UzReport.news
29.9K subscribers
83.6K photos
8.16K videos
8 files
79.9K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
Toshkentdagi banklardan biridan firibgarlar $90 ming pulni o‘g‘irlashdi

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 12 dona telefon apparati, postterminal, 9 dona bank kartalari, 1 670 000 so‘m va 36 495 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan. Jami 9 nafar shaxs Jinoiy-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, holat yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentdagi-banklardan-biridan-firibgarlar-90-ming-pulni-o-g-irlashdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
Nogironligi bo'lgan shaxslar bandligini ta'minlagan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

Ish o'rinlariga moslashtirish subsidiyasi bandligi ta'minlangan I va (yoki) II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlarga 50 mln so'mgacha miqdorda ajratiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/nogironligi-bolgan-shaxslar-bandligini-taminlagan-tadbirkorlarga-subsidiya-ajratish-tartib

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston Prezidenti Fuzuliy shahriga keldi

Aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Kerimli va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-prezidenti-fuzuliy-shahriga-keldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍49
“Bu korporativ xususiyatga ega emas” — Anorbank Qahramonjon Olimovning Parijda o‘g‘irlab ketilishi haqida

Anorbank bu hodisani “shaxsiy, korporativ bo‘lmagan xususiyatga ega"ligini va bankning operatsion faoliyatiga aloqador emasligini qayd etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/bu-korporativ-xususiyatga-ega-emas-anorbank-qahramonjon-olimovning-parijda-o-g-irlab-ketil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Gruziya parlamenti bir partiyaliga aylandi

Gruziya parlamenti mamlakat sobiq bosh vaziri Giorgi Gaxariyaga tegishli bo‘lgan “Gruziya uchun” muxolif partiyasining 12 nafar deputatini mandatlaridan mahrum qildi. Deputatlarning vakolatlari tugatilishiga sabab sifatida partiya aʼzolarining parlament yig‘ilishlarida qatnashmaganliklari ko‘rsatildi. Shuningdek, partiya davlat moliyaviy qo‘llovidan ham mahrum qilindi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/gruziya-parlamenti-bir-partiyaliga-aylandiz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston Yevropaga yashil energiya koridori doirasida qo‘shma korxona tuzdi

O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston Yevropaga “yashil” energetika koridori loyihasi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekiston-ozarbayjon-va-qozog-iston-yevropaga-yashil-energiya-koridori-doirasida-qo-shma

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2👍1
O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari tikuvchilik fabrikasini borib ko‘rdilar

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xonkendi shahriga keldi. Davlat rahbarini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi. Bu yerda yetakchilar qo‘shma tikuvchilik fabrikasi faoliyati bilan tanishdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-va-ozarbayjon-prezidentlari-tikuvchilik-fabrikasini-borib-ko-rdilar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍441
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Xonkendi shahridagi tikuvchilik fabrikasini borib ko‘rdilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Rossiya dengiz floti bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Kursk viloyatida vafot etdi

Rossiya harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni o‘rinbosari general Mixail Gudkov Kursk viloyatida vafot etdi, deb xabar berdi Primorsk o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyako. Gudkov bu lavozimga uch oy oldin tayinlangan edi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/rossiya-dengiz-floti-bosh-qo-mondoni-o-rinbosari-kursk-viloyatida-vafot-etdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥1
“Jasorat maktablari”ga o'quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

Jasorat sinflariga o'quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi, ya'ni bitta sinfga 26 nafar o'quvchidan iborat tarzda 5-sinfdan boshlab qabul qilinadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/jasorat-maktablariga-oquvchilarni-qabul-qilish-tartibi-belgilandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xonkendi shahridagi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Afg‘oniston Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdul G‘ani Barodarni qabul qildi.

Savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, energetika sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍563
Tramp Putin bilan telefon orqali suhbatlashadi

AQSH prezidenti Donald Tramp Truth Social’dagi sahifasida AQSH sharqiy sohili vaqti bilan soat 10:00 da Rossiya davlati rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashishini ma’lum qildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1👎1
JSST: Dunyo bo‘yicha har olti kishidan biri yolg‘izlikdan aziyat chekmoqda

Bu holat ularning salomatligiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, erta o‘lim ko‘rsatkichlari ortishiga olib kelyapti.

Oqibatda xuddi shu muammo tufayli sayyoramizda soatiga qariyb 100 nafar, yiliga 871 ming nafardan ortiq kishi hayotdan ko‘z yummoqda. Shu bois JSST bu muammoga global epidemiya, deb taʼrif berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/jsst-dunyo-bo-yicha-har-olti-kishidan-biri-yolg-izlikdan-aziyat-chekmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1😢1
Samarqandda osh festivali bo‘lib o‘tadi

Gastronomik turizmni rivojlantirish maqsadida 1-3 avgust kunlari Samarqandda ilk bor “Samarqand oshi” festivali o‘tkaziladi. Bu noyob oshpazlik tadbirida butun dunyodan kelgan oshpazlar, sayyohlar va sharq oshxonasi muxlislari mamlakatning boy gastronomik merosini birgalikda targ‘ib etadilar.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/samarqandda-osh-festivali-bo-lib-o-tadi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎31👍1
Samarqandda Butunjahon sayyohlik alyansining “Ipak yo‘lidagi turizm” xalqaro muloqoti bo‘lib o‘tmoqda

Forum Turizm qo‘mitasi va Butunjahon sayyohlik alyansining (WTA) hamkorligida hamda O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Xitoy Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
 
Tadbirda BMT-Turizm Bosh kotibi Z. Pololikashvili, Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev, WTA raisi Chjan Syuy, shuningdek, 250 ga yaqin mehmon jumladan, Xitoy, O‘zbekiston va boshqa davlatlar hamda hududlarning rasmiy vakillari, xalqaro sayyohlik tashkilotlari a’zolari, WTA a’zolari, soha mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
 
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👎1
Qoraqalpog‘istonda qiymati 73,4 mlrd so‘mlik turizm zonasi quriladi

Hududdagi Oqchako‘l bo‘yida Zarbdor tajribasi bo‘yicha umumiy 73,4 mlrd so‘m mablag‘ asosida turizm rekreatsion zonasini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qoraqalpog-istonda-qiymati-73-4-mlrd-so-mlik-turizm-zonasi-quriladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
O‘zbekiston Prezidenti IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev hamrohligida Ag‘dam shahridagi "Imorat" tarixiy-me’moriy majmuasiga tashrif buyurdi.

Bu yerga Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari ham keldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍9362😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xo‘jaobodda profilaktika inspektorini pichoqlab o‘ldirgan shaxs ushlandi

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi Xo‘jaobod tumanining Yuksalish mahallasi So‘qoloq qabristonidagi makkapoya ichida yashirinib yotganligi aniqlangan.

U qo‘lga olish jarayonida o‘zining qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan hamda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/xo-jaobodda-profilaktika-inspektorini-pichoqlab-o-ldirgan-shaxs-ushlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2😁1