Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
3.17K subscribers
3.26K photos
282 videos
310 files
363 links
Официальный телеграм канал Фонда развития культуры и искусства Республики Узбекистан

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasining rasmiy telegram kanali

http://acdf.uz/
t.me/acdfuz
fb.com/acdfuz
tw.com/acdfuz_official
Download Telegram
VIII Toshkent xalqaro jaz festivalida Igor Butman va Varvara Ubelning Moskva jaz orkestri joʻrligidagi konserti boʻlib oʻtdi.

28-aprelda san’atkorlar “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi yonidagi ochiq sahnada jos‘hqin konsert oqshomini in’om etdilar. Shu yil jamoa o‘zining 25 yilligini nishonlar ekan Igor Butman orkestr hamda jazning istiqbolli porloq yulduzi Varvara Ubel bilan birgalikda Rossiya jaz sanʼatining rivojini yorqin aks ettiruvchi maftunkor dasturni omma e’tiboriga havola etdi.

Mazkur konsert nafaqat Igor Butmanning jahon jaz maydonidagi diqqatga molik o‘rniga urg‘u berdi, balki uning musiqiy loyihalarining boy madaniy tarovatini ham namoyon etdi.

• Festival O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan YUNESKO shafeligida o‘tkazilmoqda.

Kirish bepul.

Состоялся концерт Игоря Бутмана и Варвары Убель в сопровождении Московского джазового оркестра на VIII Международном фестивале джаза в Ташкенте.

28 апреля артисты дали зажигательный концерт на сцене возле Дворца международных форумов «Узбекистан». Празднуя в этом году 25-летие коллектива, Игорь Бутман вместе с оркестром и Варварой Убель, восходящей звездой джаза, представил публике захватывающую программу, ярко отражающую развитие джазового искусства в России.

Этот концерт не только подчеркнул значимость Игоря Бутмана на мировой джазовой арене, но и продемонстрировал богатую культурную мозаику его музыкальных проектов.

• Фестиваль проводится Фондом развития культуры и искусства Узбекистана под эгидой ЮНЕСКО.

Вход свободный.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
28-aprel kuni VIII Toshkent xalqaro jaz festivali sahnasida Igor Butman va Varvara Ubelning Moskva jaz orkestri jo‘rligidagi ijod kechasi bo‘lib otdi.

Ushbu oqshom jazning madaniy almashinuv va o‘zaro tushunish vositasi sifatidagi ahamiyatini ta’kidlagan holda bashariyatni birlashtirishga qodir musiqa tilining mushtarakligini ko‘rsatdi.

📌 Bugun festival dasturidan italiyalik jaz yulduzi Mario Biondining chiqishi o‘rin olgan.

• Jaz shodiyonasi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan YUNESKO shafeligida o‘tkazilmoqda.

Kirish bepul.

На сцене VIII Международного джазового фестиваля в Ташкенте 28 апреля состоялось выступление Игоря Бутмана и Варвары Убель в сопровождении Московского джазового оркестра.

Этот вечер подчеркнул значимость джаза как средства культурного обмена и взаимопонимания, демонстрируя универсальность языка музыки, способного объединять людей.

📌 Сегодня в программе фестиваля гостей ожидает выступление итальянской звезды джаза Марио Бионди.

• Фестиваль проводится Фондом развития культуры и искусства Узбекистана под эгидой ЮНЕСКО.

Вход свободный.
2024-yilning 14–19-may kunlari “Cromwell Place” san’at maskanida Mikelanjelo ijodkorlik va hunarmandchilik jamg‘armasi tomonidan tashkil etiladigan London hunarmandchilik haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Taniqli kulollar sulolasi vakili bo‘lmish Shohruh Rahimov Homo Faber stipendiyalari dasturining ilk bitiruvchisi sifatida Gretsiyada malaka oshirib, mahalliy hunarmandlar tajribasini orttirdi.

London hunarmandchilik haftaligida Shohruh Rahimov yunon ustasi Yannis Zois bilan hamkorlikda tayyorlagan qo‘shma asar – ulug‘vor totemni taqdim etadi. U chinni va afrikacha yog‘ochdan yasalgan bo‘lib, 22 karatlik oltin bilan qoplangan. Asarda nabotot va hayvonot olami tasvirlangan bo‘lib, u madaniy xilma-xillik go‘zalligidan maftun bolgan ustalarning ilhom parisi mahsulidir.

С 14 по 19 мая 2024 года в Cromwell Place пройдет Неделя ремесел в Лондоне, организованная Фондом поддержки творчества и мастерства Микеланджело.

Шохрух Рахимов, представитель известной семьи керамистов, стал одним из первых выпускников стипендиальной программы Homo Faber Fellowship, проведя обучение в Греции и перенимая опыт местных мастеров.

На Неделе ремесел в Лондоне Шохрух Рахимов представит совместную работу с греческим мастером Яннисом Зоисом — монументальный тотем. Он выполнен из фарфора, африканского дерева и покрыт 22-каратным золотом. На работе изображены флора и фауна, вдохновленные восхищением мастеров красотой культурного разнообразия.
YUNESKO taqvimida har yili 30-aprel Xalqaro jaz kuni sifatida nishonlanadi.

Xalqaro jaz kuni tinchlik, birdamlik, muloqot va kishilar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytiruvchi kuch hamda ta’lim vositasi sifatida jaz yo‘nalishining fazilatlari haqida xalqaro jamoatchilikning xabardorligini oshiradi.

So‘nggi o‘n yil ichida Xalqaro jaz kuni butun dunyo, jumladan, O‘zbekistonda jaz keng miqyosli shodiyonaga aylandi.

Bugun Xalqaro jaz festivali dasturida “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi yonidagi ochiq maydonda jaz musiqasidan ilhom olayotgan oʻzbekistonlik ijodiy jamoalar, sozanda va xonandalar ijro etadilar:

🔸 “A&A” guruhi
🔸 “Yasnost” instrumental etno loyihasi
🔸 “Sug‘diyona” milliy cholg‘ular kamer orkestri
🔸 Milliy estrada san’ati institutining “Big Band” orkestri

Boshlanish vaqti 19:00 da

В календаре ЮНЕСКО ежегодно 30 апреля отмечается как Международный день джаза.

Международный день джаза повышает осведомленность мирового сообщества о достоинствах джаза как силы мира, единства, диалога и расширения сотрудничества между людьми, а также как образовательного инструмента.

За последнее десятилетие Международный день джаза стал крупнейшим праздником джаза по всему миру, включая и Узбекистан.

Сегодня, в программе Международного фестиваля джаза на открытой площадке возле Дворца международных форумов «Узбекистан» выступят узбекистанские творческие коллективы и исполнители, черпающие вдохновение в джазовой музыке:

🔸 Группа A&A
🔸 Инструментальный этно-проект «Ясность»
🔸 Камерный оркестр национальных инструментов «Согдиана»
🔸 Биг-бэнд Национального института эстрадного искусства

Начало в 19:00
Italiyalik jaz yulduzi Mario Biondi o‘z guruhi bilan Toshkentda konsert o‘tkazdi.

VIII Xalqaro jaz festivali saylanmasi yana bir yangi jahon sozandasining ijrosi bilan boyidi. Mario Biondi – betakror uslub va mahorat timsoli. Uning chuqur, xushovoz xonishi jamoaning cholg‘ular jo‘rligidagi dadil badihalari bilan uyg‘unlikda tinglovchilar xotirasida unutilmas taassurot qoldirdi.

Tadbirni Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Agostino Pinna tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

• Festival O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan YUNESKO shafeligida o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi barcha konsertlarga kirish mutlaqo bepul.

Итальянская звезда джаза Марио Бионди провел концерт со своим бэндом в Ташкенте.

Копилка VIII Международного джазового фестиваля пополнилась новой мировой звездой. Марио Бионди — это символ уникального стиля и мастерства. Его глубокий проникновенный голос в сочетании со смелыми инструментальными импровизациями бэнда подарили слушателям незабываемые впечатления.

Мероприятие открывал приветственной речью Чрезвычайный и Полномочный Посол Италии в Узбекистане Агостино Пинна.

• Фестиваль проводится Фондом развития культуры и искусства Узбекистана под эгидой ЮНЕСКО.

Вход на все предстоящие концерты свободный.