Xayriddin Madriddinovich Sultonov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Spichrayteri;

Shuxrat Madaminovich G‘aniyev
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;

Tursinxan Aydarovich Xudaybergenov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;

Viktor Vladimirovich Maxmudov
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi;

Alisherbek Azizovich Paygamov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti rahbari;

Ulugbek Uchkunovich Kurbanov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Protokoli rahbari.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍41👎1😁1
Zelenskiy va Kellog Yevropaning Ukraina Qurolli kuchlari uchun qurol sotib olishini muhokama qildi

Vladimir Zelenskiy va AQSh prezidentining maxsus vakili Keyt Kellog Kiyevda uchrashib, Yevropaning Ukraina uchun qurol sotib olishini muhokama qildi. Muzokaralar yakuniga yetganidan ko‘p o‘tmay, poytaxtda havo hujumi haqida signal berildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-va-kellog-yevropaning-ukraina-qurolli-kuchlari-uchun-qurol-sotib-olishini-muhoka

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Wizz Air loukosteri O‘zbekistondan Abu-Dabiga parvozlarni to‘xtatadi

Wizz Air aviakompaniyasi Yaqin Sharqdagi operatsion muammolar va geosiyosiy o‘zgarishlar tufayli joriy yil sentabr oyidan boshlab Abu-Dabi (BAA) shahridan barcha reyslar to‘xtatilishini ma’lum qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/wizz-air-loukosteri-o-zbekistondan-abu-dabiga-parvozlarni-to-xtatadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😁1
Tramp Putinga Ukraina boʻyicha kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat berdi

Donald Tramp Rossiyadan Ukrainada 50 kun ichida tinchlik bitimi tuzishni talab qildi. Aks holda, respublikachilar Rossiyaning savdo sheriklariga nisbatan ikkilamchi tariflarni 100% darajasida tahdid qildilar.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-putinga-ukraina-bo-yicha-kelishuvga-erishish-uchun-50-kun-muhlat-berdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
😁6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi piyodaga yo‘l bermagan haydovchilar jarimaga tortiladi

Toshkentdagi 10 ta piyodalar o‘tish joyida sun’iy intellekt asosida ishlovchi kameralar faoliyat boshladi. Bu orqali endilikda piyodaga yo‘l bermagan haydovchilar avtomatik ravishda aniqlanadi va jarimaga tortiladi. Kameralar ishga tushganidan buyon 3 kun ichida 1700 ta qoidabuzarlik aniqlangan.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍5👎51😁1
Putin maslahatchisi: AQSh bilan muloqot davom etadi

Moskva va Vashington o'rtasidagi "konstruktiv muloqot" "buzg'unchi bosim tili"dan ko'ra ko'proq foyda keltiradi, dedi Rossiya to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jamg'armasi rahbari Dmitriyev. U AQShning sobiq prezidenti Baydenni ham tanqid qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/putin-maslahatchisi-aqsh-bilan-muloqot-davom-etadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

O‘zbekistonning olis va chekka hududlardagi mahallalarda xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha taʼlim xizmatlarini yo‘lga qo‘yadigan yoshlarga foizsiz qarz ajratiladi. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tastiqlangan nizomda belgilangan. Unga ko‘ra, bunday taʼlim xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etadigan yoshlarga BHMning 320 barobarigacha, yaʼni 131 mln 840 ming so‘mgacha miqdorida foizsiz qarz ajratiladi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website