"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.51K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.52K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uzeltech_smile

Это юмористический видеоролик от серьезных сотрудников ассоциации "Узэлтехсаноат"😄

“O’zeltexsanoat” uyushmasining jiddiy xodimlaridan, xazilomuz videorolik😂 Yana bir bor bayram muborak bo’lsin

@uzeltexsanoat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uzeltech_NEWS

12-17 Aprel kunlari bo’lib o’tgan “O’zeltexsanoat” uyushmasi faoliyatiga oid eng muhim xabarlar bilan tanishing.

@uzeltexsanoat
#biznes_forum

🇺🇿🇮🇱Исроилда Ўзбекистон электротехника саноати салоҳияти тақдимоти бўлиб ўтди

Ўзбекистоннинг Исроилдаги элчихонаси ҳамда Исроил Савдо-саноат палатаси кўмагида ташкил этилган бизнес форумда «Ўзэлтехсаноат» уюшмаси Бошқарма бошлиғи З.Камолов ва Artel компанияси вакили Ш.Тошпўлатов иштирок этмоқда.

📝Форум давомида Исроил компаниялари учун электротехника саноати экспорт ва инвестиция салоҳиятига бағишланган тақдимотлар ўтказилди. Шу билан биргаликда, маҳаллий корхоналар томонидан ишлаб чиқарилган маҳсулот намуналари билан таништирилди.

Бундан ташқари, Исроил компаниялари билан B2B форматдаги учрашувлар ҳам бўлиб ўтди.

🎬Олиб борилаётган музокара ва учрашувлар ҳақида яна тўлиқроқ маълумотлар тақдим этиб борамиз.

#Uzeltexprom #Uzeltech
#UzeltechNews
@uzeltexsanoat
➡️ #Xalqaro_hamkorlik #Ispaniya #green_energy

⚡️Ispaniyaning "Basque Energy Cluster" bilan qanday masalalar muhokama qilindi?


➡️"O‘zeltexsanoat" uyushmasi boshqaruv raisi Mirziyod Yunusov hamda Ispaniyaning "Basque Energy Cluster" (BEC) bosh direktori Xose I. Ormaeche o‘rtasida onlayn formatda rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️Muloqot davomida Uyushma raisi tomonidan O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish yo‘lida yaratilgan qulay sharoitlar, Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, "yashil" energetika yo‘nalishida olib borilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot taqdim berildi. Jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari doirasida kuchlanish qurilmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

➡️Shuningdek, O‘zbekistonning mavjud ehtiyojlari va sanoat salohiyatini inobatga olgan holda, "Basque Energy Cluster" tarkibidagi yetakchi kompaniyalarni mamlakatimizda "yashil" energetika sohasidagi qo‘shma loyihalarda ishtirok ettirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

🇪🇸Basque Energy Cluster — Ispaniyaning Strana Bask mintaqasida joylashgan, 1996-yilda tashkil etilgan yirik notijorat tashkilot bo‘lib, 400 dan ortiq kompaniya va institutlarni birlashtiradi. Klaster faoliyati quyosh va shamol energetikasi, vodorod texnologiyalari, elektromobil yechimlari, sanoatni dekarbonizatsiyalash va aqlli energiya tarmoqlari kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.


➡️Ushbu uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, innovatsion texnologiyalar almashinuvi va O‘zbekiston elektrotexnika sanoatida xalqaro investitsion ishtirokni kengaytirish yo‘lida muhim bosqich bo‘ladi.

#Xalqaro_hamkorlik #Ispaniya #green_energy #uzeltech #uzbekistan #NewMember #Membership #export #industry #innovation #growth

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2