UzReport.news
29.9K subscribers
83.6K photos
8.16K videos
8 files
79.9K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdilar.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida O‘zbekiston Prezident Ilhom Aliyev rahbarligida Ozarbayjonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar va mamlakat erishayotgan yuksak natijalardan chin dildan xursand ekanini ta’kidladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍612
“Air China” aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi

Pekin-Toshkent-Pekin va Urumchi-Toshkent-Urumchi yoʻnalishlarida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish foydalanish ruxsatnomasi rasmiylashtirildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/air-china-aviakompaniyasiga-o-zbekistonga-muntazam-aviaqatnovlarni-amalga-oshirish-uchun-r

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida Boku shahrida "O‘zbekiston" bog‘iga tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Yangi bog‘ poytaxtning nufuzli va jadal rivojlanayotgan "Oq shahar" mavzesidan o‘rin oldi.

Loyihaga ko‘ra, 4,5 gektar maydonda O‘zbekistonning boy madaniyati va an’analarini namoyish etadigan ulkan majmua barpo etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍602
Prezidentlar O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi yangi binosini ochdilar

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida mamlakatimizning Boku shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍482
O‘zbekiston Prezidenti "Sea Breeze" kurort majmuasi faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifining birinchi kuni yakunida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev hamrohligida "Sea Breeze" dam olish majmuasi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif chog‘ida Kaspiy dengizining g‘arbiy sohilidagi ushbu yirik xalqaro sayyohlik markazi faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍532
Kallas Xitoydagi kompaniyalarni urushda Rossiyaga yordam berishni to'xtatishga chaqirdi

Pekin Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga “barcha moddiy yordam ko‘rsatishni darhol to‘xtatishi kerak”, dedi Yevropa Ittifoqi oliy vakili.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kallas-xitoydagi-kompaniyalarni-urushda-rossiyaga-yordam-berishni-toxtatishga-chaqirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁31
JSST issiq havodan himoyalanish bo'yicha tavsiyalarni e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi jazirama juda tez xastalashi yoki hatto o‘limga olib kelishi mumkinligini eslatdi, shuning uchun issiqlik haqidagi har qanday ogohlantirish tezkor choralar ko‘rish uchun signal bo‘lishi kerak.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/jsst-issiq-havodan-himoyalanish-boyicha-tavsiyalarni-e-lon-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Eron ikki fransuzni Mossad uchun josuslikda aybladi

Tehron Fransiyaning ikki fuqarosi Sesil Koler va Jak Parini Isroil milliy razvedka xizmati Mossadda ishlaganlikda aybladi, deb xabar bermoqda AFP diplomatik manbaga tayanib.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/eron-ikki-fransuzni-mossad-uchun-josuslikda-aybladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan 6 oy davomida 2 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo’yildi

2025-yilning 6 oyi davomida giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun 4 195 nafar shaxs ushlangan. Ulardan 1 tonna 882 kg giyohvandlik vositalari olingan. Shuningdek, 894 255 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilingan. Bu haqda AOKA da tashkil etilgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati ma'suli ma'lum qildi. Bu haqda UzReport TV muxbiri xabar berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

Hukumatning shu yil 30-iyundagi qaroriga muvofiq O‘zbekistonda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi. Yangi qoidalarga ko‘ra, tashkil etilayotgan OTMning taʼlim jarayoniga mo‘ljallangan bino va inshootlari maydoni 5 ming kv/metrdan kam bo‘lmasligi lozim.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-nodavlat-otmlar-faoliyatini-litsenziyalashning-qo-shimcha-shartlari-belgilan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
Kiyev uchun qurol: AQSh Kongressi vaziyatga oydinlik kiritishni so‘ramoqda

Respublikachi Fitspatrik Oq uy va Mudofaa vazirligidan Pentagon Kiyevga yetkazib berilayotgan qurol-yarog‘larning bir qismini muzlatib qo‘ygani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritish uchun brifing o‘tkazishni so‘radi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kiyev-uchun-qurol-aqsh-kongressi-vaziyatga-oydinlik-kiritishni-so-ramoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bokuda "Made in Uzbekistan" brendi ostida doimiy shourum ochildi

1500 kv. metr maydonda joylashgan ushbu shou-rumda “Made in Uzbekistan” brendi ostida elektrotexnika, to‘qimachilik, charm sanoati mahsulotlari, qurilish materiallari va mebel mahsulotlari namoyish etilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/bokuda-made-in-uzbekistan-brendi-ostida-doimiy-shourum-ochildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍1
Toshkent viloyatida sifatsiz dori vositalari va buyumlarining savdosiga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Zangiota tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-viloyatida-sifatsiz-dori-vositalari-va-buyumlarining-savdosiga-chek-qo-yildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
London va Berlin o'zaro mudofaa shartnomasini imzolaydi

Buyuk Britaniya va Germaniya o‘rtasidagi kelishuvning asosiy bandi mamlakatlardan biriga strategik xavf tug‘ilganda o‘zaro yordam ko‘rsatish majburiyati bo‘ladi, deb yozadi Politico.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/london-va-berlin-ozaro-mudofaa-shartnomasini-imzolaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍1
“UN Tourism” O‘zbekistonda barqaror turizm rivojini qo‘llab-quvvatlaydi

Butunjahon turizm tashkiloti (“UN Tourism”) bosh kotibi Zurab Pololikashvili Toshkent shahrida joylashgan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti — “Green University”ga tashrif buyurdi. Unga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov hamda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev hamrohlik qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/un-tourism-o-zbekistonda-barqaror-turizm-rivojini-qo-llab-quvvatlaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👎1
“Anorbank” aksioneri Qahramonjon Olimov Parijda o‘g‘irlab ketildi – Le Monde

Fransiyaning Le Monde nashri yozishicha, u Nissa yaqinidagi xususiy uyning yerto‘lasida ushlab turilgan va uni ozod qilish uchun tovon puli talab qilingan. To‘lovning maʼlum qismi to‘langanidan so‘ng Olimov ozod etilgan.

Fransiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hodisa bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchi sifatida bir nafar shaxs qo‘lga olingan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/anorbank-aksioneri-qahramonjon-olimov-parijda-o-g-irlab-ketildi-le-monde

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁141
"Liverpul" va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Diogu Jota Ispaniyada avtohalokatda vafot etdi

Ma'lum bo'lishicha, sportchi bo‘lgan mashina yo‘ldan chiqib, ag‘darilib ketgan va yonib ketgan. Voqea sodir bo'lgan vaqtda mashinada futbolchining ukasi ham bo'lgan.

Portugaliyalik futbolchi shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida iyun oyi oxirida o‘tkazilgan to‘yidan fotosuratlarni bo‘lishgandi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/liverpul-va-portugaliya-terma-jamoasi-futbolchisi-diogu-jota-ispaniyada-avtohalokatda-vafo

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😢231
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Prezidenti Haydar Aliyev xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifining ikkinchi kunida Boku shahrida Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev mangu qo‘nim topgan Faxr xiyoboniga tashrif buyurdi.

Prezident Haydar Aliyev qabriga gul qo‘yib, Ozarbayjonning buyuk davlat va siyosat arbobi xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-haydar-aliyev-xotirasiga-hurmat-bajo-keltirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍414
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon qahramonlarini xotirladi

O‘zbekiston yetakchisi G‘alaba kuniga bag‘ishlangan yodgorlik poyiga gul qo‘yib, Ozarbayjon vatanparvarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-ozarbayjon-qahramonlarini-xotirladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍421👎1
CBS: AQShning qurolni yetkazib berishni to'xtatishi nafaqat Ukrainaga, balki boshqa davlatlarga ham ta'sir qiladi

Qo'shma Shtatlardan qurol va o'q-dorilar yetkazib berishning to'xtatilishi barcha mamlakatlarga ta'sir qildi. Bu qadam Pentagonning keng ko‘lamli tekshiruvi doirasida qabul qilindi, deb xabar beradi CBS News.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/cbs-aqshning-qurolni-yetkazib-berishni-toxtatishi-nafaqat-ukrainaga-balki-boshqa-davlatlar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2