➡️ #exhibition #power_uzbekistan
📣 Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
✅ Xabaringiz bor
"O’zeltexsanoat" uyushmasi ma'sul xodimlari Xalqaro
“O‘zbekiston neft va gazi – #OGU 2023” ko‘rgazmasi va 16-Xalqaro
“Energetika, energiya tejash, muqobil energiya manbalari” – #Power Uzbekistan 2023” ko‘rgazmasi doirasida turli tashkilot va korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'yicha uchrashuvlar o'tkazdilar.
✅ Xususan, ko'rgazmaning so'nggi kunida
“Unigreen Energy” (Rossiya),
“Remedies Earthing Systems” (Hindiston),
“Helio Solar” (Qozogʻiston),
“YEO Technology Energy ve Industry A.S.” (Turkiya),
“CTR” (Hindiston),
“Renewable Energy Industry” (Turkiya) korxonlari bilan ham muzokaralar o'tkazildi.
✅ "O'zeltexsanoat" uyushmasi ma'sullari muzokaralar davomida xorijiy kompaniyalar vakillariga, uyushma faoliyati, yurtimiz elektrotexnika sanoatining bugungi salohiyati va ushbu salohiyatdan kelib chiqqan holda istiqbolli hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'yicha takliflarni taqdim qildilar.
✅ Jumladan, Turkiyaning
“Europower Energy” transfarmatorlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi biznesni rivojlantirish menejeri
Fuat Ege Aslan bilan bo'lib o'tgan uchrashuv ancha samarali kechdi. Ushbu kompaniya vakili mamlakatimzida ishlab chiqariladigan
mis-shina mahsulotlariga qiziqish bildirdi.
✅ Uyushma vakillari o'z navbatida, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi
“Yuqorichirchiq Energy system” mahalliy korxonasining taqdimotlari bilan xorijiy mehmonni tanishtirdilar.
✅ Uchrashuv yakunida, ushbi ikki korxona o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'yicha kengaytirilgan tartibda onlayn uchrashuv tashkil etilishi belgilandi.
———
🇷🇺 Русский 🇺🇸 English
📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site