UzReport.news
30.1K subscribers
83.5K photos
8.13K videos
6 files
79.7K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Markaziy bank banklarning avtokreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha stavkalarini ochiqladi - infografika

2-iyuldan boshlab, aholiga kredit turlari boʻyicha banklarning oʻrtacha foiz stavkalari muntazam eʼlon qilib boriladi. Bu haqda Markaziy bank ma'lum qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/markaziy-bank-banklarning-avtokreditlar-va-mikroqarzlar-bo-yicha-o-rtacha-stavkalarini-och

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
OPEK+ mamlakatlari neft qazib olishni yana ko‘paytiradi

Avgust oyidan boshlab OPEK+ mamlakatlari neft qazib olishni kuniga 548 ming barrelga oshiradi. Tahlilchilar hajmning kamroq sezilarli o'sishini bashorat qilishgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/opek-mamlakatlari-neft-qazib-olishni-yana-ko-paytiradi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2025–2026-o‘quv yili
da oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4
Navbahor Hamidova Jahon kubogida chempion boʻlgan birinchi ayol bokschimiz boʻldi

Astana shahrida boks boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi oʻz yakuniga yetib bormoqda. Quvonarlisi, unda yurtdoshimiz Navbahor Hamidova gʻalaba qozonib, mazkur toifadagi musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritgan birinchi oʻzbekistonlik bokschi qizga aylanmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/sports/navbahor-hamidova-jahon-kubogida-chempion-bo-lgan-birinchi-ayol-bokschimiz-bo-ldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥153👍2
Tramp Maskning partiya haqidagi yangi g‘oyasini “bema’ni” deb atadi

AQSh prezidentining aytishicha, Tesla rahbari o'z partiyasini yaratmoqchi bo'lsa, "aqlini butunlay yo'qotgan". Qo'shma Shtatlardagi bunday loyihalar faqat tartibsizlikni keltirib chiqardi, dedi Donald Tramp.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-maskning-partiya-haqidagi-yangi-g-oyasini-bema-ni-deb-atadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston ayollar milliy jamoasi 23 yillik tanaffusdan so‘ng Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Saralashda Nepal bilan barcha ko‘rsatkichlar teng bo‘lib qolgani sabab yo‘llanma egasi penaltilar seriyasida aniqlandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/o-zbekiston-ayollar-milliy-jamoasi-23-yillik-tanaffusdan-so-ng-osiyo-kubogi-yo-llanmasini-

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍5
Isroil hujumlarga javoban Yamandagi husiy nishonlariga zarba berdi

Yamanning Xodeyda, Ras Iso va As-Salif portlari, shuningdek, Ras Qanatib elektr stansiyasiga zarbalar husiylarning Isroil hududiga bir necha bor raketa hujumlariga javoban amalga oshirilgan, deya xabar beradi ID.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/isroil-hujumlarga-javoban-yamandagi-husiy-nishonlariga-zarba-berdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎51
Toshkent shahrida odamlardan intervyu olish bahonasida pul yig‘ib kelgan shaxslar ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxslar fuqarolardan intervyu olish bahonasida suhbatlashib, ulardan firibgarlik yo‘li bilan pul yig‘ayotgani aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-shahrida-odamlardan-intervyu-olish-bahonasida-pul-yig-ib-kelgan-shaxslar-ushlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
BRIKS davlatlari Trampning tariflarini tanqid qilmoqda

BRIKS sammiti ishtirokchilari “global savdo va iqtisodiy rivojlanishga tahdid soluvchi” “bir tomonlama tarif choralari” yuzasidan “jiddiy xavotir” bildirdilar. Hujjatda Qo'shma Shtatlar to'g'ridan-to'g'ri tilga olinmagan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/briks-davlatlari-trampning-tariflarini-tanqid-qilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Bolalar ombudsmani: 2025-yilning olti oy ichida bolalarga nisbatan 60 ta zo‘ravonlik holati aniqlandi

Qayd etilishicha, bolalarga nisbatan sodir etilgan 60 ta zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 16 ta jinoyat ishi hamda 22 ta maʼmuriy ish qo‘zg‘atilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/bolalar-ombudsmani-2025-yilning-olti-oy-ichida-bolalarga-nisbatan-60-ta-zo-ravonlik-holati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Rossiya aeroportlarida 400 ga yaqin reys bekor qilindi

Moskva, Sankt-Peterburg va Nijniy Novgorod aeroportlarida xavfsizlik maqsadida cheklovlar joriy etildi, deb xabar berdi Rosaviatsiya. Mamlakat hududi uzra 50 ga yaqin dron urib tushirildi, deya xabar beradi Rossiya harbiylari.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/rossiya-aeroportlarida-400-ga-yaqin-reys-bekor-qilindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
6👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat teatrlarida ekspert guruhlari tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat teatrlarida ekspertlar guruhi tashkil etiladi. Ular sahna asarlarining badiiy saviyasi, sahnaviy talqini yuzasidan taklif, tavsiyalar va xulosalar berishadi. Shuningdek spektakllarda zo‘ravonlik yoki shafqatsizlikni hamda jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qiluvchi sahna ko‘rinishlarini namoyish etishni va ularni reklama qilishni oldini olishga eʼtibor qaratadi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1😁1
Jazirama kunlari “Tez yordam”ga qancha bemor murojaat qildi?

O‘tgan haftada, yaʼni anomal issiq kuzatilgan davrda respublika bo‘yicha tez tibbiy yordam xizmatiga jami 247 ming 459 ta chaqiriq kelib tushdi. Ularning 172 ming 676 tasini shoshilinch ko‘rsatma, 65 ming 163 tasini esa surunkali kasalliklar bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/jazirama-kunlari-tez-yordamga-qancha-bemor-murojaat-qildi-

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1😱1
Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 78 kishiga yetdi

Texasda aniqlangan 78 ta toshqin qurbonlaridan 68 tasi Kerr okrugida bo‘lgan. 41 kishi bedarak yo‘qolgan. Tramp Bayden ma'muriyatini tabiiy ofatlarni yomon boshqarishda aybladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/texasdagi-suv-toshqini-qurbonlari-soni-78-kishiga-yetdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Siti Ruhaini Juhayatin xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/indoneziyaning-o-zbekistondagi-yangi-elchisi-tayinlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Tramp BRIKS va uning ittifoqchilariga yangi tariflar bilan tahdid qilmoqda

BRIKS "bir tomonlama tarif va tarifsiz choralar"ni qoralovchi deklaratsiyani e'lon qilganidan so'ng, Donald Tramp bunday yondashuvni qo'llab-quvvatlagan har qanday davlatga qo'shimcha 10% tariflar joriy etish bilan tahdid qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-briks-va-uning-ittifoqchilariga-yangi-tariflar-bilan-tahdid-qilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁9
O‘zbekiston o‘zining sayyohlik salohiyatini namoyon etish orqali ummonliklar va Masqat mehmonlarining qalbini zabt etmoqda

“O‘zbekiston – Ummon” sayyohlik forumi doirasida Masqatning yirik savdo-ko‘ngilochar markazlaridan birida o‘zbekistonlik san’atkorlar ishtirokida yorqin madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekiston-o-zining-sayyohlik-salohiyatini-namoyon-etish-orqali-ummonliklar-va-masqat-meh

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
“O‘zbekiston – Ummon” turizm forumi: Ipak yo‘li durdonasining yangi imkoniyatlari

Forumda ikki mamlakatning turizm sohasidagi mas’ul idoralari, yirik sayyohlik kompaniyalari va mehmonxona tarmoqlari vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida tomonlar o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga etibor qaratdilar.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekiston-ummon-turizm-forumi-ipak-yo-li-durdonasining-yangi-imkoniyatlari

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Olti oyda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yashil energiya miqdori 5 mlrd kVt/soatga yetdi

6-iyul holatiga ko‘ra, quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 5 mlrd kVt/soatga yetdi. Bu kuniga o‘rtacha 26,7 mln kVt/soat elektr energiyasini tashkil etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/olti-oyda-o-zbekistonda-ishlab-chiqarilgan-yashil-energiya-miqdori-5-mlrd-kvt-soatga-yetdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2😁2
Bild: Kiyev Germaniyadan milliardlab yevrolik qurol so‘ramoqda

Ukraina Berlinga zarur bo'lgan qurollarning maxfiy ro'yxatini berdi, deb da'vo qilmoqda Bild. Gap havo hujumidan mudofaa tizimlari, himoyalangan transport vositalari va elektron urush uskunalari haqida bormoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bild-kiyev-germaniyadan-milliardlab-yevrolik-qurol-so-ramoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎32👍2