Talaba.uz | Rasmiy kanal |
12.5K subscribers
3.15K photos
1.16K videos
210 files
7.96K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Go'daklikdan ma’lum har odam,
Bola boshdan degan gap to‘g‘ri.
Mabodo men shoir bo‘lmasam,
Bo‘lar edim bezori, o‘g‘ri.

Jikkakkina shum bola edim,
Tengdoshlarim ichra "qahramon".
Qaytar edim ko‘chadan doim
Burnim pachoq, usti boshim qon.

Qo‘rqib ketgan onam qoshida
Derdim tutib o‘zimni mahkam:
"Hechqisi yo‘q. Qotsildim toshga.
Ertagacha qolmas o‘rni ham".

Yillar o‘tdi, ketdi bolalik,
Nihoya yo‘q armonlarimga.
Yoshlikdagi sho‘xlik, olovlik
Ko‘chdi she’ru dostonlarimga.

Bolaligim ketdi borini
Satrlarda qoldirib butun.
She’rlarimda shum, bezorining
Xislatlari aks etar bu kun.

Mag‘rurligim hamon qolmagan,
Hamon baland o‘tli ko‘kragim.
Bolalikda burnim qonagan,
Bugun esa qondir yuragim.

Mendan kulgan to‘da qoshida
Deyman tutib o‘zimni mahkam:
"Hechqisi yo‘q! Qoqildim toshga,
Ertagacha qolmas o‘rni ham
".

Meni so‘kmang! Bo‘lar ish bo‘ldi,
So‘z sotuvchi savdogarmasman.
Oltin boshim quyi egildi,
Bu dunyodan sovidim, bas, man.

Sergey Yesenin
Erkin Vohidov tarjimasi


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Efiopiyada 54 million sigir boqiladi. Sudanda esa 42 million sigir. Lekin bu mamlakatlar ochlikdan aziyat chekmoqda. Gollandiyada esa 11 million sigir parvarishlanadi, lekin mamlakat butun dunyoni sutli mahsulotlari bilan boqadi.

Demak muammo sigirlarda emas. Balki iqtisodni boshqarayotgan ho‘kizlarda. Zero boylik emas, uni boshqaruv muhim.

Hadicha bin Qanna

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Rasman: Bu yilgi qabulda abituriyentlar 2 marta ro‘yxatdan o‘tadi

2024-yildan abituriyentlar uchun "avval test, keyin tanlov" tartibi amal qiladi. Bunda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin to‘plagan balliga qarab OTM yo‘nalishlarini tanlaydi.

Yangi tartibga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos.

So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.

2️⃣ To‘plagan ballari aniq bo‘lgach, shunga qarab 2-bosqichdagi ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish tanlashadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sankt-Peterburg davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi.

Bakalavriat (kunduzgi ta’lim, 4 yil):
- Iqtisodiyot;
- Fundamental informatika va axborot texnologiyalari.

Magistratura (kunduzgi ta’lim, 2 yil):
- Yurisprudensiya;
- Iqtisodiyot;
- Sharqshunoslik.

Hujjatlar 2024-yil 21-iyungacha qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz 16 (metro Oybek)

Hujjatlar ro‘yxati: spbu.uz
Qabul: tashkent.spbu.ru

📞 Batafsil ma’lumot uchun: +998 97 735 48 05, +998 99 573 49 83

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Samarqand davlat universiteti talabasi sudda g'olib chiqdi

Xabaringiz bor, o'tkan yili Samarqand davlat universiteti talabasi Rofiyev Shoxrux universitet tomonidan tuxmatlarga uchrab, o'qishdan butunlayga chetlatilgan edi.

Universitet rahbariyati Rofiyev Shoxruxni agitatsiya, miting va davlat siyosatiga qarshi bo'layotganlikda ayblab 2023- yil o'qishdan haydagan edi.

Sal kam bir yildan beri bo'lib kelayotgan sud o'z nihoyasiga yetdi. Odil sud sobiq talaba Rofiyev Shoxrux foydasiga ishni hal qilib, o'qishga qayta tikladi.

Rofiyev Shoxruxni butun talabalar nomidan tabriklaymiz. Har qanday tuxmatlar, bosimlar ostida 1 yillik kurashda u g'olib bo'ldi.

P.s: O'qishga tiklangandan keyin atayin rahbariyat tomonidan turli xil bosimlar bo'lmaydi degan umiddamiz!

Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️2024-YIL JAVOBLAR VARAQASIni saqlab qo'ying!

🖨 Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to'g'ri to'ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang!

Esingizda bo'lsin, bo'yaganda doiradan tashqariga chiqmang;

Doira ichini to'liq bo'yalmasligi ham xato;

Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas;

Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi

Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani bo'yash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi.

Eng yomoni, xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi!

Boshqalarga ham tarqating!↗️

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erinchoq odam uchun…

Men keyinchalik butun umr qiyin ishda ishlashga erinishim hozir meni borimni berib ishlashga undaydi…

Boshqalarga ham tarqating! ↗️

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 O'qituvchi darsini buzayotganini aytib talabaning amakisidan huquqini talab qilib "leksiyamni buzyabsiz, leksiyadan keyin gaplashamiz" demoqda.

Lekin talabani huquqlarini poymol qilib, uni darsdan huquqiy asoslarsiz chiqarib yuborgani o'qituvchini tajjubga solmayotir.

Video manbasi BDTI. 📌 O'qituvchi darsini buzayotganini aytib talabaning amakisidan huquqini talab qilib "leksiyamni buzyabsiz, leksiyadan keyin gaplashamiz" demoqda.

Lekin talabani huquqlarini poymol qilib, uni darsdan huquqiy asoslarsiz chiqarib yuborgani o'qituvchini tajjubga solmayotir.

Video manbasi BDTI.

(Bizda hali ham soqol va ro'mol majorosi)

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻi bilan:

Umumtaʼlim muassasalarida “Tabiiy fan (science)“, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini boshlangʻich sinflarda “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari, “Tabiiy fan (science)ni 5-6-sinflarda esa “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” oʻqituvchilari, 5-11-sinflarda “Tarbiya” fanini, Tarix, Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq mutaxassisligiga ega fan oʻqituvchilari dars oʻtishlariga:

“Tabiiy fan (science)“ va “Tarbiya” fanidan dars berayotgan boshlangʻich taʼlim, shuningdek, fizika, geografiya, biologiya, tarix, davlat va huquq asoslari fanidan amaldagi malaka toifalariga mos ravishda haq toʻlanishiga rozilik berildi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan belgilangan, oliy malaka toifa (bosh oʻqituvchi lavozimi)ga ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifani 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaslik tartibi 2022-yil 2-avgustga qadar 15 yillik uzluksiz ish stajiga hamda oliy malaka toifaga ega (bunda oliy toifaga ega boʻlganlik davri muhim emas) boʼlgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 9-bandida keltirilgan talablar ikkinchi xorijiy til pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi.

Boshqalarga ham tarqating! ↗️

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yoshlarni kasbga va chet tillariga o‘qitish tizimi takomillashtiriladi

“Yoshlarni kasbga (mutaxassislikka) va chet tillariga o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat Qarori (213-son, 17.04.2024-y.) qabul qilindi.

🔰Unga ko‘ra, Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga o‘qitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi (Markaz) tashkil etiladi.

✔️ Professional ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarni kasb (mutaxassislik) va chet tillariga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi. Xorijda ishlash istagi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini ish beruvchilar tomonidan tanlab olish jarayonlarini tashkil etish Markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

📄 O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi hujjat beriladi.

O‘quv kurslarida kadrlarni tayyorlash bir yilgacha bo‘lgan ta’lim dasturlariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

O‘quv kurslari doirasida ta’lim oluvchilar ingliz, nemis, yapon, koreys, arab va boshqa talab yuqori bo‘lgan chet tillariga o‘qitiladi.

Professional ta’lim muassasalariga jalb etilgan ta’lim oluvchilar chet tilini mustaqil ravishda o‘rganib, xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikatni taqdim etgan taqdirda, ta’lim oluvchi tomonidan chet tilini o‘qish uchun sarflangan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda xorijiy davlatga ishga jalb qilinadigan fuqarolar uchun chet tili bo‘yicha kamida B2 darajadagi, "Ausbildung" (dual ta’lim shakli) asosida xorijga ketadigan fuqarolar uchun nemis tili bo‘yicha kamida B1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olish talab etiladi.

O‘quv kurslariga jalb qilingan pedagog kadrlarga faoliyat samaradorligidan kelib chiqib, har oy oylik maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama to‘lanadi.

Boshqalarga ham tarqating! ↗️

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizda soqol va ro'mol muhokamasi bo'layotgan bir paytda Garri Potter haqidagi kitobining yangi nashrdan chiqqanini ko' ring.
Sotib olgan bo'larmidingiz?

Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓Toshkent shahridagi Amity universitetida 2024-2025 o‘quv yili uchun qabul boshlandi!

Grant asosida xorijiy universitet talabasi bo‘ling!

Imtihon sanasi: 16-may
Shoshiling, joylar cheklangan

📌 IELTS 5.5+ sertifikati yoki ichki ingliz tili imtihonini topshiring

🔗 RO'YXATDAN O'TING

☎️ +998712079006
📞 @amity_manager

🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Oʻqituvchiga nima mumkin emas

❗️O'qituvchilar o'quvchini darsdan chiqarib yuborishga yoki tanaffus qo'ng'irog'i chalingach sinfxonada ushlab o'tirishga va hattoki maktab hududida sigaret chekishi mumkin emas.

Xo'sh, yana nimalar mumkin emas?

Bu haqda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari bo'yicha Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246 sonli buyrugʻida aniq-tiniq qilib bayon etilgan.

11-bandga ko'ra, o'qituvchilarga ta'qiqlanadi:

Jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish;

Oʻquvchilarni dars mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;

“Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sinfxonada ushlab o‘tirish;

Dars mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish;

ta’lim muassasasiga va dars mashg‘ulotlariga spirtli ichimliklar iste’mol qilgan, soch-soqolni tartibga keltirmagan va kiyinish odobiga rioya qilmagan holda kelish;

ta’lim muassasasi hududi va binosida spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;

Maktab hududi va binosida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga aloqasi bo‘lmagan turli xil tadbirlar (tug‘ilgan kun, yubiley, iftorlik va boshqa tadbirlar bilan bog‘liq bayramona dasturxonlar)ni tashkil etish.

😄 Ustozlarga sekin yuborib qo'yamiz!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Speaking yangi format.pdf
347.9 KB
Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati

Ma’lumki, Agentlik xodimlari xalqaro hamkorlar (British Council, Cambridge Assessment English, CITO International) bilan birgalikda ko‘p darajali (multilevel) test sinovini takomillashtirish yuzasidan tegishli ishlarni olib borishmoqda.

✍️ Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi.

⌚️ Hozirda ushbu formatni Agentlik huzuridagi Ilmiy o‘quv-amaliy markaz bilan hamkorlikda approbatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati 2024-yil sentabr oyidan boshlab amaliyotga joriy etiladi.

📱 Talabgorlar va barcha qiziquvchilar yangi format va namunaviy topshiriqlar (pdf) bilan tanishishlari mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Baxt oddiylikda 🕺

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imtihon oldidan stressni yengish uchun TOP maslahatlar!

Imtihon shunday jarayonki, bunda har bir kishi “O'zing o'zinga yordam ber" qabilida ish ko'rishi lozim. Imtihonga har kim turlicha munosabat bildiradi.

Demak, bu vaqtda yuzaga keladigan stressga qarshi kurashish yo'llarini ham o'zi o'ylab topadi. Biz quyida sizga taqdim etmoqchi bo'lganimiz – amalda qo'llangan va ishonchli usullardir.

Imtihonga tayyorlanishni 17-18 soat qolganda yakunlash tavsiya etiladi. Oxirgi soatlarda katta bosim bilan kitob o'qishning mahsuldorligi ancha past bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, bilimlar sinoviga juda yaqin qolganda qancha ko'p o'qilsa, shuncha kam esda qoladi.

Hayot-mamot hal bo'lishi arafasida o'quv materiallariga betartib ravishda ko'z yugurtirish tavsiya etilmaydi, bu jarayonda dengizdan tomchi esiningizda qoladi, xolos. Natijada imtihon paytida faqatgina omadga tayanishga to'g'ri keladi.

Qolgan vaqtni aqliy mehnatdan charchagan organizmni oldindagi sinovga tayyorlashga bag'ishlash foydaliroqdir.

Imtihonlardan oldin kechqurun sayrga chiqish, dush qabul qilish kabi har qanday chalg'itadigan va tinchlantiradigan ish bilan shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. “Miyani yukdan xalos etish" uchun biror komediya yoki yumoristik ruhdagi ko'rsatuvni tomosha qilish juda foydali.

Kulgu stressni yengishga yordam berishdan tashqari ishtahani ochadi, ish qobiliyatini oshiradi, uyquni normallashtiradi va g'ayritabiiy usul bilan fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu narsa ilmiy jihatdan isbotlangan.

Imtihondan oldin albatta organizmning talabini qondiradigan darajada to'yib uxlash kerak! Qiyinchiliksiz uxlash uchun esa kunning ikkinchi yarmidagi ratsiondan kofe, shokolad, kola, choy kabi mahsulotlarni chiqarib tashlash kifoya.

Tasavvurni ishga soling. Psixologik texnika yordamida imtihon jarayonini ko'z oldingizga keltiring:

Siz imtihon o'tkazilayotgan auditoriyaga kirdingiz, biletni tanladingiz, o'z joyingizga o'tirib xotirjam, hech qanday qiyinchiliklarsiz topshiriqlarni bajarib boshladingiz;
Iloji boricha imtihon nazoratchilarini ham ko'z oldindizga keltiring: ular o'z qarashlari bilan javobingizdan qoniqish hosil qilganliklarini ko'rsatib turishibdi, imtihon yakunida esa o'zingiz xohlagan bahoni qo'yib berishdi.


⚠️ Shu sahnalarni xotirangizda ko'p marotaba tiklashga harakat qiling va real hayotda ham shunday bo'lishiga ishoning.

❗️ Imtihondan oldin uyqu yaxshi bo'lishi uchun kechki ovqatni to'g'ri tashkil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Bu paytda iloji boricha uglevodli taomlar iste'mol qilish lozim, tarkibida ko'p miqdorda oqsil saqlagan mahsulotlardan esa o'zni tiygan ma'qul. Uxlashga yotishdan 30-40 minut avval bir stakan issiq suvga bir choy qoshiq asal solib ichsangiz, asab tizmi mustahkamlanadi.

🌐 Manba: www.uzbmb.uz

Abituriyentlarga tarqating!
↗️

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endi internet tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi

2025 yil 1 yanvardan:

✍️ internet tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi;

✍️ lotereya, internet tarmog‘ida o‘yinlar va bukmekerlikni tashkil etish faoliyatlari qonunchilikka muvofiq Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (vakolatli organ) tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiradi.

⚠️ Litsenziyalar asosida tashkillashtirilgan lotereya, internet tarmog‘idagi o‘yinlar va bukmekerlik garovlarida faqat 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston rezidenti va norezidentlari qatnashishi mumkin.

💲 2025 yil 1 yanvardan 5 yil muddatga lotereya hamda internet tarmog‘ida o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini soliqqa tortishning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi belgilanadi:

💰 lotereya, internet tarmog‘ida o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini yoki bukmekerlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar lotereya, internet tarmog‘ida o‘yinlarni tashkil etish faoliyatidan yoki bukmekerlik faoliyatidan olingan jami daromadidan to‘langan yutuqlar va qaytarilgan stavkalar chegirilgan holda 4 foiz stavkasida aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari hisoblanadi;

💵 jismoniy shaxslarning Agentlik tomonidan berilgan lisenziyalar asosida o‘tkaziladigan lotereyalar hamda internet tarmog‘idagi o‘yinlardan va bukmekerlik garovidan olingan yutuqlar sifatidagi daromadlari daromad solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.

⛔️ Lotereya va internet tarmog‘ida o‘yinlar, bukmekerlik faoliyati tashkilotchilarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishini monitoring va nazorat qilish funksiyalari Agentlik va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talaba kontraktini tangalarda to'labdi. Pulni universitet elektron hisobda ovoladi, lekin buni sanab chiqqan bank kassirlariga qiyin bo'libdi.

Do'stlaringizga ulashing

Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Oʻzbekistonda rasman ishlayotgan talabalar soni maʼlum qilindi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi maʼlumotiga koʻra, mamlakatda jami ishlayotgan talabalar soni 113 724 nafarni tashkil etmoqda.

Davlat tashkilotlarida – 62 707 nafar yani 55,1 foizni, xususiy subyektlarda – 47 235 nafar yaʼni 41,6 foizni tashkil etadi. Ikkala sektorda – 3 782 nafar foiz, jins boʻyicha erkak - 66 524 nafar, ayol - 47 200 nafarni tashkil etadi.

Bu borada Toshkentda oʻqiyotgan talabalar peshqadam boʻlib, 35864 nafarni tashkil etadi. Ulardan erkak –25 226 nafar, ayol – 10 638 nafardan iborat.

Do'stlaringizga ulashing

Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️TATU va TDIU talabalari qotillikka qo’l urayotganida qo’lga olingan

Toshkent axborot va texnologiya universiteti talabasi Z.M. hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1-bosqich talabasi D.M.lar tomonidan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududida haydovchisining joniga qasd qilishga urinayotganda qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2024-yil 27-aprel kuni soat 23:30 larda 20 yoshli TATU talabasi Z.M. va 18 yoshli TDIU talabasi D.M. qasddan odam o‘ldirish va o‘zganing mulkini egallash maqsadida oshxona pichog‘i bilan qurollanib, Toshkent shahridagi metro bekatlardan birining oldida ilova orqali taksiga buyurtma bergan.

Shunda ularning chaqiruviga asosan 56 yoshli Ch.A. Jentra mashinasi bilan yetib kelgan. Yigitlar oldindan tuzilgan rejaga muvofiq taksini Toshkent-Termiz avtomobil yo‘li orqali Yangiyo‘l tumani hududiga yo‘naltirgan.

Taxminan soat 01:00 lardaChamanzor” MFY hududiga yetib kelib, tokzor ichiga kirgach, yigitlar mashinani to‘xtatgan. Z.M. haydovchining qo‘llaridan ushlab, orqa o‘rindiqda o‘tirgan D.M. esa oshxona pichog‘i bilan haydovchining bo‘yin qismiga urib, uni bo‘g‘a boshlaydi.

Shu payt tuman IIB tungi navbatchilik guruhining to‘rt nafar a’zosi kelib qoladi va yigitlar qo‘lga olinadi.

Dastlabki surishtiruvda Z.M. Toshkent axborot va texnologiya universiteti, D.M. esa Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1-bosqich talabalari ekani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan ayblov e’lon qilingan. Yigitlar ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Do'stlaringizga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM