"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.55K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.52K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Eltech_Industrial

Boshqaruv raisi “Eltech Industrial” texnoparkiga tashrif buyurdi va tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari holati bilan tanishdi


➡️ Kuni kecha Davlatimiz rahbari tomonidan “Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–15-son qarori imzolandi.

➡️ QarordaEltech Industrial texnoparki uchun 214 gektar yer maydoni ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shuning kattagina qismi Toshkent viloyati Ohangaron tumani hissasiga to‘g‘ri keladi.

➡️ Bugun “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi Ishchi guruhi Toshkent viloyati Ohangaron tumanida amalga oshirilayotgan Eltech Industrial(sobiq “Ohangaron Tech Industrial”) texnoparkiga tashrif buyurdi. Hozirda bu yerda 138 gektar maydonda 10 ta loyihaning qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

➡️ Prezidentning yangi qarori bilan esa yana qo‘shimcha 200 gektar yer uchastkalari ajratilmoqda. Qulay infratuzilmaga ega mazkur hududda investitsiya loyihalarini tezroq qurish, tadbirkorlarga qator imtiyozlar berish, ularni qo‘llab-quvvatlash, faoliyatni samarali tashkil etish uchun imtiyozli bank kreditlaridan foydalanish kabi masalalarda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

➡️ Qurilishi davom etayotgan loyihalar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Hududni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlash ishlari holati o‘rganildi. Yangi elektr podstantsiyadagi qurilish jarayonlari bilan tanishildi.

➡️ Uyushma raisi M.Yunusov hozirda boshlangan loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida ishga tushirish, tegishli mas'ullarga hamda talabgor tadbirkorlarga yangi loyihalarni amalga oshirish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

➡️ Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
➡️ #Eltech_Industrial #Nocomment

⚡️ "Eltech Industrial" texnoparkida yangi 2 ta loyihaning qurilish ishlariga start berildi

➡️ Mamlakatimiz prezidenti tomonidan elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va sohada yangi mahsulotlarni o'zlashtirish maqsadida "Eltech Industrial" texnoparki tashkil etilgan.

➡️ Ushbu texnopark uchun Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida ajratilgan 200 gektarlik yer maydonida yangi loyihalarning qurilish ishlari davom etmoqda.

➡️ Texnopark hududida yana 2 ta yangi loyihaning qurilish ishlariga start berildi. Bulardan biri "Enco Group" kompaniyasi tomonidan yuqori kuchlanishli kabel mahsulotlari, mis trubkalari va izolatsiyalangan mis shinalari ishlab chiqarish loyihasidir. Ushbu loyiha qiymati $ 57.5 mln dollar bo'lib, uni amalga oshirish natijasida yangi 485 ta ish o'rni yaratiladi.

➡️ Qurilish ishlariga start berilgan yana bir loyiha esa "United Cable CO" kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Qiymati $ 20 mln dollar bo'lgan ushbu loyiha ishga tushishi natijasida 160 ta yangi ish o'rni yaratilishi rejalashtirilgan.

➡️ Ayni paytda, ushbu hududni elektr energiyasi bilan ta'minlovchi podstansiyaning 70% qurilish jarayonlari yakunlanmoqda. Shuningdek, obyektni gaz va suv bilan ta'minlash maqsadida quvurlar yotqizilmoqda.

➡️ Joriy yilning yanvar oyida "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov qurilish ishlarining borishini o'rganish, kerakli topshiriq va ko'rsatmalarni berish, muammolarni hal qilishga ko'maklashish bo'yicha ushbu texnoparkka tashrif buyurgan edi.

➡️ "Eltech Industrial" texnoparki a'zolari uchun bir qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratilgan bo'lib, bu yangi hududda qulay biznes muhitini yaratishga yordam beradi.

➡️ E'tiboringizga ushbu texnoparkda olib borilayotgan qurilish ishlariga oid videokontentni havola etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #loyiha #eltech_industrial #ohangaron

⚡️ NOCOMMENT

➡️ Ayni paytda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan Eltech Industrial texnoparkida togʻ-kon mashinalari uchun ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "HG-AMMC" qoʻshma korxonasining qurilish ishlariga start berildi.

🔔 Batafsil ushbu videoreportajda.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #loyiha #eltech_industrial #ohangaron

⚡️ NOCOMMENT

➡️ Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan Eltech Industrial texnoparkida "UET Steel" kompaniyasi tomonidan elektr uzatish liniyalari uchun metall konstruktsiya ishlab chiqarish va uni issiq sink qilish loyihasining qurilish ishlariga start berildi.

➡️Ushbu loyiha qiymati $15 mln dollar bo‘lib, uni amalga oshirish natijasida yangi 100 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Yillik quvvati 40 ming tonnani tashkil etadi.

🔔 Batafsil ushbu videoreportajda.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3👏1
➡️ #Eltech_Industrial #OAV

⚡️ O'ZBEKISTONDA BIRINCHI MIS SANOATI KLASTERI

➡️ Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va sohada yangi mahsulotlarni o'zlashtirish maqsadida "Eltech Industrial" texnoparki tashkil etilgan.

➡️ Ayni paytda Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidan ajratilgan 138 gektarlik yer maydonida yangi loyihalarning qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

➡️ E'tiboringizga ushbu texnoparkda olib borilayotgan qurilish ishlariga oid maxsus reportajni havola etamiz.

https://t.me/mtrkuzofficial/217148
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5
➡️ #Eltech_Industrial #OAV

⚡️ O'ZBEKISTONDA BIRINCHI MIS SANOATI KLASTERI

➡️ Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va sohada yangi mahsulotlarni o'zlashtirish maqsadida "Eltech Industrial" texnoparki tashkil etilgan.

➡️ Ayni paytda Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidan ajratilgan yer maydonida yangi loyihalarning qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

➡️ E'tiboringizga "O'zbekiston Milliy axborot agentligi" ijodkorlari tomonidan tayyorlangan ushbu texnoparkka oid mediakontentni taqdim etamiz.

Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube  🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
➡️ #Tanlov #Eltech_Industrial

⚡️ Hurmatli tadbirkorlar va investorlar!

➡️ Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan Eltech Industrial” texnoparki hududida ijtimoiy soha loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha investor yoki qurilish tashkilotlari o‘rtasida "Eng yaxshi loyiha" tanlovini e'lon qilinadi.

➡️ Tanlovda ishtirok etuvchilar belgilangan tartibda quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim.

➡️ Tanlovda qatnashish uchun takliflar 2024 yil 15-noyabr soat 18:00 ga qadarEltech Industrial texnoparkining Ohangaron tumanidagi ofisida qabul qilinadi.

➡️ Texnopark hududida ijtimoiy soha obyektlari uchun ajratiladigan yerlarning hajmi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

➡️ Tanlov g'oliblari quyidagi imtiyozlarga ega bo'lishadi:

📝 Kiritilgan investitsiya miqdoriga qarab 3 yildan 10 yilgacha daromad solig'idan ozod etiladi;

📝 Kiritilgan investitsiya miqdoriga qarab yer, mulk, va suv solig'idan ozod etiladi;

📝 Qurilish uchun zarur, yurtimizda ishlab chiqarilmaydigan xomashyolar bojxona to'lovlaridan ozod etiladi.

📍Manzil: Ohangaron Tumani, Tut MFY, Bunyodkor ko'chasi, 85 uy

📞Telefon: (99894) 067-25-52.

✍️ Elektron manzil: info@eltech.uz

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eltech_Industrial

⚡️"Eltech Industrial" texnoparki ishtirokchilari bilan uchrashuv o'tkazildi

➡️O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Dilmurod Qosimov va "O‘zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan "Eltech Industrial" texnoparkiga tashrif buyurdilar.

➡️Unda drayver tarmoqda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar, ularning mavjud holati, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar va ularning yechimi borasidagi takliflar, mavjud imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishdilar.

➡️Taqdimotda tadbirkorlar tomonidan ko'tarilgan bir qancha muammolarni yechish va texnoparkda amalga oshirilayotgan loyihalarni to'liq infratuzilma bilan ta'minlash bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

➡️ Mazkur tashrif texnoparkda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, investitsion muhitni yanada yaxshilash va tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eltech_Industrial #OAV

⚡️ "Eltech Industrial" texnoparkida amalga oshirilayotgan loyihalar bo'yicha aholi fikri

➡️ Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va sohada yangi mahsulotlarni o'zlashtirish maqsadida "Eltech Industrial" texnoparki tashkil etilgan.

➡️ Ayni paytda Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidan ajratilgan 138 gektarlik yer maydonida yangi loyihalarning qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

➡️ Ohangaron tumanida uzoq yillardan buyun istiqomat qilib kelayotgan nuroniy, jamoatchilik faoli Yoqubjon Ummatov mazkur texnoparkning aholi va hudud uchun berayotgan imkoniyatlari haqida fikr yuritdi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eltech_Industrial #OAV

⚡️ "Eltech Industrial" texnoparkida ishlar jadal sur'atlarda davom etmoqda

➡️ Mamlakatimiz Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi qarori bilan elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va sohada yangi mahsulotlarni o'zlashtirish maqsadida "Eltech Industrial" texnoparki tashkil etilgan.

➡️ Ayni paytda Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidan ajratilgan 138 gektarlik yer maydonida umumiy qiymati $ 274 mln dollarga teng yangi loyihalarning qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

➡️ "Eltech Industrial" texnoparki direktori o'rinbosari Shuhrat Samadov texnoparkda ayni kunlarda amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalar holati bo'yicha "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlariga intevryu berdi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eltech_Industrial #OAV

⚡️ "Eltech Industrial" texnoparkida amalga oshirilayotgan loyihalar bo'yicha aholi fikri

➡️ Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va sohada yangi mahsulotlarni o'zlashtirish maqsadida "Eltech Industrial" texnoparki tashkil etilgan.

➡️ Ayni paytda Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidan ajratilgan 138 gektarlik yer maydonida yangi loyihalarning qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

➡️ Ohangaron tumanida uzoq yillardan buyun istiqomat qilib kelayotgan nuroniy, jamoatchilik faollari bo'lgan O'rinboy Usmonov va Jaloliddin Aliyevlar mazkur texnoparkning aholi va hudud uchun berayotgan imkoniyatlari haqida fikr yuritdi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eltech_Industrial #OAV

⚡️ "Eltech Industrial" texnoparkida o'zbek-belorus hamkorligi doirasida amalga oshirilayotgan loyiha

➡️ Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va sohada yangi mahsulotlarni o'zlashtirish maqsadida "Eltech Industrial" texnoparki tashkil etilgan.

➡️ Ayni paytda Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidan ajratilgan 138 gektarlik yer maydonida yangi loyihalarning qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

➡️ "Eltech Industrial" texnoparkida o'zbek-belorus hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida qurilayotgan korxona direktori Aleksandr Sinkoln texnoparkda ayni kunlarda amalga oshirilayotgan ishlar va loyiha holati bo'yicha "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlariga intevryu berdi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #injenerlik_maktabi #Eltech_Industrial

⚡️“MIS KLASTERI” LOYIHALARI UCHUN KADRLAR TAYYORLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI


➡️ Ohangaron tumanidagi Eltech-Industrial texnoparkida ish boshlayotgan investitsiya loyihalari uchun Ohangaron shahar politexnikumi huzuridagi “Injenerlik maktablari”da yuqori malakali o’rta bo’g’in kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan tadbirkorlar va ta’lim muassasalari rahbarlari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

➡️Ta’kidlandiki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvarda qabul qilingan PQ-20-sonli “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan elektrotexnika sanoati korxonalari uchun yuqori malakali o’rta bo’g’in kadrlari hamda ishchi-mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Jizzax va Toshkent viloyatidagi politexnikumlar huzurida “Injenerlik maktablari” tashkil etilgan edi.


➡️Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida tashkil etilgan “Injenerlik maktabi” da bugun "Mis klasteri" korxonalari uchun qanday o’rta bo’g’in kadrlariga ehtiyoj bor, ularni tayyorlash bo’yicha korxona rahbarlarining takliflari o'rtaga tashlandi.

➡️Tashkil etilgan yangi yo’nalishlar bo’yicha va o’quv dasturlari yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi. Asosan kabel-sim, maishiy texnika, misni qayta ishlash yo’nalishlarida zamonaviy kadrlarga bo’lgan talab va ehtiyoj inobatga olinishi alohida ta’kidlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eltech_Industrial

⚡️ Uyushma raisi “Eltech Industrial” texnoparkida amalga oshirilayotgan loyihalar holati bilan tanishdi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi boshchiligidagi Ishchi guruhi Toshkent viloyatida joylashganEltech Industrial” texnoparkiga tashrif buyurib, ushbu hududda amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish loyihalarining joriy holatini o‘rgandilar. Tashrif davomida loyihalarning texnik-texnologik parametrlari, ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot turlari va eksport salohiyati bo‘yicha batafsil tanishtiruvlar o‘tkazildi.

➡️ Har bir loyiha bo‘yicha uning mahalliylashtirish darajasi, xomashyo ta’minoti, mehnat resurslari va infratuzilma bilan ta’minlanish holatidan kelib chiqib tahlil qilindi. Joylarda loyihalarning tezroq ishga tushishini ta’minlash, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va eksport imkoniyatlarini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar va zarur ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar oldiga texnologik yangilanish, mahsulot sifati va xalqaro standartlarga muvofiqlik borasida ham muhim vazifalar qo‘yildi.

➡️ Eltech Industrial texnoparki bugungi kunda elektrotexnika sanoati bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik loyihalarni o‘zida jamlagan sanoat maydonchasiga aylanmoqda. Bu yerda mikroprotsessor modullari, yuqori kuchlanishli kabellar, mis quvurlar, transformator simlari, maishiy texnika va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Tashabbuskorlar orasida “Vades Group”, “Enco Group”, “Metal Processing Technology”, “Premier Electrotech”, “United Cable-Co”, “Nura Group” kabi mahalliy va xorijiy investorlar ishtirokidagi kompaniyalar mavjud.


➡️ Texnopark hududida amalga oshirilayotgan barcha loyihalarning umumiy qiymati $ 439 million dollardan oshadi. Ular orqali 3 800 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi, yiliga $ 590 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan. Bunda ishlab chiqariladigan mahsulotlar nafaqat ichki bozorga, balki xalqaro talabga ham mos kelishi ko‘zda tutilgan.

➡️ Tashrif yakunida texnopark infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy obyektlar — oliy ta’lim muassasasi, texnikum, sport majmuasi, poliklinika, ofis va xizmat ko‘rsatish binolari barpo etilishi bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.

🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1