Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
3.01K subscribers
3.04K photos
261 videos
310 files
346 links
Официальный телеграм канал Фонда развития культуры и искусства Республики Узбекистан

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasining rasmiy telegram kanali

http://acdf.uz/
t.me/acdfuz
fb.com/acdfuz
tw.com/acdfuz_official
Download Telegram
Poytaxtimizda VIII Xalqaro jaz festivali o‘z ishini boshladi.

Uning ochilishida Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez Xonim Oliyalari tabrik so‘zini yo‘lladi.

Dastlab festival sahnasiga Mark Bertumye uchligidan iborat fransiyalik san’atkorlar chiqdilar. Fransuz maftunkorligi va nafis jaz taronalariga burkangan konsert muhiti tomoshabinlar tomonidan katta zavq-shavq bilan olqishlandi.

Eslatib oʻtamiz VIII Xalqaro jaz festivali doirasidagi konsertlar 12-mayga qadar davom etadi.

• Festival O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining tashabbusi bilan YUNESKO shafeligida o‘tkazilmoqda.

Kirish bepul.

VIII Международный фестиваль джаза стартовал в Ташкенте.

Со вступительной речью на открытии выступила Чрезвычайный и Полномочный Посол Французской Республики в Узбекистане Ее Превосходительство госпожа Орелия Бушез.

Первыми на сцену фестиваля вышли артисты из Франции Marc Berthoumieux Трио. Концерт был наполнен атмосферой французского шарма и джазовой изысканности, которую с большим энтузиазмом поддержала и публика.

Напоминаем, концерты в рамках VIII Международный фестиваля джаза продлятся до 12 мая включительно.

• Фестиваль проводится Фондом развития культуры и искусства Узбекистана под эгидой ЮНЕСКО.

Вход свободный.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mark Bertumye uchligi 26-aprelda VIII Toshkent xalqaro jaz festivaliga debocha yasadi.

Fransiyalik san’atkorlar tinglovchilarga xush kayfiyatli fransuz jaz oqshomini “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyining ochiq maydonida tuhfa etdilar.

Ijro etilgan har bir asar musiqa tilida hikoya qilingan va benazir mahorat bilan xonish qilingan alohida hikoyadir. Uchlik xonandalari o‘z asarlarining yaralishi tarixi bilan o‘rtoqlashib, san’at shaydolarini jaz olamiga beixtiyor sho‘ng‘itishga hissa qo‘shdilar.

📌 Eslatib o‘tamiz bugun soat 19:30 da festival doirasida “Jazzirama” guruhi ijro etadi.

• Festival O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan YUNESKO shafeligida o‘tkazilmoqda.

Kirish bepul.

Marc Berthoumieux Трио открыли VIII Международный фестиваль джаза в Ташкенте 26 апреля.

Артисты из Франции подарили слушателям вечер чувственного французского джаза на открытой площадке Дворца международных форумов «Узбекистан».

Каждая прозвучавшая композиция — это отдельная история, рассказанная на языке музыки и исполненная с неподражаемым мастерством. Солисты трио делились предысториями своих произведений и помогали слушателям лучше погрузиться в мир джаза.

📌 Напоминаем: сегодня в 19:30 в рамках фестиваля выступит группа Jazzirama.

• Фестиваль проводится Фондом развития культуры и искусства Узбекистана под эгидой ЮНЕСКО.

Вход свободный.
27-aprel kuni VIII Toshkent xalqaro jaz festivali doirasida mashhur “Jazzirama” guruhining konserti bo‘lib o‘tdi.

2013-yildan buyon O‘zbekistondagi peshqadam jaz jamoalaridan biri sifatida nom qozonib kelayotgan guruh an’anaviy o‘zbek maqom ohanglarini jahon mumtoz jaz musiqasi bilan o‘ziga xos tarzda uyg‘unlashtirgan. Jaz guruhi bilan, shuningdek, Nodira Pirmatova, Shavkat Matyoqubov, Olimjon Hakimov, G‘ulomjon Muhamedjonov kabi taklif etilgan san’atkorlar ijod namunalarini namoyish etdilar.

Festival mehmonlari ko‘klam bahorning salqin shabbodasiga qaramay, an’ana va zamonaviylikni hamohang qorishmasini taqdim etgan “Jazzirama” dasturini qizg‘in kutib oldilar.

• Festival O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan YUNESKO shafeligida o‘tkazilmoqda.

Kirish bepul.

27 апреля в рамках VIII Международного фестиваля джаза в Ташкенте прошел концерт знаменитой группы Jazzirama.

Коллектив, зарекомендовавший себя с 2013 года как одна из ведущих джазовых групп Узбекистана, уникально сочетает элементы традиционной узбекской музыки маком и классику мирового джаза. Вместе с джаз-бэндом выступали и приглашенные артисты: Надира Пирматова, Шавкат Матякубов, Олимжон Хакимов, а также Гуломжон Мухамеджанов.

Гости фестиваля, несмотря на весеннюю прохладу, горячо встретили программу от Jazzirama, которая представляет собой гармоничное сплетение традиций и современности.

• Фестиваль проводится Фондом развития культуры и искусства Узбекистана под эгидой ЮНЕСКО.

Вход свободный.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Jazzirama” guruhi VIII Toshkent xalqaro jaz festivalida san’at ixlosmandlarini xushnud etdi.

Guruh oqshomning maxsus mehmonlari Nodira Pirmatova, Shavkat Matyoqubov, Olimjon Hakimov va G‘ulomjon Muhamedjonovlar ishtirokidagi mushtarak dasturni taqdim etdi. “Jazzirama” ijodi Markaziy Osiyo madaniy merosini yangicha ovoz va badiiy izlanishlari mahsulini yaqqol namoyon etadi.

📌 Bugun 28-aprelda festival doirasida Igor Butman va Varvara Ubelning Moskva jaz orkestri jo‘rligidagi konserti bo‘lib o‘tadi.

• Tadbir O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan YUNESKO shafeligida “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi yonidagi ochiq sahnada o‘tkazilmoqda.

Kirish bepul.

Jazzirama выступили на VIII Международном фестивале джаза в Ташкенте.

Группа представила совместную программу со специальными гостями — Надирой Пирматовой, Шавкатом Матякубовым, Олимжоном Хакимовым и Гуломжоном Мухамеджановым. Творчество Jazzirama ярко демонстрирует поиски нового звучания и художественное исследование культурного наследия Центральной Азии.

📌 Сегодня, 28 апреля, в программе фестиваля пройдет концерт Игоря Бутмана и Варвары Убель в сопровождении Московского джазового оркестра.

• Мероприятие проводится Фондом развития культуры и искусства Узбекистана под эгидой ЮНЕСКО на площадке около Дворца международных форумов «Узбекистан».

Вход свободный.