UzReport.news
30.1K subscribers
83.4K photos
8.13K videos
5 files
79.7K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Axios: Isroil Eronga ehtimoliy yangi hujumga tayyorlanmoqda

Isroil Eron yadroviy dasturini qayta tiklashga urinsa, unga qarshi yangi zarbalar berishga tayyorlanmoqda. Netanyaxu atrofidagilar Tramp bunday hujumni “muayyan sharoitlarda” qo‘llab-quvvatlashi mumkinligiga ishonmoqda, deb yozadi Axios.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/axios-isroil-eronga-ehtimoliy-yangi-hujumga-tayyorlanmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎8
20 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi Muhammadali O‘rinboyev Yevropa klubida to‘p suradi

Muhammadali O‘rinboyev Belgiyaning «Royyal Antverpen» klubi futbolchisiga aylandi. «Buyuk qariyalar» «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/20-yoshli-o-zbekistonlik-futbolchi-muhammadali-o-rinboyev-yevropa-klubida-to-p-suradi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍72
O‘zbekistonning tashqi qarzi $4,3 mlrdga o‘sib, $68,4 mlrdga yetdi

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning tashqi qarzi $4 mlrddan oshdi. Bu haqda Markaziy bankning mamlakat to‘lov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei va tashqi qarziga bag‘ishlangan sharhida keltirilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/o-zbekistonning-tashqi-qarzi-4-3-mlrdga-o-sib-68-4-mlrdga-yetdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎17
Netanyaxu Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taklif qildi

Isroil bosh vaziri Oq uyda kechki ziyofat chog‘ida “AQSh prezidenti bir mamlakatda, bir mintaqada birin-ketin tinchlik o‘rnatmoqda”, dedi. Donald Tramp G‘azoda tezda o‘t ochishni to‘xtatishni istashini ochiq aytdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/netanyaxu-tramp-nomzodini-tinchlik-bo-yicha-nobel-mukofotiga-taklif-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎23😁11😱1
Chet elda 3 oydan ko‘p bo‘lganlar OIVga majburiy tekshiriladi

Uzluksiz to‘qson kun va undan ortiq muddat davomida chet elda bo‘lib qaytgan o‘n sakkiz yoshdan oltmish yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikamizga kirib kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Tegishli qonun deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👍1😁1
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

«O‘zgidromet» 9–11 iyul kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonning-5-ta-viloyatida-sel-xavfi-e-lon-qilindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
“Green University”da Iqlim rezidensiyasining ochilishi va birinchi magistrlar bitiruv marosimi nishonlandi

“Green University” va Kolumbiya universitetining Barqaror rivojlanish markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum ham imzolandi. Ushbu hujjat iqlim siyosati, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohalarida yaqin akademik va tadqiqot hamkorligiga zamin yaratadi. Bu hamkorlik O‘zbekistonda "Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili" doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, mintaqadagi ilmiy va ta’lim salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/green-universityda-iqlim-rezidensiyasining-ochilishi-va-birinchi-magistrlar-bitiruv-marosi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👎1
AQSh “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhini terrorchilar sifatida qarashni to‘xtatdi

Donald Tramp ma’muriyati “Hayat Tahrir ash-Sham” guruhini xorijiy terrorchilik tashkiloti ro‘yxatidan olib tashladi. Bu qaror Vashington Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-hayat-tahrir-ash-shom-guruhini-terrorchilar-sifatida-qarashni-to-xtatdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7
O‘zbekistonning Serbiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

O'zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Shaxavdinov Serbiya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik protokol rahbari Branko Radovanovichga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekistonning-serbiyadagi-birinchi-elchisi-tayinlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholash tizimi tubdan isloh qilinadi

Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholashda raqamli QR kodli yorliqlash, shuningdek, urug‘liklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar reyestrini yuritishga asoslangan yangi tizim joriy etiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qishloq-xo-jaligi-ekinlari-urug-liklarining-sifatini-baholash-tizimi-tubdan-isloh-qilinadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 100 dan oshdi

Birgina Kerr okrugida suv toshqini qurbonlari soni 84 kishiga yetdi, ulardan 28 nafari bolalar, dedi sherif idorasi. Yana 17 kishi qo‘shni tumanlarda halok bo‘ldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/texasdagi-suv-toshqini-qurbonlari-soni-100-dan-oshdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Issiqxona gazlarining chiqarilishi cheklanadi

O'zbekiston hududida amalga oshiriladigan “yashil” loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari davlat tomonidan to'liq tasarruf etiladi. "Yashil" loyihalar to'g'risidagi ma'lumotlar uglerod birliklari reyestriga kiritiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/issiqxona-gazlarining-chiqarilishi-cheklanadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍1
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Oliy darajada, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-va-rossiya-yetakchilari-savdo-iqtisodiy-hamkorlikni-yanada-kengaytirish-masala

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍52👎32
Yevropa Ittifoqi Ukraina byudjetiga 19 milliard yevro ajratmoqchi

Yevropa Ittifoqida Rossiya va Ukraina oʻrtasida tezda oʻt ochishni toʻxtatishga boʻlgan umidlar zaiflashgani sababli ular Kiyevga 2026 yilgi byudjetdagi kamomadini qoplashda yordam berish imkoniyatini qidirmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-ukraina-byudjetiga-19-milliard-yevro-ajratmoqchi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍21
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi

O‘zbekistonda 11 iyuldan boshlab ingliz tili darajasi bo‘yicha xalqaro sertifikat – IELTS uchun qog‘ozda imtihon topshirish amaliyoti to‘xtatilmoqda.

Qayd etish kerakki, mazkur o‘zgarish O‘zbekistonda bungacha qog‘ozda topshirilgan IELTS javoblari internetga sizdirilishi fonida yuz bermoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/11-iyuldan-ielts-imtihonini-qog-ozda-topshirish-bekor-qilinadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎32
Andijonda fuqaro tomonidan pichoqlanib vafot etgan profilaktika inspektori “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi mutasaddilar o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtda halok bo‘lgan, Xo‘jaobod tumani “Yuksalish” mahallasi hudud profilaktika inspektori katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev oilasi bilan uchrashdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/andijonda-fuqaro-tomonidan-pichoqlanib-vafot-etgan-profilaktika-inspektori-jasorat-medali-

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Reuters: Xitoy Yevropa Ittifoqi missiyasi chog‘ida Germaniya harbiy samolyotini nishonga oldi

Germaniya Tashqi ishlar vazirligining maʼlum qilishicha, Xitoy harbiylari Qizil dengizda Yevropa Ittifoqining Aspides nomli operatsiyasida ishtirok etayotgan Germaniya samolyotini lazer bilan nishonga olgan. Mazkur operatsiyaning maqsadi fuqarolik kemalarini Yaman husiylarining hujumlaridan himoya qilish hisoblanadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/reuters-xitoy-yevropa-ittifoqi-missiyasi-chog-ida-germaniya-harbiysamolyotini-nishonga-old

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍31👎1
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda $1,11 mlrdga kamaydi

1-iyul holatiga ko‘ra, regulyator zaxiralaridagi aktivlarning umumiy qiymati $48,55 mlrdni tashkil etdi. Bu o‘tgan oyga nisbatan $1,11 mlrdga yoki 2,24% ga kamdir.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/o-zbekistonning-oltin-valyuta-zaxiralari-bir-oyda-1-11-mlrdga-kamaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4👎3
BMT Bosh Assambleyasi "Tolibon" siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani maʼqulladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi ko‘pchilik ovoz bilan Afg‘onistondagi vaziyatga oid rezolyutsiyani ma’qulladi, unda bu davlatni boshqarayotgan radikal "Tolibon" harakati keskin tanqid qilingan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bmt-bosh-assambleyasi-tolibon-siyosatini-keskin-qoralovchi-rezolyutsiyani-ma-qulladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎51
Vaqtinchalik ro‘yxatda turgan fuqarolarning farzandlarini maktabga qabul qilishda cheklovlar mavjud emas – MMTV

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (MMTV) ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida vaqtinchalik ro‘yxatda turganlarning farzandlari maktabga qabul qilinmayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/vaqtinchalik-ro-yxatda-turgan-fuqarolarning-farzandlarini-maktabga-qabul-qilishda-cheklovl

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube