UzReport.news
46.6K subscribers
63.3K photos
7.09K videos
5 files
58.8K links
O'zbekiston va dunyo yangiliklari

https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali.

Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz

Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz

Qayta aloqa uchun: @UzReportbot

Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Download Telegram
"Xitoyning Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligiga qaratilgan onlayn hujumlarga aloqasi yo'q" - Xitoy TIV

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligiga Xitoydan xakerlik hujumlari uyushtirgani haqidagi ayblovlarni rad etdi.

Avvalroq, Sky News xakerlar Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi serverlarini buzib kirishgani haqida xabar tarqatgan edi. Natijada mansabdor shaxslar va harbiy xizmatchilarning ma'lumotlari o'g'irlangan. Sky News maʼlumotlariga koʻra, firibgarlar Xitoy bilan bogʻlangan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/xitoyning-buyuk-britaniya-mudofaa-vazirligiga-qaratilgan-onlayn-hujumlarga-aloqasi-yoq-xit

Lotin|Кирилл
Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlari joriy qilinishi jadallashtiriladi

Prezident farmonida nazarda tutilgan 105 ming gektar yer maydoni “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun aniqlangan boshlang'ich bahosining 10 foizi miqdoridagi narx bilan joylashtiriladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/pilla-yetishtirish-va-ipakchilik-sohasida-bozor-mexanizmlari-joriy-qilinishi-jadallashtiri

Lotin|Кирилл
"TikTok" AQSh hukumatini sudga berdi

Murojaatda agar ijtimoiy tarmoq sotilmasa, uni blokirovka qilish huquqini beruvchi qonun ijrosini to‘xtatishni so‘ralgan. Da’vogarlarning ta’kidlashicha, qonun Konstitutsiyani bir qator bandlar, jumladan, so‘z erkinligi to‘g‘risidagi tuzatishni buzadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tiktok-aqsh-hukumatini-sudga-berdi

Lotin|Кирилл
Nodirbek Abdusattorov Grand Chess Tour musobaqasining birinchi bosqichida ishtirok etadi

Nodirbek Abdusattarov Varshava shahrida sovrin jamg'armasi 175 ming dollarni tashkil qiluvchi "Superbet Rapid & Blitz Poland 2024" superturnirining birinchi bosqichida ishtirok etadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/sports/nodirbek-abdusattorov-grand-chess-tour-musobaqasining-birinchi-bosqichida-ishtirok-etadi

Lotin|Кирилл
BMT Isroilni evakuatsiya paytida xalqaro qonunlarni buzganlikda aybladi

Isroil Rafahdagi operatsiya davomida tinch aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha xalqaro huquqning barcha normalarini buzdi, dedi BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi matbuot kotibi Yens Laerke Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/bmt-isroilni-evakuatsiya-paytida-xalqaro-qonunlarni-buzganlikda-aybladi

Lotin|Кирилл
Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskva shahriga bordi

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley yig‘ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/prezident-shavkat-mirziyoyev-amaliy-tashrif-bilan-moskva-shahriga-bordi

Lotin|Кирилл
Aprelda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sezilarli oshdi

Joriy yilning 1-may holatiga ko‘ra, mamlakat zaxiralari $918 mlnga oshib, $35,1 mlrdni tashkil etdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/finance/aprelda-o-zbekistonning-oltin-valyuta-zaxiralari-sezilarli-oshdi

Lotin|Кирилл
"Urush va mehnat faxriylariga cheksiz tashakkurimizni izhor etamiz" — Shavkat Mirziyoyev 9-may munosabati bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

“Hech shubhasiz, biz bugungi ozod va erkin hayot uchun aziz jonini ayamasdan kurashgan bunday ulug‘ insonlar oldida doimo qarzdormiz, ular uchun bundan buyon ham barcha sharoitlarni yaratib beramiz”, deyiladi tabrikda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/urush-va-mehnat-faxriylariga-cheksiz-tashakkurimizni-izhor-etamiz-shavkat-mirziyoyev-9-may

Lotin|Кирилл
Yaponiyada 6G tarmog‘i sinovdan o‘tkazildi

Yaponiyada simsiz qurilma prototipi yordamida o‘tkazilgan 6G demo sinovi ma’lumotlar uzatish tezligini 100 Gbit/s ni ko‘rsatdi, bu eng yuqori 5G tezligidan 10 barobar va o‘rtacha 5G telefonidan 500 barobar tezroq.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yaponiyada-6g-tarmog-i-sinovdan-o-tkazildi

Lotin|Кирилл
Braziliyada suv toshqinlari qurbonlari soni yuzga yaqinlashdi, 111 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida

Qidiruv-qutqaruv ishlari 14,5 ming nafar xodim, jumladan, Braziliya qurolli kuchlari ishtirokida olib borilmoqda. Toshqin tufayli 840 ming kishi zarar ko'rdi, 121 ming 957 kishi uyini tashlab ketishga majbur bo'lgan. Tabiiy ofat hududiga ikki marta tashrif buyurgan Braziliya prezidenti mintaqani qayta tiklashga va’da berdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/braziliyada-suv-toshqinlari-qurbonlari-soni-yuzga-yaqinlashdi-111-kishi-bedarak-yo-qolganl

Lotin|Кирилл
"O'tgan aprel oyida anomal yuqori va anomal past haroratlar kuzatilmadi" - O'zgidromet

2024-yilning aprel oyi harorat tartibi bo‘yicha iqlimiy qiymatlardan iliqroq bo‘ldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/otgan-aprel-oyida-anomal-yuqori-va-anomal-past-haroratlar-kuzatilmadi-ozgidromet

Lotin|Кирилл
Maradonaning 1986-yilgi jahon chempionatidagi "Oltin to'p"i kimoshdi savdosiga qo'yiladi

1986-yilgi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi sifatida Diyego Maradona olgan “Oltin to‘p” iyun oyida Parijda kimoshdi savdosiga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda AP.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/maradonaning-1986-yilgi-jahon-chempionatidagi-oltin-topi-kimoshdi-savdosiga-qoyiladi

Lotin|Кирилл
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda ayol harakatlanib ketayotgan Lacetti oynasidan tanasini chiqarib, raqs tushdi

Holat IIB xodimlari tomonidan o‘rganilib, haydovchi va yo‘lovchi jarimaga tortildi. "Yo‘lovchi derazadan tanasini chiqarganini ko‘rmay qoldim. Keyinroq ko‘rdim, shu zahoti yo‘lni chetiga to‘xtab, o‘tirgizib, havfsizlik kamarini taqtirdim", - deydi haydovchi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/buxoroda-ayol-harakatlanib-ketayotgan-lacetti-oynasidan-tanasini-chiqarib-raqs-tushdi

Lotin|Кирилл
AQSh Boeingga nisbatan yangi tergov boshladi

AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi Boeing 787 Dreamliner samolyotini sinovdan o‘tkazishda hujjatlarni qalbakilashtirishda gumon qilingan Boeing samolyotlarini ishlab chiqaruvchi korxona xodimlariga nisbatan tergov boshladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-boeingga-nisbatan-yangi-tergov-boshladi

Lotin|Кирилл
Birjada 2,9 trln so'mlik tovarlar sotildi, shrot, paxta yog‘i va karbamid narxi pasaydi

“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2,9 trln so‘mlik tovarlar sotilgan. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 68,0% birja savdolariga, qolgan 32,0% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/exchange/birjada-2-9-trln-somlik-tovarlar-sotildi-shrot-paxta-yog-i-va-karbamid-narxi-pasaydi

Lotin|Кирилл
Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi

Henley & Partners kompaniyasi New World Wealth tahliliy kompaniyasi bilan birgalikda “Dunyodagi eng boy shaharlar—2024” hisobotini taqdim etdi. Unda shaharlarda yashovchi millionerlar, sentimillioner va milliarderlar soni inobatga olingan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/dunyodagi-eng-ko-p-millionerlar-yashaydigan-shaharlar-e-lon-qilindi

Lotin|Кирилл
Bog‘chalarni qurish va ta’mirlashga ajratilgan mablag‘larning 50 foizi “Ochiq budjet”ga o‘tkaziladi

2025-yilgi investitsiya dasturi doirasida bog‘chalarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga ajratiladigan mablag‘larning 50 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarga yo‘naltiriladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/bog-chalarni-qurish-va-ta-mirlashga-ajratilgan-mablag-larning-50-foizi-ochiq-budjetga-o-tk

Lotin|Кирилл
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush faxriylari holidan xabar olindi

Lotin|Кирилл
Messi XXI asrda gol+pas tizimida 1250 ochko to‘plagan ilk futbolchiga aylandi

“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi XXI asrda gol+pas tizimidan foydalangan holda 1250 ochko to‘plagan birinchi futbolchi bo‘ldi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/football/messi-xxi-asrda-gol-pas-tizimida-1250-ochko-to-plagan-ilk-futbolchiga-aylandi

Lotin|Кирилл
Polsha razvedkasi Rossiyaning NATOga qarshi “mini-operatsiya”ga tayyorligini eʼlon qildi

Polsha harbiy kontrrazvedka xizmati rahbari general Yaroslav Strojikning fikricha, Vladimir Putin NATO davlatlaridan biriga qarshi “mini-operatsiya” o‘tkazishga tayyor turibdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/polsha-razvedkasi-rossiyaning-natoga-qarshi-mini-operatsiyaga-tayyorligini-e-lon-qildi

Lotin|Кирилл