Nematillo Ochilov
948 subscribers
341 photos
129 videos
383 files
697 links
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida istiqomat qiluvchi dasturchi, @Nematillo_Ochilov

youtube.com/c/nematilloochilov
@NematilloOchilov - blog
@pythonuz - Python darslari
@js_uz - Java Script
@MQLUZ - Savdo robotlari
@sjtbot - Test kalitlarini tekshirish
Download Telegram
Dasturlardan foydalanib, biror ish bajarish va shu orqali natija olish, unchalik qiyin jarayon
emas. Bir marotaba ko'rib olgan inson, keyingi safar o'zi bajara oladi. Ko'pchilik
adashtiradigan narsa, bu foydalanuvchi dasturchi deyilmaydi, faqatgina dastur foydalanuvchisi
bo'ladi xolos. Dasturchi, foydalanuvchilar foydalanishi uchun dastur yaratadi va bu jarayon juda
murakkab hisoblanadi.

Dasturchilik bilan shug'ullanishni endi boshlagan yoshlar ko'p qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bu
qiyinchiliklar asosan terminlarning tushunmasligidan kelib chiqadi. Bu maqolamda
dasturlashning eng kerakli termini hisoblangan interpretator va kompilyator haqida yozib
o'taman.

Dasturlash jarayonida dasturchi o'z dasturini yaratish uchun xar hil turdagi kodlar yozadi.
Kodlarnining qanday bo'lishi qaysi dasturlash tilidan foydalanib, dastur tuzishga bog'liq
bo'ladi. Dasturlash tillaridan C, C++, Java,… . Yozilgan kodlarni komp`yuter tushunmaydi,
komp`yuter tushunishi uchun uchun bu kodlarni komp`yuter tushunadigan tilga o'zgartirish lozim.
Mana shu vaziyatda yuqoridagi 2 ta termin kerak bo'ladi(kompilyator yoki interpretator).

Komp`yuter faqatgina raqamli kodlarni tushunadi, ya'ni 0 yoki 1. Bu 2 son orqali dastur tuzish
juda qiyin hisoblanadi(manimcha bunday sonlar orqali dastur tuzuvchilar sanoqli bo'lsa
kerak). Shuning uchun, insonlar tushunadigan qilib dasturlash tillari yaratilgan. Ketma-
ketlikni tushungandursiz, dasturchi dasturlash tillari orqali kodlar yozadi va bu kodlar
komp`yuter tushunadigan 0 va 1 sonlariga almashtiriladi va dastur komp`yuterda ishlaydi, bu
jarayonni kompilyator yoki interpretator amalga oshirib beradi.

#Kompilyator — murakkab dasturdir, dasturlash tilida yozilgan barcha kodlarni birdaniga
ob'ektli kodga o'zgartirib beradi. Ob'ektli kodni yana ikkilik kod yoki mashina kodi deb ham
atashadi. Keyinchalik bu ob'ektli kod komp`yuterda to'g'ridan to'g'ri ishlatilishi mumkin bo'ladi.
Dasturlash tillarida yozilgan kodlar bu ob'ektli kodga ta'sir qilmaydi. Ob'ektli kodni
o'zgartirish uchun esa, qaytadan kompilyatsiya qilinib ob'ektli kod o'zgartiriladi. Natija
bajariladigan, .yexe ko'rinishidagi fayl bo'ladi. Bu faylni bloknotda ochib o'zgartirib
bo'lmaydi, ya'ni bu fayl tayyor dastur hisoblanadi. Kompilyatorning kamchiligi sifatida,
dasturlash tilidagi ma'lum bir qatorlani alohida tekshirish imkoniyati yo'qligidir, uning uchun
ob'ektli kod yaratib, uni ishga tushurish lozim bo'ladi, ortiqcha ish bo'lib qoladi. Undan tashqari
ba'zi kompilyatorlar bir dasturlash tilidan, ikkinchisiga ham o'zgartirib berishi mumkin.
Kompilyator ishlatadigan dasturlash tillariga C, C++, Delphi larni misol qilib keltirish
mumkin.

#Interpretator — ham dastur ham jihoz ko'rinishida bo'lishi mumkin. Bu ham komp`yuter tiliga
o'zgartirib berish vazifasini bajaradi, faqatgina ishlash texnologiyasi boshqacharoqdir.
Interpretator, dasturlash tilida yozilgan kodlarni ketma — ket o'qib, mashina tiliga
o'zgartirib boradi. Xatolik paydo bo'lsa, o'sha zahoti dasturchiga ma'lum qiladi. Bu ketma —
ketlikda o'zgartirish, kompilyatorga nisbatan sekinroq amalga oshiriladi(ba'zi holllarda
kompilyatorga qaraganda 50 barobar sekin). Dastur natijasini ko'rish uchun, har safar kodlarni
interpretatordan o'tkazish kerak bo'ladi(kompilyatorga o'xshab bir marotaba ob'ekt kod yaratib
qo'yib, keyin har doim ishlatishning iloji yo'q). Bundan ko'rinib turibdiki, interpretator
asosan saytlar, umumiy holda veb dasturlashda ishlatiladi. Biror saytning yuklanishi jarayoni
uzunligi, interpretatorda o'zgartirish amalga oshirilishi bilan tushuntirilishi mumkin.
Interpretator ishlatadigan dasturlash tillariga PHP, JavaScript, JScript, Basic,… misol bo'la
oladi.

Bu ikki termin umumiy holda translyator deyiladi, ya'ni o'zgartirgichlardir. Biror proektlar
qilganda bu 2 o'zgartirgichlar birgalikda ham ishlatilishi mumkin.

Biror dasturlash tili bilan jiddiy shug'ullanmoqchi bo'lsangiz, dastlab siz yozadigan kodlar qay
tarzda komp`yuter tiliga o'zgartirilishini o'rganib oling. Bu dasturlashning asosi hisoblanadi