➡️ #injenerlik_maktabi #Eltech_Industrial⚡️“MIS KLASTERI” LOYIHALARI UCHUN KADRLAR TAYYORLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
➡️ Ohangaron tumanidagi
“Eltech-Industrial” texnoparkida ish boshlayotgan investitsiya loyihalari uchun Ohangaron shahar politexnikumi huzuridagi
“Injenerlik maktablari”da yuqori malakali o’rta bo’g’in kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan tadbirkorlar va ta’lim muassasalari rahbarlari o’rtasida
uchrashuv bo’lib o’tdi.
➡️Ta’kidlandiki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvarda qabul qilingan PQ-20-sonli “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan elektrotexnika sanoati korxonalari uchun yuqori malakali o’rta bo’g’in kadrlari hamda ishchi-mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Jizzax va Toshkent viloyatidagi politexnikumlar huzurida “Injenerlik maktablari” tashkil etilgan edi.
➡️Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida tashkil etilgan “
Injenerlik maktabi” da bugun "Mis klasteri" korxonalari uchun
qanday o’rta bo’g’in kadrlariga ehtiyoj bor, ularni tayyorlash bo’yicha korxona rahbarlarining
takliflari o'rtaga tashlandi. ➡️Tashkil etilgan
yangi yo’nalishlar bo’yicha va o’quv dasturlari yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi. Asosan
kabel-sim, maishiy texnika, misni qayta ishlash yo’nalishlarida zamonaviy kadrlarga bo’lgan talab va ehtiyoj inobatga olinishi alohida ta’kidlandi.
🌐 UZELTEXSANOAT |
Telegram