UzReport.news
30.1K subscribers
83.4K photos
8.13K videos
5 files
79.7K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Kirish imtihonlari 14-iyuldan boshlanadi

2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/kirish-imtihonlari-14-iyuldan-boshlanadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍21👎1
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi

Bu ma'lumotni Uzreport.news manbasiga O'zbekiston TIV matbuot kotibi Axror Burxonov tasdiqladi.

"O‘zbekiston mazkur platforma doirasida amaliy sheriklik va ochiq muloqotni qo‘llab-quvvatlaydi, umumiy taraqqiyot, barqarorlik va manfaatli integratsiyaga hissa qo‘shishga tayyor. BRIKS bilan hamkorlik O‘zbekiston tashqi siyosatining pragmatik va muvozanatli yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda", deya bu siyosiy jarayonni izohladi TIV vakili.


Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-briksning-hamkor-davlatiga-aylandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3👍3👎1
Putin Roman Starovoytni Rossiya Transport vazirligi rahbari lavozimidan ozod qildi

Rossiya prezidenti Andrey Nikitinni transport vazirligi rahbari vazifasini bajaruvchi lavozimga taklif qildi. U uchuvchisiz fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish va sohani raqamlashtirish ustida ishlashni davom ettirishini maʼlum qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/putin-roman-starovoytni-rossiya-transport-vazirligi-rahbari-lavozimidan-ozod-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Namangan viloyatidagi natijalar va yangi loyihalar haqida axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi, hududlardagi ishlarning borishi va loyihalar ijrosi yuzasidan hisobot bilan tanishdi.

Bugungi kunda viloyatda 55 ming ishsiz aholi, 44 ming kambag‘al oila bor. Ularni kasbga yo‘naltirib, ish topishiga ko‘maklashish, o‘z uyida daromad manbai yaratish vazifasi qo‘yildi. Ijtimoiy muhitni mustahkamlash, mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/namangan-viloyatidagi-natijalar-va-yangi-loyihalar-haqida-axborot-berildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍381👎1
O'zgidromet: O‘tgan iyun oyini ekstremal quruq oy deb tavsiflash mumkin

O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlari bo‘yicha 2025 yil iyun oyi barcha kuzatuv yillari uchun eng issiq iyun oylari beshligiga kirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/ozgidromet-o-tgan-iyun-oyini-ekstremal-quruq-oy-deb-tavsiflash-mumkin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi, hududlardagi ishlarning borishi va aholini qiynayotgan masalalar hal etilishi yuzasidan hisobot bilan tanishdi.

O‘tgan yil 31-dekabrda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilinib, zarur masalalar hal etib berilgan edi. Xususan, unda 2025-yilda 2 milliard dollar investitsiya jalb etish, eksportni 285 million dollarga yetkazish, 168 ming odamni ishli qilish chora-tadbirlari belgilangandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍6561😁1
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi

Taʼkidlanishicha, 2025-yil yarim yillik hisobotiga ko‘ra, tilanchilikni o‘ziga kasb qilib olgan 1880 nafar shaxs aniqlangan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-tilanchilik-bilan-shug-ullangan-70-kishiga-ma-muriy-qamoq-jazosi-tayinlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍10
O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 6,7-6,8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida iqtisodiyot va tarmoqlarida erishilgan va kutilayotgan natijalardan yalpi ichki mahsulot hajmi 6,7-6,8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/ozbekistonda-yalpi-ichki-mahsulot-hajmi-6-7-6-8-foiz-atrofida-shakllanishi-kutilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Bloomberg: Zelenskiy Tramp bilan AQShdagi elchini almashtirish masalasini muhokama qildi

Oksana Markarovaning o'rniga Ukrainaning Vashingtondagi elchisi bo'lishga nomzodlar orasida Shmigal, Umerov, Stefanishina va Galushchenko bor, deb yozadi Bloomberg.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bloomberg-zelenskiy-tramp-bilan-aqshdagi-elchini-almashtirish-masalasini-muhokama-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👎1😁1
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi belgilandi

Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikka jalb etish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tanlab olish tartibini belgilaydi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/chaqiriluvchilarni-tanlab-olish-tartibi-belgilandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston-Qatar strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali amayliy hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍954😁1
Gretsiya 14 yil ichida ilk bor suriyaliklarga boshpana berishni rad etdi

Gretsiya hukumati 2011-yildan beri birinchi marta suriyalik qochoqlarga boshpana berishni rad eta boshladi. Qayd etilishicha, Boshpana taqdim etish xizmatiga yangi direktiva yo‘llangan bo‘lib, unda Gretsiya Suriyaga ixtiyoriy qaytish jarayonini qayta tiklashi haqida so‘z boradi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/gretsiya-14-yil-ichida-ilk-bor-suriyaliklarga-boshpana-berishni-rad-etdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👎1
Saida Mirziyoyeva Zayed xalqaro mukofotining hakamlar hay'ati a'zosi bo‘ldi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Al-Azhar bosh imomi Ahmad al-Toyib tomonidan ushbu xalqaro mukofotning 2026-yilgi sovrindorlarini aniqlab beradigan 6 nafar hakamlar hay'ati a'zosidan biri sifatida ko’rsatildi.

Saida Mirziyoyeva Markaziy Osiyodan Zayed mukofoti hakamlar hay'ati a'zosiga aylangan ilk vakil hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, ushbu mukofot 2019-yilda BAAning sobiq prezidenti marhum Shayx Zayd bin Sulton al-Nahayon sharafiga ta'sis etilgan.

Hozirga qadar butun dunyo bo‘ylab iqlim o‘zgarishi, kambag‘allikka qarshi kurash, jamiyat rivojlanishi va sog‘liqni saqlash kabi turli insonparvarlik tashabbuslari bo‘yicha 15 mamlakatdan 16 nafar sovrindor e'tirof etilgan. Mukofot jamg‘armasi – 1 mln dollar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍10087👎4😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar bilan ushlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hokimining o‘rinbosari Taxiatosh tumanida faoliyat olib borayotgan qizilmiya ildizlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan MCHJ rahbariga qizilmiya ildizini yetishtirishi uchun Beruniy tumani hududidan 150 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 12 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/beruniy-tumani-hokimi-o-rinbosari-12-ming-dollar-bilan-ushlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍4👎21
Tramp Ukrainaga mudofaa uchun qo‘shimcha qurollar yuborishga va’da berdi

Ukraina Rossiyaning kuchli hujumlaridan o'zini himoya qila olishi kerak, dedi Tramp. OAV xabarlariga ko‘ra, Amerika harbiy yordamining “muzlatilgan” qismini Ukrainaga yetkazib berish oliy darajadagi uchrashuvlardan so‘ng tiklanishi mumkin.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-ukrainaga-mudofaa-uchun-qo-shimcha-qurollar-yuborishga-va-da-berdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayol tadbirkorlarning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida kompleks o‘quv dasturi ishlab chiqildi

BMT Taraqqiyot dasturi va “Hamroh” kompaniyasi Akseleratsiya dasturini ishga tushirmoqda. Ushbu loyiha imtiyozli kreditlar olgan va o‘z biznesini kengaytirmoqchi bo‘lgan ayol tadbirkorlar imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Dastur Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Turkiyada otishmada o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi

Turkiyada 35 yoshli o‘zbekistonlik ayol otishma oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarosi Aydin viloyatida joylashgan restoranda ofitsiant sifatida faoliyat yuritib kelgan. Yuz bergan otishmada u bosh qismidan og‘ir jarohat olib, voqea joyida vafot etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/turkiyada-otishmada-o-zbekistonlik-ayol-halok-bo-ldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2😱1
Tramp Yevropa Ittifoqi tovarlariga bojlarni oshirishni yana kechiktirdi

YeI va AQSh oʻrtasida savdo kelishuviga erishishning yangi muddati 1-avgust. Tramp Yaponiya, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika va boshqa bir qator davlatlar uchun tariflarni oshirish haqidagi maktublarini chop etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-yevropa-ittifoqi-tovarlariga-bojlarni-oshirishni-yana-kechiktirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekiston turizmini arab davlatlarida targ’ib qilish Ummondan boshlandi

O‘zbekiston va G‘arbiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida madaniy va turizm sohasidagi hamkorlikning yangi sahifasi ochilmoqda. Bir qator ajoyib arab davlatlarida Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan yirik roud-shou bo‘lib o‘tmoqda. Birinchi manzil - Ummon sultonligining poytaxti - Masqat shahri.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
O‘zbekistonliklar uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizalarini olish soddalashtirilishi mumkin

Tashqi ishlar vazirligida VFS Global'ning mintaqaviy direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi. O‘zbekistonda konsulxona ochmagan mamlakatlarga viza rasmiylashtirish uchun Qozog‘istonga chiqib kelish zaruratini kamaytirish, buning uchun biometrik ma’lumotlarni O‘zbekistonning o‘zida topshirish, suhbatni esa onlayn o‘tkazish taklif qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonliklar-uchun-kanada-argentina-va-avstraliya-vizalarini-olish-soddalashtirilishi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4👍4